46-rasm. Drapirovka akademik chizmatasviri.
Asosiy tayanch nuqtasi deb drapirovkani osilishi boshlangan joyi, drapirovka
taxlamlari uzilib, yangi shakl hosil qilish joyi- bo’ysinuvchi nuqta deb ataladi.
Asosiy va bo’ysinuvchi tayanch nuqtalar drapirovka kompozitsiyasini shunday
shakllantiradiki, taxlamlar tayanch nuqtalardan nur, to’lqin yoki yoysimon shakllar
drapirovka xarakteri qonun qoidalariga bog’liq holda shakllantiradi. Boshida
taxlamlar vertikal holatda tushib, so’ngra pastki nuqtaga nisbatan yo’naladi. Shu
bilan birga bo’ysinuvchi nuqtada yangi tayanch nuqta hosil bo’ladi, undan qarama-
qarshi yo’nalishda davom etadi. Bunday shakldagi drapirovkalar zinasimon
taxlamli kompozitsiya hosil qiladi.(47 rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |