Buyuk Britaniya – eklektika. Sanoat korxonasi tobora
murakkablashib boraverdi, tobora ko‘proq ishlar mashina
qo‘liga o‘tib qoldi. Birmuncha muddat dizaynerlar yana o‘tgan
asrlarning tikuvchilik san’atiga qaytish zaruratini his etib
qoldilar. Ayrimlar, hatto o‘z jamoalari uchun o‘z qo‘llari bilan
to‘qish va bo‘yashga kirishib ketdilar.
Shuni aytish joizki, Buyuk Britaniyada yagona, sinovdan
o‘tgan yo‘nalish yo‘q edi – ko‘proq fantaziyali-romantik
kayfiyat hukmron edi. Ammo 1970-yillar oxirida hech bir
moda bilan murosa qilolmaydigan, har qanday qoidaga qarshi
isyon ko‘targan dastlabki yosh anarxiyachilar paydo bo‘ldi.
Londonda panklar ko‘zga tashlanib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |