Antik davr ayollar libosi. Bu davrdagi ayollar libosida yunon, hindiston hamda
skiflar uslubining ta’siri seziladi. Ular odatda ichki va ustki: ya’ni yelka, bel, bosh va
oyoq kiyimlaridan iborat bo’lgan.
1-uslub. Tunikasimon bichimli uslub,
Ko’krak tagida va belida belbog’ bilan
bog’langan to’g’ri ko’ylak. Yoqa qismi dumaloq, oldi esa tomchisimon kesimli
bo’lgan.
2-uslub. Bo’y baravar mato parchasini yelkada to’g’nog’ich bilan biriktirilgan.
Etagining yon burchaklari bog’langan tugun shaklida bo’lgan. Antik yunon
132
xitonlarida esa farqli o’laroq etagi erkin tushib, drapirovkalangan. Belida yoki
ko’kragining tagidan bel bog’ bilan bog’langan .