Kostum va moda tarixi



Download 12,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/159
Sana31.12.2021
Hajmi12,37 Mb.
#219288
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   159
Bog'liq
kostum va moda tarixi (1)

Parij – yangi nomlar. Fransiyada Iv Sen-Loran va Pyer 
Karden ijod qilgan. Pyer Karden kiyimning «pret-a-kutyur» 


105
degan yangi tizimini yo‘lga qo‘ygan, ya’ni u oliy moda va 
tayyor ko‘ylak o‘rtasida bo‘lgan. O‘sha vaqtning o‘zida faqat 
pret-a-porte yo‘li uchungina ishlagan yosh modelchilar kuch 
to‘play boshlagan edilar, birinchi galda trikotaj qirolichasi 
unvoni olgan Sonya Rikel tilga olinadi. 1962-yilda u o‘zining 
birinchi sviterini tikdi, birinchi do‘konni esa 1968-yilda, 
talabalar g‘alayoni avj olganda ochdi. 1960-yillar o‘rtasidan 
trikotaj uning diqqat markazida bo‘ldi: ochiq rang, to‘qilgan, 
hajmdor yoki chiziqli gullari bor koftalar, shimlar, korjomalar 
va shularga yarasha aksessuarlar – beretlar, qo‘lqoplar, 
paypoqlar. 1970-yillarda Sonya Rikel bo‘yoqlar va ranglarning 
nozik o‘yinini hayotga qaytardi, yo‘l-yo‘l chiziqlar esa uning 
firma belgisi hisoblanadi. 1973-yilda Sonya Rikelni pret-a-porte 
Sindikatining vitse-prezidenti qilib sayladilar, bu lavozimda u 
20 yil ishladi.
1963-yildan Parijda nemislardan kelib chiqqan Karl 
Lagerfeld ishlaydi, u Balmen va Jan Patuda o‘qigandan keyin 
luks toifasidagi pret-a-porte kiyimini yaratadigan Xloe Uyining 
yetakchi modelchisi bo‘ladi. Lagerfeld liboslarida moda, hunar 
va san’at tarixi bitta bo‘lib keladi, bundan usta har doim ilhom 
qidirib keldi. 
Parijda boshqa mamlakatlarning modelchilari ham o‘z 
jamoalarini taqdim etganlar. Xanae Mori, Kendzo Takada, Issey 
Miyake kabi yapon dizaynerlari ishlari ko‘proq ajralib turar 
edi, ular jahon modasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatganlar (xususan, 
etnik mavzularga qiziqish jarayonida).
Garchi 1960-yillardan dizaynerlar futuristlar modasi 
g‘oyasini (ya’ni, kelajak modasi g‘oyasi) ishlab chiqsalar-
da, ayni vaqtda yangi shakllar qidirib topishda ular turli 
xalqlar an’anaviy madaniyatlariga ham murojaat qilganlar. 
1970-yillar o‘rtasida o‘ziga dunyodagi bor rang-baranglikni 
singdirpib olgan etnik uslub yana ommabop bo‘lib qoldi. 
Uning  asosida  badiiy  jihatdan  qayta  fikrlangan  hippi  uslubi 


106
ommaviylashdi: keng yubkalar, yengil matodan tikilgan 
bluzkalar, ko‘ylak yoki yorqin mato rangiga monand juda 
uzun sharflar.
Etnik uslub o‘z rivojida bir qancha to‘lqinlarni boshdan 
o‘tkazdi. 1966–1968-yillarda birinchi to‘lqin yurib o‘tdi – bu 
hind to‘lqini edi: modada Neru uslubidagi nimchalar bor edi. 
1972-yilda Amerika prezidenti Nikson Xitoyga borgandan keyin 
xitoy mavzusiga – shadorliklarga navbat keldi. 1976-yilda rus 
mavzusi keldi (masalan, Iv Sen-Loran jamlamasidagi kuz – 
qish 1970–1977-yillar), 1977-yilda Tutanxamon maqbarasi 
xazinasi ko‘rgaz masidan keyin misr mavzusi paydo bo‘ldi, 
1980-yilda esa dunyoda Yaponiyaga qiziqish kuchaydi.

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish