Kostum va moda tarixi


VI BO‘LIM. UYG‘ONISH DAVRI KOSTUMI TARIXI



Download 12,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/159
Sana31.12.2021
Hajmi12,37 Mb.
#219288
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   159
Bog'liq
kostum va moda tarixi (1)

VI BO‘LIM. UYG‘ONISH DAVRI KOSTUMI TARIXI
6.1. UYG‘ONISH DAVRI ITALIYA KOSTUMI TARIXI
V–XVI asrlarda o‘z taraqqiyotini boshidan kechirgan bu 
yangi madaniyat tarixda «renessans» (uyg‘onish) deb nom 
oldi. Uyg‘onish  davri madaniyati va san’ati o‘z xususiyati 
va mohiyatini Italiyada to‘liq namoyon etib, qator taraqqiyot 
bosqichlarini  boshidan kechirdi.  Bular,  asosan, quyidagilardan 
iborat:
1. Uyg‘onish  arafasi davri – protorenessans (XIII–XIV 
asrlar).
2. Ilk Uyg‘onish davri – kvatrachento (XV asr).
3. Yuqori Uyg‘onish  davri (XV asrning 90-yillari – XVI 
asrning 20–30-yillari).
4. So‘nggi Uyg‘onish  davri (XVI asrning ikkinchi yarmi). 
(So‘nggi Uyg‘onish  davrida gumanistik san’at bilan birga 
tushkun manerizm oqimi ham mavjud bo‘ldi).
Protorenessans. Uyg‘onish  davri san’atkorlari uchun 
inson va uni o‘rab olgan muhitning cheksiz imkoniyatlari va 
qizg‘in  ehtiroslarini  atroflicha  aks  ettirish  muhim  o‘rin  tutadi. 
Tasviriy san’atda bu xususiyat dastlab haykaltaroshlikda 
N. Pizano, rassomlikda Chimabue, (1240 50–1302), Duchcho 
di Buoninsenya (1255–1319) lar ijodida ko‘rina boshladi.
Protorenessans rangtasvir san’ati Chimabue nomi 
bilan mashhur Chenni di Peppo ijodida ko‘rina boshladi. 
Chimabuening asarlari bizgacha kam yetib kelgan. Lekin 
ular rassom ijodidagi novatorlikni ko‘ra olish imkoniyatini 
beradi. «Butga mixlangan» (1280-yil), «Madonna chaqaloq va 
farishtalar bilan» (1280–1285-yillar) kabi kompozitsiyalarida 
harakat, hayajonni tabiiy aks ettirishga, obrazlarni bir-biri 
bilan ruhiy bog‘lashga harakat qilganligi sezilib turadi, 
kompozitsiyada fazoviylik elementlari ko‘rinadi. Chimabuening 


65
shogirdi Jotto di Bondone (1266-67–1337) hisoblanadi. 
Shakllanib kelayotgan yangi ziyolilarning tipik vakili, realistik 
san’atining asoschilaridan biri, rassom, haykaltarosh, memor 
Jotto o‘zidan avvalgi va o‘zi yashagan davrdagi realistik san’at 
borasida erishilgan yutuqlarni chuqur o‘zlashtirgan holda, uni 
yangi pog‘onaga ko‘tardi. Haykaltaroshlikda Nikkola Pizano, 
Jovanni Pizano, Arnolfo di Kambio ijodi alohida ajralib turadi.  

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish