129
XX
asr 1960-yillarida moda poytaxti deb shuhrat qozongan, barcha
qoidalarni yo’qqa chiqaradigan, eng nooddiy va «quvnoq» liboslar yaratiladigan
London 1990-yillar oxiriga kelib qit’aga yosh dizaynerlar yetkazib beriladigan asosiy
maskanga aylandi. Galyano va Mak-Kuin bilan bir
qatorda Yevropaga Stella
Makkartni ko’chib o’tdi va 2001-yilgacha Xloe Uyining dizayneri bo’ldi.
«Lagerfeld» va «Chanel» rusumlaridagi jamlanmalar ustida birgalikda ishlash
uchun Karl Lagerfeld Parijga Julian Mak-Donaldni (yangi jimjimador to’qish
uslubini ixtiro qilgan) taklif etdi. 2001-yilda Mak-Donald Jivanshi Uyining yangi
dizayneri bo’ldi. Syuzan Klements va Ignasio Ribeyro o’z jamlanmalari bilan bir
qatorda endilikda «Kasharel» Uyi uchun modalar ishlab chiqmoqda. Asli turk bo’lgan
Husayn Chalayon 2000-yilgacha TSE Amerika firmasi uchun ishladi. Sofiya
Kokosalaki 2001-yilda Ruffo Risyorch italyan
Moda Uyi uchun liboslar
jamlanmasini yaratib berdi. Amerikada ispaniyalik Migel Efrover jamlanmasi ko’p
shov-shuvga sabab bo’ldi, u matrasdan olingan matodan tikkan paltosini namoyish
qilgandi. Keyingi safar esa dizayner yengil to’kilib turuvchi matolardan tikilgan
iffatli liboslarni yaratdi. Modelchi Molli Stern Amerikaning eng taniqli yulduzlarini
kiyintirdi. Pank uslubini eslatuvchi uning modellari qo’lda tikilgan va har doim bir
nusxada yaratildi. Karl Lagerfeld homiylik qiluvchi amerikalik
Jeremi Skott pank
uslubi dadilligini 1980-yillar hashamati bilan uyg’unlashtirdi. Oldingidek, Parij
yoshlarni o’ziga tortar edi. 1990-yillar boshida bu yerga Gollandiyadan Viktor
Xorsting va Rolf Snyoren kelishdi va 1999-yilda birinchi ot-kutyur jamlanmasini
taqdim etishdi. Viktor va Rolf juftligi turli fakturadagi matolarni (masalan, jun
trikotaj va lake) uyg’unlashtirib, kattakon yoqalar va
yengpocha qayirmalari bilan
yoki sport uslubidagi jiletni oqshom uchun kiyiladigan bluzkaga aylantirish bilan
e’tiborni tortib, g’ayrioddiy bichimlardan foydalandi. 1990-yillar o’rtalaridan sahnaga
dizaynerlarning Belgiya maktabi chiqib keldi va modaga katta ta’sir ko’rsatdi. Bu
1970–1980-yillar oxirida yapon dizaynerilarining sahnaga chiqib modaga ko’rsatgan
ulkan ta’siri darajasidagi o’zgarishlar edi. Eng yorqin vakillari (katta qismi –
Antverpen qirollik san’at akademiyasi bitiruvchilari) – Martin Marjyela, Ann
130
Demelemester, Dirk Bikkembergs, Dris van Noten, Valter van Beyrendonk, Dirk vat
Sayenlardir.
XXI
asr modasi. XX asr 1990-yillari oxirida modaga munosabat ko’rgazmalar
va moda namoyishlaridagi yangi an’analarga rasman ergashishdan ko’ra o’z uslubini
yaratishda ifoda etildi. 1960-yillarda bo’lgani kabi yana «multibrend butik»lari paydo
bo’ldi, u yerda muayyan g’oya yoki uslub asosida to’plangan bir qancha
dizaynerlarning liboslari sotilmoqda. Ko’pgina modelyerlar 1990-yillar oxiridan
boshlab faoliyat doiralarini kengaytirdilar va o’z rusumlari
ostida nafaqat kiyim va
parfyumeriyalarni, balki uy ichi jihozlarini ham ishlab chiqara boshladilar. Masalan,
Milandagi 2000-yillarda qurilgan Armani Uyi do’konida kiyimlar jamlanmalari, uy
jihozlari va «Sony» firmasining videotexnikalari namoyish etildi. Modelchilar
ko’pincha o’z butiklarining me’moriy qiyofasini ishlab chiqishda faol ishtirok etdilar.
Donna Karan va Rey Kavakubo ana shunday yo’l tutishdi, ularning butiklari haqida
me’morchilik va dizaynga oid nashrlarda allaqachon yozib chiqishgan. Issey Miyake
va me’mor Day Fudzivera 2000-yilda Parijda «A-ROS» («Epok» deb o’qiladi, pilece
of clotn – «bir parcha mato»ning qisqargani) deb atalgan yangi butikni ochishdi. Bu
yerda kiyim do’koni va fabrikasi birlashib ketgan. Tom ma’nodagi xaridor taklif
etilgan chala tayyor ashyodan o’ziga kiyim tikib oladi.
Bu davrda ba’zan me’morchilik, haykaltaroshlik,
dizayn va kiyim-kechak
yanada uzviyroq aloqaga kirishib ketdi. Sinitiro Arakava 2000-yilda devorlarga ilib
qo’yilgan suratlar ko’rinishidagi kuz – qish jamlamasini taqdim etdi. Ingliz
«ekstremal» rassomi Gotcho modelchilarning ixtirolarini haykaltaroshlik va
installyatsiya qismlariga aylantirdi. Masalan, u «Dior» Modalar Uyi ko’ylagini
Lyudovik XIV uslubidagi («Orqama-orqa», 1997-yil) stulning poxol to’rdan qilingan
o’rindig’i va suyanchig’iga aylantiradi va bu ish «Cristian Dior» butigi peshtaxtasiga
qo’yiladi. Moda san’at hisoblanadimi, degan eski savol
moda foydasiga yana bir
karra hal etildi. Endi yosh dizaynerlar ishlarida u zamonaviy san’atning ajralmas
qismiga aylanib qoldi. Ilgari bo’lganidek, bugungi kunda eng modali an’analar va
epkinlar adabiyot, rangtasvir yoki kinoda emas, balki dizaynga bag’ishlangan jurnal
va albomlar sahifalarida aks etmoqda. XXI asrda aynan dizayn o’zining keng
131
ma’nosida – bizni qurshab turgan narsalar (me’morchilik, maishiy buyumlar, kiyim-
kechak va hokazo) zamon ruhi ifodasi bo’lib xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: