Kostum va moda tarixi



Download 12,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/159
Sana31.12.2021
Hajmi12,37 Mb.
#219288
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   159
Bog'liq
kostum va moda tarixi (1)

Italiya – yumshoq glamur. 1970-yillar o‘rtalarida Parij 
modasiga Italiya modasi qarshilik qildi. Mamlakat o‘z 
ichkarisida Rim, Florensiya va Milan moda poytaxti unvonini 
talashar edi. Bu musobaqada Milan yengib chiqdi. Tarixiy 
jihatdan Italiyada to‘qimachilik industriyasi juda rivojlangani 
tufayli uning manufakturalarida luks toifali matolarning katta 
qismi ishlab chiqarilardi. 1970-yillarda Valentino Uyi va Mila 
Uyi keng shuhrat topdi. Keyinroq ularga Jorjio Armani va 
Janni Versache kelib qo‘shildi, ular endi 1980-yillarning buyuk 
modelchilari edi.
Italyancha uslub yorqinligi, beozor dabdabaliligi va 
hayotbaxshligi bilan ajralib turadi, bu sifatlar orastalik va 
me’yor tuyg‘usi bilan qo‘shilib ketardi. Masalan, 1971-yilda 
maksi kiyimlari o‘rniga mini kelganida, Valentino (to‘liq ismi 
sharifi  –  Valentino  Klemente  Lyudoviko  Garavani)  tagidan 
mini short kiyiladigan qirqimi baland uzun yubkani taklif etdi.
Italiya modasida ba’zan mato asosiy rol o‘naydi. Buni, 
jumladan, matoda murakkab naqshli rasmlari bilan shuhrat 
topgan Missoni Uyi (1953-yilda ochilgan) haqida ham gapirish 
mumkin. Missoni rang-barang ilonizi kashtali yangi to‘quv 
texnologiyasini o‘ylab topdi. Buning uchun u 1973-yilda 


107
Neyman Markus – obro‘li mukofotlardan birini qo‘lga kiritdi. 
Bu oilaviy Uyning (ko‘pchilik Italiya moda kompaniyalari 
kabi) o‘ziga xos xususiyati shakl va bichiq emasdi, balki 
kamalakning yetti rangida tovlanuvchi mato edi. Matoga xos 
qulaylik va yorqin bo‘yoqlar Missoni kiyimlarini 1970-yillarda 
juda mashhur qilib yubordi.
Orastalik har doim Italiya modasining asosiy xususiyati 
bo‘lib kelgan. Valentinoning dunyoni zabt etgan yumshoq 
glamuri (fp. glamour dan – «bashang», «zebo», «sehr») 
ushbu uslubning mukammal tajassumi bo‘ldi. Valentino pret-
a-portening erkaklar va ayollar yo‘lini izga solib yubordi. 
Chiziqlarning mayinligi, ajoyib bichim va mumtoz ranglardagi 
(qora, qizil, oq) ajoyib matolar hammani maftun qilar edi.

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish