Kostyum tarixi



Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/145
Sana03.02.2022
Hajmi6 Mb.
#426344
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   145
Bog'liq
kostyum tarixi

Ayollar libosi.
XVIII asrda ayollar 
38-rasm. 
libosiga karkas yubka yana qaytib 
keldi. Korset orqa tomondan qattiq, ya’ni tortib bog’lab qo’yilgan. Asrning ikkinchi 
yarmiga borib, panye ikki etakli, har bir etagi bo’ksaning bir tomoni uchun 
mo’ljallangan va tesmalar bilan biriktirilgan alohida-alohida fijmalar bilan almashdi. 
Ushby asos ayollar libosi siluetini uchburchak shakliga kiritdi. Asr boshiga kelib, 
mana shu karkas asosida ayollarning yangi libosi – 
kuntush
yoki Vatto skladkali 
ko’ylagi paydo bo’ldi. Bu yengil bichimli, tor yelkali, beldan pastga qarab karkas 
asosida kengaygan ko’ylak bo’lib, uning go’zalligi orqa qismidagi butun bo’y 
bo’ylab tushgan katta skladkalarida edi. Libosni naqshli och rangli shoyi paypoqlar, 
baland, bukilgan poshnali tuflilar to’ldirib turar edi.
Ayollar libosining keyingi rivojlanish bosqichi uni ikki uchburchak, ya’ni 
uchlari bel chizig’ida uchrashgan shakliga qaytardi. Qalin, qattiq, juda ochiq ko’ylak 
lifi keng, yon tomonlari juda katta shishirilgan yubka bilan uyg’unlashdi.
Ko’ylak gafreli pirpiraklar, bantiklar, rozetkalar va sun’iy gullar bilan bezalgan. 
Libos tarixida 40-yillardan boshlab katta, keng relyefli dekorlar eng ko’p tarqalgan 
davr boshlandi(71-rasm).


83
71-rasm.Ayollar kostyumi 
70-yillar oxirida Fransiyada klassitsizm uslubidagi ingliz modasi keng tarqaladi. 
Ayollar va erkaklar libosida aralash, eklektik shakllar paydo bo’ladi. U ichki tor 
ko’ylak (lif va yubka) va butun bichimga ega ustki oldi ochiq ko’ylakdan iborat 
bo’lgan. Ichki ko’ylak lifi ko’krak va bo’ksaga yopishib turadi, tugmalanadi yoki 
bog’ichlar yordamida tortib qo’yiladi. Chuqur va keng dekolte to’r yoki gafrelangan 
pirpiraklar bilan bezalgan. Ko’ylakning yuqori qismi, ya’ni lifi ham tor, dekolteli va 
ko’krak chizig’idan o’tadi va shu yerda katta bant bilan qotir ilgan. Chetlari 
jimjimador ryushlar bilan bezalgan.Katta bo’yin o’mizi ustiga, odatda, ko’krak usti 
ro’moli tashlab yurilgan. Yenglar tor va uzun yoki 3/4 uzunlikda unchalik katta 
bo’lmagan manjetli. Ko’ylak bilan birga yupqa matodan, bezaklangan farto’q 
taqishgan. Liboslarning ikki ko’ylakdan iborat turi ancha hashamdor sanalgan. 
Libosning yuqori va pastki qismlari mass asi deyarli tenglashdi. Ustki ko’ylak 
sifatida uzun redingotlar , kaltalasht irilgan kazakinlar , karako, frachkalar 
kiyilgan(72-rasm). 
72-rasm.Ayollar kostyumi 


84
XVIII asr ayollar soch turmagi va pariklar asri bo’ldi, desak mubolag’a 
bo’lmaydi. 
Davrning birinchi yarmida soch turmagida uncha katta bo’lmagan ochiq 
peshonaga buklyali yoki lokonli turmaklar urf bo’lgan. 70–80-yillarda soch 
turmaklari juda murakkab bo’lib, ular hajman ham kattalashdi.
XVIII asr oxirida ayollar o’rtasida baland poshnali tufli urf bo’lgan. Qora rangli 
tufli tantanavor marosimlarga, jigarrang tuflilar sayr uchun mo’ljallangan bo’lsa, qizil 
va oq rang zodagon ayollar imtiyozi hisoblangan.
Bosh kiyimlar – chambarlar, setkalar,
 
diademalar, tuyaqush
patli bashang 
bog’ichlar, duxoba va shoyi lentalar, yunoncha naqshli kalta jingalak soch turmaklari 
yana urfda bo’lgan. 
Yorqin ranglardagi tuflilar tagcharmi tekis, past poshnali, lentalar bilan 
bog’ichlangan bo’lib, yunon sandallari kabi oyoqni o’rab turgan.
Qulaylik, oddiylik, ishbilarmonlik kabi jihatlarni o’zida jamlagan ushbu davr 
moda yo’nalishi ham yashashda davom etdi. Erkaklar libosida to’q jun matodan frak, 
yorqin jilet, zamsh kyulotlar yetakchilik qildi. 

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish