Aylanma mablag‘larni normalashtirish korxonaning uzluksiz ishlashi
ta’minlaydigan moddiy boylik va boshqa resurslarning minimal, lekin etarli zahiralarini
shakllantirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larini aniqlashda ifodalanadi. U ichki
zahiralarni aniqlash, ishlab chiqarish sikli davomiyligini qisqartirish va tayyor mahsulotni
tezroq sotish imkon yaratadi.
Biroq amaliyotda korxonalarning barcha aylanma mablag‘lari ham
normalashtirilmaydi. Shu sababli aylanma mablag‘lar normalashtiriluvchi va
normalashtirilmaydigan turlarga taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |