Nazorat savollari
1. Idrok qilish xususiyatlarini tushuntiring.
2. Kompozitsion usullrini aytib bering.
3. Guruhlash qonuniyatini aytib bering.
Ko’rish qobilyatini aytib bering.
4 – LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
Ishning nomi: Turli kompozitsion vositalarini qo‘llab liboslar to‘plamini yaratish.
Ishdan maqsad: Turli kompozitsion vositalarini qo‘llab liboslar to‘plamini yaratishni o’rganish.
Ishni bajarish uchun kerakli asbob uskunalar: Moda jurnallari, qalam, qog’oz, chizg’ich, lekalo va hokazolar.
Asоsiy ma’lumоtlar
Kiyimning kompozitsiyasi ustida ishlovchi mutaxassisning asosiy vazifasi kompozitsiya elementlarini kompozitsion vositalar yordamida uyg’unlashtirib, kiyimning konkret vazifasi va maqsadini ifodalaydigan birikma hosil qilishdir.
Libos kompozitsiyasi uz vositalariga ko’ra xilma-xil va murakkab hodisadir. Kompozitsiya — elementlarni birlashtirish vositasi. Bunda kostyum elementlari bir-biriga buysungan va bir-biriga mos tushgan, qandaydir garmonik yaxlitlik sifatida tasavvur qilinishini hisobga olish kerak. Libosda asosiy va ikkinchi darajali elementlar bulsa, ular orasida buysunish kuzatiladi. Shaklning asosiy elementar libosning tanaga mo’ljallangan kesimi. Kiyimning asosiy kesimi bilan hamma detallar birlashadi.
Libos shakli estetik jixatdan yechim topsa (siluetlari aniq, qismlar proportsiyasi to’g’ri, detallarning ritmik tuzilishi bir-biriga mos, tanlangan ranglar libos vazifasiga mos), u maqsadga muvofiq va ifodali ko’rinadi. Libos shaklini uning silueti xarakterlaydi.
Shakl geometrik shakli - shaklning uchta fazoviy koordinatalaridagi o’lcham miqdorlarining nisbati, umumiy shakl va detallari yuzasining xarakteri bilan belgilanadi.
Kiyim shaklini qurib chiqayotganimizdagi dastlabki taassurot shaklning hajmdorlik darajasidan, siluet va chiziqlaridan kelib chiqadi.
Hajmdorlik darajasi - bu uchta fazoviy koordinata buylab shakl o’lchamlarining nisbatidir. Shaklning hajmdorlik darajasi bitta o’lchamli bulsa, chiziqli xarakterda, ikki o’lchamli bulsa, tekislik xarakterida, kiyim shakli uch o’lchamli bulsa, hajm xarakterida buladi.
Buyumning hajmdorlik darajasini tanlash libosning ko’rinish va qanday maqsadga mo’ljallanganligi bilan belgilanadi. Chiziqli xarakterdagi shakl bashang kiyimlar uchun tavsiya etilsa, tekislik xarakteridagi har qanday ishga mo’ljallangan kostyum uchun va hamma turdagi gavdalar uchun, hajm xarakteridagi shakl esa asosan buychan, ozg’in gavdalarga mo’ljallangan bashang kiyim uchun tavsiya etiladi.
Kiyim shaklining tekislikka tushirilgan eng ifodali proportsiyasini kostyumning silueti deb ataladi. Odatda, kostyum shaklini asosan frontal siluetlar va kamroq holatlarda profil siluetlar xarakterlaydi. Kostyum yaratishda uning vazifasi va undan foydalanish sharoitlarini bilish zarur. Kostyum qulay, chiroyli va amalda xizmat qiluvchi bulishi kerak. Shu sababli uning shakli, konstruktiv yechimi, materiallar, bezaklar va rang tanlanishi uning asosiy amaliy va estetik funktsiyalariga buysunadi. Zamonaviy kostyum ko’p qatlamli. Uning alohida qismlari bir-biri bilan turlicha nisbatda buladi: ba’zisi biri ikkinchisi ustiga kiyiladi va tulik yoki qisman boshqasini ustini yopib turadi (sorochka, jilet, jaket) yoki birin-ketin kiyiladi (sorochka, shortilar, golflar, kedilar). Ma’lum vaqt davomida kostyum kiyim alohida qismlari, poyabzal, bosh kiyimi va to’ldirishlarning tug’ri tashkil etilishiga ega, ya’ni ma’lum tuzilish bilan tavsiflanadi. Tuzilishning tashki namoyon bulishi kostyum shaklidir.
Kostyum kishining ma’lum sharoitlarda faoliyati va uzini tutish xarakteri usullari tug’risida yuzaga kelgan odatlar va tasavvurlarni hisobga olgan holda yaratiladi. Inson faoliyat sohalarining kengayishi yangi mutaxassisliklar paydo bulishiga olib keladi, bu esa kostyum yangi turlarini ishlab chiqilishini talab etadi, ularning shakli nafaqat qulaylik va maqsadga muvofiqlik bilan tavsiflanishi, balki estetik ifodali, insonning ushbu faoliyat turini qayd etishi ham kerak. Quruvchilar, harbiy shifokorlar va hokazo uchun maxsus kiyim kostyumlari misol bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Kostyum shakli uning estetik to’g’ri yechimida maqsadga muvofiq va ifodali buladi: bunda siluetni aniqlash, kostyum qismlari proportsional nisbatlari tug’rililigi, detallar ritmik tuzilishi yaqqolligi, kostyum rang tuzilishining uning vazifasiga mos kelishi ko’zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |