47-rasm. Drapirovkadagi murakkab taxlamalarning chizmatasviri.
110
Agarda mato bo’lagini gorizontal yuzaga tashlasak, murakkab buklamalar
to’plami hosil bo’ladiki, u hech qanday sistemaga bo’sunmaydi, har gal taxlamlar
yangicha shaklda hosil bo’ladi. Drapirovkaning bunday holatda joylashishi to’g’ri
chiziqli murakkab bo’rtmalarni shakllantiradi.
48-rasm. Yuzaga erkin holatda tashlangan matodagi taxlamalar chizmatasviri.
Agarda matoni vertikal, gorizantal nuqtadan balandda turgan figura ustiga
tashlansa,bir yoki ikki tayanch nuqtalar tashlangan drapirovka hosil qiluvchi
murakkab turkumdagi burmalar paydo bo’ladi. Hajm ustiga tashlangan drapirovka
hosil qilgan taxlamlar shaklan xilma-xil bo’ladi. (48-rasm)
Sharsimon shakl yuzasiga tashlangan darpirovkadagi taxlamlar ham ma’lum
qonun-qoidalarga bo’ysunadi. Drapirovka sharsimon shaklning yuqori qismida
tekis yuza hosil qiladi. Drapirovka yuqori qismdan keng gorizontal aylana
shaklgacha qanchalik uzoqlashsa, shunchalik erkin osilgan taxlamlarni yuzaga
keltiradi. Bunday aylanada bir qancha tayanch nuqtalari hosil bo’ladi. Ulardan
ham tahlamlar , bir tayanch nuqtadan uzoqlashib osilgan sayin yuzaga kelgan
taxlamlar singari hosil bo’ladi. Agarda ikki sharsimon shakldan foydalanilsa, ular
orasidagi drapirovkaning gorizontal tekisligida yengil bukilgan, pastroqdagi
vertikal tekislikda esa- ikki nuqtadan osilib tushgan drapirovka kompozitsiyasida
chuqur taxlamlar hosil bo’ladi.
111
Agarda tayanch nuqtasidan yuqorida joylashgan sharsimon shaklga
drapirovka tashlansa, unda shaklning bir qismi bekilib, drapirovka sharsimon
shaklga ega bo’ladi va taxlamlar uning atrofida hosil bo’la boshlaydi.
Agarda drapirovka matosi uchun to’qimachilik polotnosi ishlatilsa, unda
silliq gorizontal yuzada bo’rtma va puffaklar hosil bo’ladi. Elastiklik hususiyati
tufayli hosil bo’lgan taxlamlardagi bo’tiq qismlari buralib, aylana taxlamlarni
shakllantiradi. Erkin osilgan drapirovkada xarakterli og'ir doim pastga tomon egilib
turuvchi taxlamlar kuzatiladi. Og’ir taxlamlar diagonal so’ng esa pastga tomon
aylana hosil qilb, yoy uchlari radial (radius bo’ylab tarqalgan) taxlamlarni
shakllantiradi.
Yuqorida ta’kidlanganlarga mos ravishda, murakkab taxlamlarni kelib
chiqishini tahlil qilish mumkin. Mashhur rassomlar ishlarida drapirovkalarning
murakkab shakllaridagi xilma-hil taxlamlar turini ko’rishimiz mumkin.
Drapirovkaning barcha kompozitsion yechimi asosida uning o’quv
vazifasining mavzusi yotadi.
Drapirovkalarni naturadan tasvirlashga kirishishdan oldin, trikotaj polotnolari
yoki turli matolar parchalarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi. Matoning
drapirovkaga mosligini tekshirib ko’rish zarur. Matoni yoki to’qimachilik
polotnolarini stend yoki maniken ustiga chiroyli va ifodali taxlamlar hosil qilib,
matoning fakturasi va plastik hususiyatlarini hisobga olib, so’ng uni maxkamlash
lozim. Xar-hil matolar va polotnolarga bir vaqtda qaraganda, taxlamlar xarakterini
rang-barangligini taxlil qilib, drapirovkalarni tasavvurdagi siymosini (obraz),
taxlamlar ustidagi “o’ynoqi” naqshlarni aniqlash mumkin.
112
49-rasm. Liboslarda taxlamalrni chizmatasvirda aks ettirilishi.
Turli mato parchalarini ketma-ketlikda ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir:
qalin va harirlari, jilosiz va yaltiroqlari, dag’al va yumshoqlari va hakozo. Shunda
ham har gal ikki-uchtasini solishtirish kerak. Shundagina junli, shoyi va paxtali
matolar, polotnolardan shakllangan taxlamlarning keskin farqini ko’rish
mumkin.Drapirovkani tasvirlash oldidan, qog’ozga qanday joylashtirish, tasvirni
qog’ozga komponovka qilib, qog’oz “bo’shlig’iga” tasvirni nisbatlash lozim.
Kompozitsiyadagi nisbat o’ng va chap, baland va pastdagi uning elementlarini
barobar bo’lish orqali erishiladi. Ammo bu, tasvir simmetrik joylashishi kerak
degani emas. Masalan,osilib turgan drapirovka tasviri, agarda pastdan ko’proq
bo’sh joy qolsa, ishonarli chiqadi.Shunda qog’ozdagi “Bo’shliqlar” kompozitsion
to’g’ri bo’ladi. Stolning gorizontal yuzasidagi drapirovkani og’irligi va muallaqlik
holati taasurotini berish uchun tasvirni ozroq pastga siljitish maqsadga muvofiq
bo’ladi. Faqat ko’z oldimizdagi drapirovka obarazini yaxlitligiga erishgandan
so’ng, hayolan qog’oz o’lchami bilan “og’irlik” nisbatlarini solishtirib, drapirovka
joylashgan yengil kontur chiziqlarni belgilab chiqib, tasvirlashga otish mumkin.
Drapirovka kompozitsiyasida matolarning plastik hususiyatlari, rang
kontrastlari ahamiyatini ko’ra olib,ishda mohirona qo’llash mahoratini kuchaytirish
muhim.
113
Do'stlaringiz bilan baham: |