Kostyum tarixi


XVIII ASR YEVROPA KOSTUMI TARIXI



Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/145
Sana03.02.2022
Hajmi6 Mb.
#426344
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   145
Bog'liq
kostyum tarixi

XVIII ASR YEVROPA KOSTUMI TARIXI 
XVIII asr qirollik hokimiyatining tanazzul davri bo’ldi. Kapitalistik ishlab 
chiqarishning tasdiqlanishi madaniyat va san’atda yangi shakllarning paydo 
bo’lishiga sabab bo’ldi. Burjua madaniyati asoslari paydo bo’la boshladi. Ular Didro, 
Volter, Russo singari ma’rifatparvarlari mafkurasida o’z ifodasini topdi. Aynan ushbu 
asrda insonparvar madaniyat tushunchasi iste’molga kirdi. Ziyolilar qatlamining 
paydo bo’lishi va ular o’rtasidagi aloqalar sabab mamlakatlar o’rtasidagi madaniy 
aloqalar kengaydi. Fan-texnika va ishlab chiqarishdagi taraqqiyot iqtisodiy 
rivojlanishga turtki berish bilan birga ma’rifatparvarlik bilan uyg’unlashib, Fransiyani 
burjua inqilobiga olib keldi. Fransuz inqilobi feodal tuzumga batamom xotima yasab, 
kapitalistik jimiyatning barpo bo’lishiga sabab bo’ldi.
XVIII asrda Yevropa madaniyati poytaxti sifatida avvalgidek Fransiya va 
Angliya saqlanib qoldi. Fransuz san’ati Yevropa davlatlari uchun namuna bo’ldi. 
Fransuz tili xalqaro til bo’lib qoldi. Fransuz modasi barcha Yevropa mamlakatlariga 
tarqalib, umumiy Yevropa modasiga aylandi. Angliyaning ta’siri falsafa, iqtisodiy va 
ijtimoiy nazariya bilan birga san’atda ham ko’zga tashlandi. Xususan, ingliz libosi 
«fransuzlashib», barcha Yevropa mamlakatlariga tarqaldi.


79
XVIII asr o’rtalarida san’atda barokko uslubi rivojini to’xtatgan rokoko uslubi 
yetakchilik qila boshladi. Rokoko Fransiyada Lyudovik XV hukmronligida paydo 
bo’ldi. Ushbu uslub g’oyaviy tanazzulni boshdan kechirayotgan, ertangi kuniga 
ishonchi yo’q yuqori tabaqa aslzodalari didini namoyon etgan.
Rokoko uslubi me’morlik, tasviriy san’at, amaliy san’atda kuzatiladi. Ushbu 
uslubga chuqur g’oyaviy mazmun, borliqdan qochib, yengil tasavvurlar, nozik 
hissiyotlarga berilish, nosimmetrik va murakkab chiziqlardan iborat shaklning 
bezakdorligi xos.
Rokoko termini fransuzcha «rokayl-rok» – qoya ma’nosini bildiradi. Dengiz 
chiqanoqlari va dengiz o’tlari bilan qoplanib, ular bilan birlashib ketgan qoya 
parchalari singari o’ziga xos, tartibsiz, to’satdan paydo bo’lgan, ajoyib ko’rinish – 
rokoko ornamentining asosi, uning bezagining asosiy motivlaridir. Nozik va 
hashamdor naqshlar betakror, nozik, yumshoq, yorqin, turfa xil ranglar tuslariga mos 
tushgan.
Rokoko badiiy uslubi chizgilari XVIII asr fransuz libosida o’zini yorqin 
namoyon qilgan. U, shuningdek, avvalambor, inson go’zalligi haqidagi fikrlarga ham 
o’zgarishlar kiritdi.
Sun’iy yaratilgan «bayramona shukuh» dunyosida sun’iylik inson go’zalligining 
asosi bo’ldi. Ayollar va erkaklar qiyofasida real hayotdan uzoq bo’lgan qo’g’irchoq 
monand, ertakona shartlilik, real hayotiy zamindan o’zilgan fantastik belgilari bo’rtib 
turgan qiyofaga urg’u berildi.
Libosda bu obrazni yaratish inson qomati proporsiyalarining bo’zilishiga, ya’ni 
yuqori va past qismlar nomutanosibligiga olib keldi. Kichkinagina, nozik bosh, tor 
yelkalar, ingichka, egiluvchan bel hamda bo’ksa o’lchovi va shaklining grotesk 
darajada kattalashishi ko’zga tashlanadi. Dekorativ rokokoga qulaylik va amaliylik 
deyarli xos emas.
Erkak va ayol tashqi belgilarining yaqinlashuvi, ularning noziklashuvi, 
qo’g’irchoq qiyofa, yosh darajasidagi farqlarning yo’qolishi (ushbu davrda keksalar 
ham, yoshlar ham bir xil libos kiya boshlashgan, bir xil kosmetik vositalardan 
foydalanishgan) oqsuyak yuqori tabaqaning ma’naviy va jisman qayta tug’ilganligini 


80
bildirardi. Ularning bir qator avlodlari mehnatga layoqatsizligi bilan ajralib turadi. 
Butun kuch tashqi nazokat va turli ko’ngilochar jihatlarga sarf etildi. Fransuz tasviriy 
san’atida bu kabi obrazlar bilan Bushe, Vatto, Fragonara portretlari tanishtiradi. 
XVIII asr 70-yillarida klassitsizm san’atdagi asosiy yo’nalish bo’lib qoldi. 
O’zining aniq va yorqin obrazlari, qat’iy geometrik kompozitsiyalarida u yana antik 
davr ideallariga murojaat etdi. Biroq ushbu davr amaliy bezak san’ati va ayniqsa, 
1970–1980-yillar libosida rokoko uslubining ta’siri butunlay bartaraf etilmadi. 
Haddan tashqari bezakdorlik, hashamdorlik vaqti-vaqti bilan yangi shakllarda o’zini 
namoyon etib turdi.
XVIII asr libosida, avvalambor, matolar turi o’zgardi. Saroy va tantanavor 
liboslarda qo’llangan shoyi, baxmal, parcha, atlas matolar o’rnini yupqa jun matolar, 
movut va paxta matolar egallay boshladi. Reynolds, Xogart, Geynsboro portretlari 
XVIII asr oxiridagi yangi ideal belgilarni o’zida namoyon etadi. 

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish