Kostyum tarixi



Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/145
Sana03.02.2022
Hajmi6 Mb.
#426344
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   145
Bog'liq
kostyum tarixi

90-rasm.Ayollar kostyumi 
Birinchi jahon urushi tugagandan so’ng qulayroq kiyimga bo’lgan ehtiyoj 
yubkalarning yanada kaltalashuviga olib keldi. 1925-yilga kelib yubkalar qisqarib 
tizzagacha, 1927-yilda esa undan ham balandroq ko’tarilgan. Erkaklar shimi ayollar 
garderobiga asta-sekin o’rnasha boshladi. 20-yillar iqtisodiy rivojlanish davri bo’lib, 
Yevropa urush qiyinchiliklaridan so’ng o’ziga kelayotgan, g’olib mamlakatlar 
g’alaba nashidasini surayotgan davr edi. 


106
91-rasm.Ayollar kostyumi 
Kalta kechki ko’ylaklar tong otguncha raqs tushishga xalaqit bermagan, 
ularning etagidagi mayda ipak yoki munchoq-biser
1
lardan terilgan shokilalari modali 
raqslarning o’ziga xos plastikasi va ritmini ta’kidlagan, mustahkam poshnali va qulay 
tasmali poyabzal charchamasdan raqs tushishga xizmat qilgan.
Korsetlardan voz kechilishi orqa qismi ochiq ko’ylaklarning (1918-yilda P.Puare 
birinchi bo’lib namoyish etgan) moda bo’lishiga olib kelgan bo’lsa, yubkalarning 
kaltalashuvi tana rangidagi paypoqlarning ommalashuviga olib keldi.
1920-yillarda sportga qiziqish ham o’sib bordi. Texnikaga sig’inish modabop 
libosga avtomobil va samolyot haydovchilarining professional kiyimlaridan olingan 
funksional elementlarning kirib kelishiga sabab bo’ldi. 1919-yilda aynan sport kiyimi 
va faol dam olish uchun mo’ljallangan liboslarga ixtisoslashgan «Jan Patu» nomli 
Oliy Modalar uyi ochildi.
Sport libosi elementlari ham kundalik kiyimlarga kirib kela boshladi. Norasmiy 
sharoitda erkaklar pidjak o’rniga trikotaj kardigan va pulover kiyishni boshladilar. 
O’rtacha kenglikdagi mumtoz bichimli shim o’rniga esa «golf-shimlar» yoki paxmoq 
«oksford shimlari» kiyilardi. Umuman olganda, kiyinishdagi avvalgi qat’iy 
talablardan voz kechish boshlandi – silindr va «kotelok»lar kepi yoki yumshoq 
shaklli shlyapa bilan almashtirildi, issiq kunda norasmiy sharoitda pidjaksiz yolg’iz 
1
Biser
– arabcha – mayda don, donacha, zarracha; kashtachilikda qo‘llaniladigan shisha yoki 
metalldan yasalgan, igna yoki ip o‘tishi uchun o‘rtasi teshilgan munchoqlar. 


107
ko’ylakda yurish mumkin bo’ldi. Erkaklarning bashang kiyimi sifatida smoking
1
kirib keldi.
Trikotaj kundalik kiyimlar uchun eng modabop ashyoga aylandi. Jun yoki ipak 
trikotajdan jemper va puloverlarni, trikotaj kardiganlarni, to’qilgan shapkacha va 
sharflarni nafaqat erkaklar, ayollar ham kiyar edilar. Bunday buyumlar hozirgi 
kungacha o’z dolzarbligini yo’qotmaganligi uchun, ularni libosdagi o’ziga xos 
klassika darajasiga ko’tarish mumkin. 
Bu orada tayyor liboslar ishlab chiqarishning faol rivojlanishi boshlandi. Bu esa, 
o’z navbatida, murakkab bo’lgan tikish texnologiyasi va libos konstruksiyasining 
soddalashtirilishini talab qilardi.
Tikuv korxonalarining tayyor kiyim mahsulotlari ommalashib borishiga 
qaramay, modani Parijdagi yuksak Modalar Uyi shakllantirar edi. Aksariyat 
kutyuryelarning modellari shu davrda eng zamonaviy hisoblangan «ar-deko» 
uslubiga monand bejamdorlik, serhashamlik bilan ajralib turardi. Faqat ikkita 
modelyer prinsipial o’zgacha g’oyani taklif etdi. Ilk bor rassom-modelyerlar oldida 
«modadan tashqari» libos yaratish vazifasi turar edi. Bunday g’oyalarni libos 
modellashtirishdagi o’ziga xos inqilob desa bo’ladi. Shuning uchun bo’lsa kerak, 
aynan ayol modelyerlar bu g’oyani ilgari surdilar. Bo’lar Madlen Vionne va Koko 
Shanel edi. 
1929-yilning oktabrida Amerikada ro’y bergan bank tizimi inqirozi tufayli butun 
dunyo iqtisodiy inqirozi boshlandi. Shu sababli boshlangan «Buyuk (Katta) 
depressiya» XX asr 1930-yillarining birinchi yarmiga o’z ta’sirini ko’rsatdi: pul 
qadrsizlandi; hissadorlik jamiyatlari kasodga uchradi; ko’p korxonalar yopilishi 
evaziga ishsizlik o’sdi. 1930-yillar modasi amaliy, bosiq, vazmin va demokratik 
bo’lishga majbur edi. O’zining boyligini ko’z-ko’z qilish salkam beadablik hisoblana 
boshlandi.
1
Smoking
– ingl. [smoking – jacket] – dastlab uy ichida kiyish uchun, aniqrog‘i, tamaki 
chekish paytida kiyishga mo‘ljallangan shoyi xalat. Uning uzun adip qaytarmali yoqasi sirti silliq 
atlasdan bo‘lgan. Keyinchalik shakli va matosidagi o‘zgartirishlar hisobiga erkaklarning oqshom 
libosi sifatida kiyilishni boshladi.


108
Elegant oddiylik, o’ziga xos bilinar-bilinmas «shik», avvalo, elitar mijozlar 
uchun yaratilar edi. Bir paytning o’zida 1930-yillar libos dizaynining rivojlanishida 
o’ta muhim va sermahsul davr bo’ldi – kiyim modellashtirishda yangi g’oya va 
konsepsiyalar paydo bo’la boshladi. Inqirozga qaramay yangi Moda uylari ochildi: 
1930-yilda «Meynboxer», 1932-yilda «Nina Richchi», 1933-yilda «Rober Pige» va 
«Aliks», 1935-yilda «Elza Skyaparelli», 1937-yilda «Jak Fat», «Jan Dusse», 
«Kristobal Balensiaga». Ba’zi kutyuryelar ilk bor tayyor kiyim kolleksiyalarini 
yaratishga urinib ko’rishdi. Jumladan, Koko Shanel tayyor kiyim ishlab chiqaruvchi 
firma bilan hamkorlik qilgan; 1933-yilda J. Xeyn; 1934-yilda esa L. Lelong kabilar 
tayyor ko’ylak termalarini chiqarishgan. Bichimi say qallanishi va murakkablashuvi 
evaziga tayyor kiyimning sifati orta boshladi. Bu narsa, ayniqsa, ommaviy modani 
shakllantiruvchi Gollivud va pochta orqali kataloglar yordamida millionlab 
modellarni sotuvchi firmalar faoliyati tufayli, AQSHda sezilarli edi.
1930-yilda modaning demokratlashuvi davom etdi: oddiylik, qulaylik va 
ratsionallik – bu sifatlarni ommaviy moda eng ko’p baholar edi.
Ayollar libosiga erkaklar kostumining ta’siri hamon sezilib turardi. Ayollar 
shimi sport va uy ichi kiyimi sifatida keng tarqalib ommaviylashgan.

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish