Ishlab chiqarish zahiralarini normalashtirish, korxonaning uzluksiz faoliyat
yuritishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish zahiralari joriy,
sug‘urta (kafolatli), tayyorlov (texnologik) va mavsumiy turlarga bo‘linadi.
Joriy zahira bu, materiallar etkazib berish oralig‘ida ishlab chiqarishni moddiy
resurslar bilan ta’minlash uchun zarur bo‘lgan zahiradir. Joriy zahiralar material etkazib
berish davri, oralig‘i hamda xom ashyo va boshqa materiallarning sutkalik sarflanishiga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi.
Shu tariqa joriy zahiralar hajmi ko‘p jihatdan etkazib berish oralig‘iga bog‘liq
bo‘ladi: oraliq qanchalik kichik bo‘lsa, zahira shunchalik kam bo‘ladi. Bundan kelib
chiqqan holda joriy zahira miqdorini quyidagi formula asosida topish mumkin:
Zmax = Mo‘r x Tt.s
Bu erda:
Mo‘r – ushbu materialdan o‘rtacha sutkalik foydalanish miqdori (T., dona);
Tt.s – etkazib berish oralig‘i yoki ta’minot sikli, kunlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |