Kostum va moda tarixi



Download 12,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/159
Sana31.12.2021
Hajmi12,37 Mb.
#219288
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   159
Bog'liq
kostum va moda tarixi (1)

Yaponiya – avangard. Pol Puare va madam Vionnedan 
boshlab, Yaponiya ko‘plab G‘arb dizaynerlarini ilhomlantirib 
kelmoqda. Ammo uzoq vaqtgacha «yaponcha moda» degan 
tushuncha bo‘lmagan. Yaponiyadan keltirilgan liboslar ikki 
turga bo‘lingan: qimmat kimano va arzon buyumlar; urushdan 
keyingi Amerikada bu «1 blouse» – «bir dollarlik bluzka» deb 
kinoyali nom olgandi. 1970-yillarda hammasi birdan o‘zgardi: 
aynan yapon dizaynerlari Yevropa modasiga ta’sir ko‘rsata 
boshladi.
1970-yillarda Kendzo, Miyake keyinchalik 1980-yillarda 
Yamamoto fransuz va jahon modasining ommabop me’yorlariga 
zid keladigan liboslarni namoyish etishdi. Yapon modelchi-
larining g‘alati – to‘g‘ri handasaviy va aksincha, shaklsiz 
siluetlari yevrlopaliklarni tong qoldirdi.
Kendzo Tamada (1939-yilda tug‘ilgan) 1970-yilda Parijda 
o‘zining «Lungle Jap» butigini ochdi. Kabuki
1
 teatri uslubidagi 
yorqin rangli modellarning gul va naqshlari muvaffaqiyat keltirdi. 
Kendzo tufayli liboslarning sharqona an’anaviy shakllari – 
1
  Kabuki – XVII asrda vujudga kelgan Yaponiya mumtoz teatri 
turi.


108
keng tunikalar, bluzkalar, keng shimlar yevropaliklar orasida 
ommabop bo‘lib ketdi. Etno-motivlar Kendzoni ruhlantirgani 
bilan u hech qachon u yoki bu madaniyatdan bevosita ko‘chirib 
olmas edi.
Rey Kavakubo (1942-yilda tug‘ilgan) Tokioda o‘zining 
mashhur «Comme des Garsons» («Bolakayga o‘xshab») 
Uyiga asos soldi. Modelchining birinchi jamlamasini parijliklar 
zaharxandalik bilan «Xirosima-shik» deb atagan edilar, bu bilan 
ular modelchi yaratgan modellarning hayotdan uzoqligiga, 
qo‘polligiga shama qilgan edilar. Shunday bo‘lsa-da, bu 
«dikkayib turuvchi» kostumlar va ko‘ylaklarning detallari 
badanni qandaydir san’at asariga aylantirib, o‘z muxlislarini 
topdi va 1980-yillar modasiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bunda 
barcha ranglarga qora rang hamrohlik qilardi. 1970-yillar 
oxirida yaponlarni nafaqat texnologiyalar sohasida, balki moda 
sohasida ham eng ilg‘or deb bilar edilar. Yoji Yamamoto 
(1943-yilda tug‘ilgan) esa, aksincha, G‘arb shaklini asos qilib 
oldi-da, uni sharqona g‘oya bilan to‘ldirdi. Ko‘pgina yapon 
dizaynerlariga kiyimdagi Sharq an’analari haddan tashqari 
tor bo‘lib ko‘rindi (ham to‘g‘ri, ham majoziy ma’noda), shu 
bois ular yevropacha bichish-tikishni o‘rgandilar. Krinolinlar, 
syurtuklar, bluzkalar, yubkalar – bu barcha arxetiplar 
Yamamoto jamlanmasidagi G‘arbiy Yevropa liiboslari ichida 
bo‘lib, ustaga bo‘ysungan holda ko‘rinishini o‘zgartirgan. 
Uning ishlari (masalan, mashhur «To‘y» jamlamasi, 1988-yil) 
nafaqat modadagi avangardligi uchun, balki faylasufona va 
romantik bo‘lgani uchun ham shon-shuhrat keltirdi. Asimmetrik 
bichim bilan o‘yin, kiyimning yapon va G‘arb an’anaviy 
shakllari o‘zgarishi va qo‘shilib ketishi ikki asosiy rang – 
oq va qoradan iborat darveshona palitra uning uslubiga xos 
narsalardir. Ko‘pincha Yamamotoni qora rang shoiri deyishadi, 
bu rang bir vaqtda ham bosiq, ham ko‘tarinkidir, zimmasiga 
hech narsa olmaydigan dangasa rang ham, biroq ayni vaqtda 


109
taqvo rangi ham. Yapon modelchilari birinchi bo‘lib yengi 
olinadigan, o‘zgaradigan, yoqasi almashtiriladigan modellarni 
kiritdilar. Yaponiyada qadim zamonlardan matoga – uning fak-
turasi, rangi, guli, qulayligi va hokazolarga katta e’tibor qaratib 
kelganlar. Hozirgi zamon yapon modelchilari uchun mato – 
butun jamlamani tashkil etish uchun asosiy vositadir.
Issey Miyake (1938-yilda tug‘ilgan) Tokioda o‘zining 
studiyasini 1951-yilda ochdi. U matoning ifodaliligi, oddiy 
handasaviy shakli, haddan tashqari oddiy bichiq, burma va 
qatlamlashtirishdan foydalanadi (bu uning firma belgisi bo‘lib 
qolgan).
Badan matoga yengil o‘raladi, harakat qilganda o‘ynab, 
o‘zgarib turadi. Inson badani harakatlariga moslashuvchi 
libos yaratish o‘rniga yapon modelchilari libos yordamida bu 
badanni o‘zgartirganlar. Kiyim dizayni haykalsimon plastik 
san’atga aylandi. 
Yapon dizaynerlari ta’siri ostida G‘arb modelchilari ham 
«yaxshi» didning odatdagi shartlaridan xoliroq kiyimlar yarata 
boshladilar, mato, libos, mutanosiblik, rangga boshqacha ko‘z 
bilan qaraydigan bo‘ldilar. Zamonaviy yapon dizaynerlariga, 
asosan, ko‘cha modasi ozmuncha ta’sir ko‘rsatmadi, unda 
barcha zamonlar va xalqlarning uslub va yo‘nalishlari qorishib 
ketgan. Bu mamlakatda an’anaviylik va zamonaviylik, 
masalan, kimono va qo‘l telefonlari bir-biriga uzviy birikib 
ketadi.

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish