Kostyum tarixi



Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/145
Sana03.02.2022
Hajmi6 Mb.
#426344
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   145
Bog'liq
kostyum tarixi

Pret-a-porter
(farangcha talaffuzda «pret-a-porte» – tayyor ko‘ylak industriyasi, tayyor 
ko‘ylak ishlab chiqarish sanoati ma’nosida) – kiyim korxona va fabrikalarda tayyorlana 
boshlanishi natijasida XX asrda paydo bo‘lgan tayyor kiyimlar ishlab chiqaruvchi sanoatga 
tegishli bo‘lgan kiyimlar sinfi. Bu turkumga mansub kiyimlar nusxalari soni, sifati va narxlari 
doirasida yana bir necha sinflarga bo‘linadi. 


117
99-rasm. Teddi-boy uslubidagi kostyumlar 
Modaga yangicha munosabat tashabbus korlari kollejlarning bitiruvchilari edi. 
1948-yildayoq Londondagi Qirollik san’ati kolleji qoshida Moda maktabi ochildi. U 
modelchilarning yangi avlodini tayyorlar edi, ular kiyimni modellashtiribgina 
qolmay, uning narxi, mato chiqimi qanday bo’lishini ham hisob-kitob qilib chiqar 
edi. Amerikada butunlay yosh iste’molchilar paydo bo’ldi, ular shu vaqtgacha moda 
industriyasiga jiddiy qaramay kelgan o’smirlar edi. 
London yoshlar uchun yangi moda tug’ilgan joy bo’lib qoldi – jonlilik, tinimsiz 
kashfiyotchilik va o’zgaruvchanlik, umum tomonidan e’tirof etilgan andozalar bilan 
hisoblashmaslik (masalan, kunduzgi va tungi kiyim) va eng asosiysi yubkalarning tor 
bo’lishi bu modaga xos xususiyatlardir. «Svinglovchi London» – o’yin-kulgilar, 
oqshomlar va klublar shahri – o’zini an’anaviy ingliz modasiga tivit va jundan 
tikilgan oddiy kostum va paltoga qarshi qo’ydi. 1963–1965-yillarda mini-yubkaning 
paydo bo’lishi mana shu ziddiyatning eng yuqori nuqtasi bo’ldi. 
100-rasm. Ayollar liboslari 


118
Modaning asosiy iste’molchilari tegishli uslubni ham afzal ko’ruvchi 
davlatmand xonimlar hisoblangan, yigit va o’smirlarga esa shu uslubning 
soddalashtirilgan varianti taklif etilgan. Umuman, hamma bitta andozadan ibrat 
olgan: yubka va shimning bo’yi, pidjak yoqasining eni va shlyapa cho’qqisining 
balandligi 17 yoshdagilar uchun ham, 70 yoshdagilar uchun ham bir xil bo’lgan. 
Deyarli 1965-yilgacha kundalik kiyimda orasta uslub ustunlik qilgan. Ayollar 
modasi markazi Parij bo’lib qolavergan, u yerda Dior (1957-yilgacha), Balensiaga, 
Shanel va modelchilarning yosh avlodi Iv Sen-Loran, Pyer Karden, Emanuel 
Ungarolar ishlaganlar. Ammo o’zgarish bo’lishi sezilib turardi – orasta uslub ichida 
hordiq va sportbop kiyimlar paydo bo’la boshladi. 
Shunday qilib, moda o’zining elitar ma’nosini yo’qotdi va ommaviy 
industriyaga aylandi. Yaxshi kiyimni endi pochtadan buyurtma qilish va 
supermarketdan sotib olish mumkin edi. Mohiyatan yangi moda juda katta ko’ylaklar 
va paltolar, handasaviy rasmlar va yassi poyabzal faqat xushqomat yoshlarga 
mo’ljallangan. 1960-yillar oxiriga kelib barcha xotinqizlar shunday kiyinar edilar. 
Yoshlarga taqlid qilish odatga aylangandi. 
Italyan dizayneri Emilio Puchchi moda olamiga eng yorqin suratlarni olib kirdi 
va sport kiyimini orasta kostumga aylantirdi. 1950-yillarda Puchchi to’qimachilik 
ishlovlariga ko’p e’tibor qaratdi, kelajagi porloq yangi elastik matolarni sinab ko’rdi 
– bo’lar ipak jersi, duxoba, flanel va sintetika edi.
1960-yillarning o’rtalarida hippi harakati vujudga keldi. Yigit-qizlar burjuacha 
qadriyatlarga, jumladan, keng urf bo’lgan modaga qarshi chiqa boshladilar. Ular 
yirtiq jinsilar, uzun yubkalar (hamma mini yubkada yurganda), etno ruhidagi to’kilib 
turuvchi romantik yubka va nimchalar kiyib, sochlarini uzun qo’yar edilar. Biroq, 
ko’p o’tmay, bu uslub modaga aylandi. Endi hippi usulida faqat norozi odamlargina 
kiyinmaydilar. Hatto eng boylar ham uzun jinsi yubka kiyib, boshlariga shol yoki 
Amerika bandanasini o’raydilar, Afrika munchoqlari va Hindiston bilaguzuklarini 
taqadilar. 


119
Hippi harakati etno-uslubiga qiziqish uyg’otdi. 1967-yilda burmalar hosil 
qiluvchi va badanga yopishib turuvchi erkin kiyim, parday yengil sharflar, tunikalar 
va turk shalvari, 1969-yil yozida esa shaffof bluzka va ko’ylaklar modaga kirdi. 
Oliy moda olamidagi tajribachi Pako Rabann 1965-yilda ma’dan va plastik 
ko’ylakni taqdim etdi(101-rasm).
101-rasm.Pako Rabann yangi libos ustida 
Kechki liboslar halqachalar bilan ulab chiqilgan ma’dan tangachalardan tikilgan: 
«kunduz ko’ylagi» o’sha tarzda, faqat charmdan ishlangan. Maneken qizlar bu xiyla 
tiniq liboslarni badan rangidagi triko ustidan namoyish qilganlar. Biroq Ko’rrej, 
Ungaro yoki Karden modellaridan farqli o’laroq, Rabann mahsulotlari «sof san’at» 
bo’lib, kundalik modaga uncha ta’sir qilmagan. Ular zamonning tajribachilik ruhi 
timsoli bo’lib qolgan. 
1960-yillar oxiri – 1970-yillarga kelib, moda jurnallari sahifalarida hukm surgan 
uslublarning xilma-xilligi kishini hayratga soldi. Andri Ko’rrejnning futuristik 
liboslaridan afsonaviy o’tmish mavzusidagi romantik variatsiyalargacha yetib keldi. 
Bu shuni anglatadiki, o’sha vaqtdagi moda haqidagi barqaror tushuncha qariyb izsiz 
yo’qoldi. Yangi avlod nimani xohlasa va qachon xohlasa kiyaveradigan bo’lib ketdi.


120

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish