Asоsiy ma’lumоtlar
XIX-XX asr kostyum shakllari taxlil kilinganda, ular shaklining geometrik shaklning ma’lum bir turiga mansubligi aniqligi, ya’ni shakl detallari ma’lum bir shakl sifatida ekanligi ma’lum bo‘ladi. Kiyim shakllaring tahlili, ular siluetlari tahlili bilan yondosh bo‘lib, ular trapesiya, to‘rtburchak, aylanalar turli qancha shaklida berilgan. Vaqt o‘tishi bilan oddiy, ovalsimon, to‘rtburchaksimon konfigurasiyalar murakkablashib kelmokda.
Kiyim shakli zamona uslubiga mos holatda o‘zgarib keladi. XX asr kostyumlaridagi ham sifati, ham mikdoriy alomatlar tahlil qilinganda, kiyimning uzunligi va eni bel sathi, shakl proyeksiyasi yuzasiga tayanilishi kuzatildi.
Ustki kiyimlar - palto, plash, kuylaklarga nisbatan kam o‘zgaruvchan shakldagi to‘rtburchaklar ham v akt davomiyligida o‘zgartiradi. Masalan: 1910 - 1944 yillar va 1966 yillardagi ayollar kiyimidagi shakl farqlari. Har bir moda sikli 103-106 yilni tashkil etadi.
Kiyimdagi asosiy shakllar - 3 xil asosiy geometrik struktura - oval, trapesiya, turtburchak.
Ular doim transformasiyalanib, burchaklar kattaligi va chiziqlar kiyshikligi o‘zgarishi bilan hosil bo‘ladi. Moda va kostyum murakkab o‘zaro tashkil etuvchi sistema bo‘lganligi sababli, kiyim shaklining yetukligi va to‘liqligini ta’minlash uchun moda rivojlanishi jarayonini boshqarish talab etiladi.
Kostyum shakli konstruktiv yo‘llar bilan ayrim hajmlar va kostyum qismlarining tutashmasi orqali yaratiladi. Bu tutashmalar chiziqlari konstruktiv chiziqlar deyiladi. Ular ichiga yuklash, relyeflar, shaklning bo‘linish chiziqlari va shaklning hajmini o‘zgariradigan kesik va vitachkalar kiradi. Agar bu chiziqlar dekorativ bezatilsa (chok, badiiy choklar, shnur, tasma bilan va x,.k.) ular konstruktiv - dekorativ chiziqlar deyiladi. Bu holda kontruksiyaning o‘zi estetik funksiyani bajaradi. Kostyum silueti deb hajmli shaklning uning xususiyatlarini ajratib ko‘rsatuvchi tekislikda ifodalanishiga aytiladi. Kostyumda moda yo‘nalishlarning almashuvi siluetlar almashuvi bilan xarakterlanishi bejiz emas. Kostyum silueti yelka chiziqlari va mahsulot komat qismi, yeng boshi, bel chizig‘i darajasi va pasti xarakteriga bogliq. Odatda kostyum shaklini frontal va profil siluetlar tavsiflaydi.
Kiyim shaklini ko‘rib chiqayotganimizdagi dastlabki taassurot shaklning hajmdorlik darajasidan, siluet va chiziqlaridan kelib chiqadi. Hajmdorlik darajasi - bu uchta fazoviy koordinata bo‘ylab shakl ulchamlarining nisbatidir. Shaklning hajmdorlik darajasi bitta o‘lchamli bo‘lsa, chiziqli xarakterda, ikki o‘lchamli bulsa, tekislik xarakterida, kiyim shakli uch ulchamli bulsa, hajm xarakterida bo‘ladi.
Buyumning hajmdorlik darajasini tanlash libosning kurinish va kanday maqsadga mo‘ljallanganligi bilan belgilanadi. Chiziqli xarakterdagi shakl bashang kiyimlar uchun tavsiya etilsa, tekislik xarakteridagi har kanday ishga mo‘ljallangan kostyum uchun va hamma turdagi gavdalar uchun, hajm xarakteridagi shakl esa asosan buychan, ozgin gavdalarga mo‘ljallangan bashang kiyim uchun tavsiya etiladi.
Kiyim shaklining tekislikka tushirilgan eng ifodali proporsiyasini kostyumning silueti deb ataladi. Odatda, kostyum shaklini asosan frontal siluetlar va kamroq holatlarda profil siluetlar xarakterlaydi. Kostyum yaratishda uning vazifasi va undan foydalanish sharoitlarini bilish zarur. Kostyum qulay, chiroyli va amalda xizmat qiluvchi bo‘lishi kerak. Shu sababli uning shakli, konstruktiv yechimi, materiallar, bezaklar va rang tanlanishi uning asosiy amaliy va estetik funksiyalariga buysunadi. Zamonaviy kostyum ko‘p qatlamli. Uning alohida qismlari bir-biri bilan turlicha nisbatda bo‘ladi: ba’zisi biri ikkinchisi ustiga kiyiladi va to‘liq yoki qisman boshqasini ustini yopib turadi (sorochka, jilet, jaket) yoki birin-ketin kiyiladi (sorochka, shortilar, golflar, kedilar). Ma’lum vaqt davomida kostyum kiyim alohida qismlari, poyabzal, bosh kiyimi va to‘ldirishlarning to‘g‘ri tashkil etilishiga ega, ya’ni ma’lum tuzilish bilan tavsiflanadi. Tuzilishning tashqi namoyon bo‘lishi kostyum shaklidir.
Kostyum kishining ma’lum sharoitlarda faoliyati va o‘zini tutish xarakteri usullari to‘g‘risida yuzaga kelgan odatlar va tasavvurlarni hisobga olgan holda yaratiladi. Inson faoliyat sohalarining kengayishi yangi mutaxassisliklar paydo bo‘lishiga olib keladi, bu esa kostyum yangi turlarini ishlab chiqilishini talab etadi, ularning shakli nafakat qulaylik va maqsadga muvofiqlik bilan tavsiflanishi, balki estetik ifodali, insonning ushbu faoliyat turini kayd etishi ham kerak. Quruvchilar, harbiy shifokorlar va hokazo uchun maxsus kiyim kostyumlari misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Kostyum shakli uning estetik to‘g‘ri yechimida maqsadga muvofiq va ifodali bo‘ladi: bunda siluet aniqlash, kostyum qismlari proporsional nisbatlari to‘g‘rililigi, detallar ritmik tuzilishi yaqqolligi, kostyum rang tuzilishining uning vazifasiga mos kelishi ko‘zda tutiladi.
Geometrik shaklning ko‘rinishidagi o‘zgarish siluetdagi o‘zgarishning belgisidir. Siluet o‘zgarishining belgisi bulgan shaklning geometrik ko‘rinishi o‘zgarganda fakat konfigurasiyasi emas, balki massasi ham o‘zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |