Kostum kompozitsiyasi – shu kostumni tashkil etuvchi
elementlarning ma’lum g‘oyani, badiiy obrazni aks ettiruvchi
yaxlitlikka biriktirish.
Kotardi – old tomonidan tugmalanadigan va bo‘ksada
bezakli belbog‘ bilan qadaladigan, bo‘ksa uzunligidagi kech
o‘rta asrlar davri erkaklar tor kiyimi. Kotardining yengi
turlicha – tor ham emas, keng ham emas, qanot shaklida va
bezakdor bo‘lgan. Yuqori qismi tor, yenglar pastki tomoni
kengayib, tishchalar yoki kengligi 10 sm, uzunligi 1,5 metrga
boradigan mato bo‘laklari bilan bezaklangan.
Kuloh – to‘rt bo‘lak uchburchak matodan, gardishsiz
tikilgan tojik erkaklari kiyadigan uchli qalpoq.
Kundik – keksa ayollar va qariyalarning salla sifatidagi
boy kiyimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |