Kostum va moda tarixi



Download 12,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/159
Sana31.12.2021
Hajmi12,37 Mb.
#219288
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   159
Bog'liq
kostum va moda tarixi (1)

Ayollar libosi. XV asr florensiyalik ayollar 
libosi yumshoq, tabiiy qomat chizgilarini 
ko‘rsatib turuvchi, tabiiy proporsiyalar yoki bel 
chizig‘i old tomondan biroz ko‘tarilgan, beldan 
bo‘ksaga – pastga qarab yengil kengayib 
borgan voronka formasidagi yubka va h.k. 
ko‘rinishda bo‘lgan. Kottning bichimi, odatda, 
beldan ajratilib, ko‘krakda yopishib turuvchi, 
keng va katta burmali yubkadan iborat. Lif 
old tomondan kvadrat, orqadan uzaytirilgan 
dekolteli. Yenglar xuddi erkaklarniki singari 
ko‘ylakka turli uslubda biriktirilgan (33-rasm, Bottichelli, 
«Ayol portreti»). 
Ayollar ust kiyimi – simara uch qismdan: uzay tirilgan 
keng yeng, bo‘yin o‘mizida taxlamalar bilan boyitilgan orqa 
qism va biroz kaltaroq old qismlardan iborat. Simaraning yon 
choklari tikilmas, faqat old tomondan belda belbog‘ bilan 
mahkamlanardi. 
Ayollar duxobadan tikilgan ko‘ylak kiyi shardi. Bel chizig‘i 
ko‘krakdan  biroz  pastroqda  bo‘lib,  yubkalari  uzun  shleyfli 
bo‘lgan. Lifning yoqa o‘mizi old tomondan – to‘rtburchak 
shaklda, orqa tomondan esa uchburchak shaklda bo‘lgan. 
Ko‘pincha,  ustki  ko‘ylak  lifining  oldi  qirqilib,  shnu rovka 
qilingan. Yenglari esa xuddi erkaklar libosi kabi turli usullarda 
kiyimga ulanar edi. Duxoba yoki parchadan burmalanadigan 
og‘ir yubkalar paydo bo‘ldi. 
Venetsiyalik ayolning hashamatli tasviriy yechimini juda 
baland (55 sm gacha bo‘lgan) yog‘och poshnali jimjimador 
poyabzal to‘ldirgan. Yog‘och poshnali poyabzalning ust qismi 
saxtiyon terisi (safyan), shoyi yoki bezaklangan duxobadan 
tayyorlangan. Italiyalik ayollar bosh kiyimi – chepeslar, yengil 


70
shlyapalar, sallalar (tyurban). Soch turmaklari – tekis, past 
bo‘lib, ular marvarid va durlar, vuallar, lentalar, gullar bilan 
bezatilgan.
Yoqalar, qo‘lqoplar, belbog‘lar, paypoqlarni bezashda 
to‘rlardan foydalanilgan. Kiyimlarda yangi ko‘rinishdagi 
qo‘shimcha predmetlar – lentalar, shokilalar, turli xildagi 
bezaklar bilan bezalgan mo‘ynadan qilingan shoyi mufta paydo 
bo‘la boshladi. 

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish