Korxonani bankrot deb topish va uning huquqiy asoslari


-rasm Korxonalar faoliyatining tugatilishiga ta’sir ko’rsatuvchi sub’ektiv omillar.8



Download 316,72 Kb.
bet7/15
Sana22.05.2021
Hajmi316,72 Kb.
#65266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Bankrotlik

1-rasm Korxonalar faoliyatining tugatilishiga ta’sir ko’rsatuvchi sub’ektiv omillar.8

Boshqa xo’jalik jamiyatiga qo’shilish yoki birlashib ketish. O’zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi Qonunining 10-bandida «korxonalar o’z huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish maqsadida ixtiyoriy ravishda birlashishlari mumkin»9 deb belgilab berilgan. Shunday qilib, korxonalarning faoliyatini tugatish jarayoni – ma’lum darajada tabiiy jarayon hisoblanadi. Chunki kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o’ta harakatchan, juda tez o’zgara oladi. Masalan, faoliyati tugab borayotgan ikki korxona bitta korxonaga hech qanday muammolarsiz qo’shila oladi.

Korxonaning tashkil qilingan muddatining tugashi. Ba’zi bir korxonalar (xo’jalik birlashmalari, uyushmalar) ma’lum muddatga tuzilgan bo’lib, bu muddat ularning nizomi yoki ta’sis shartnomasida belgilab qo’yiladi. Odatda bu muddat korxonani tashkil etilishidan ko’zlangan maqsadga erishish, ma’lum vazifa va majburiyatlarning bajarilishidan kelib chiqadi. Belgilangan muddatning tugashi, korxona o’z maqsadiga erishigan bo’lishi yoki bo’lmasligidan qat’iy nazar, korxonaning o’z faoliyatini to’xtatishini taqozo etadi. Bunday muddatning tugashidan keyingi korxonaning faoliyati noqonuniy hisoblanadi va ma’lum choralar ko’rilishi xavfini tug’diradi.

Sud tomonidan korxonaning ro’yxatga olinishini asossiz deb topilishi. Tadbirkorlik faoliyatini keng miqyosda yuritish uchun korxona tuzish taqozo etilib, bu jarayon ma’lum tartib-qoidalarga bo’ysunadi. Korxona hujjatlarining tegishli talablarga javob berishini ta’minlash tadbirkor zimmasida bo’ladi. Biroq, amaliyotda ko’pincha korxonani tashkil etishda qator kamchiliklarga yo’l qo’yish hollari uchrab turadi.

Faoliyatning zarur ruxsatsiz (litsenziyasiz) olib borilishi. Tadbirkorlik faoliyatini yuritishda e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan muhim jihatlardan biri – bu maxsus ruxsat talab etiluvchi faoliyat turlari uchun litsenziyalar (ruxsatnomalar) olinishini ta’minlashdir. Bunday munosabatlar 2000 yil 25 mayda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida»gi qonuni bilan tartibga solinadi. Unga ko’ra, faoliyatning litsenziyalanadigan turlari jumlasiga amalga oshirilishi fuqarolarning huquqlari va qonuni manfaatlariga, sog’lig’iga, jamoat xavfsizligiga zarar etkazishi mumkin bo’lgan faoliyat turlari kiradi. Litsenziyalar talab qilinuvchi faoliyat turlarining ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2007 yil 12 maydagi qarori bilan belgilab berilgan. Litsenziyalarni berish vakolatiga ega bo’lgan davlat boshqaruv organlarining ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 21 yanvardagi «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmonining 1-ilovasida quyidagi tarkibda berilgan:


  • Vazirlar Mahkamasi;

  • Adliya vazirligi;

  • Moliya vazirligi;

  • Markaziy bank;

  • Ichki ishlar vazirligi;

  • Sog’liqni saqlash vazirligi;

  • Xalq ta’limi vazirligi.10

Tadbirkor shug’ullanayotgan faoliyat turi maxsus litsenziyani taqozo etgani holda, mazkur faoliyat bilan litsenziyasiz shug’ullanish agar xavfli retsidivist tomonidan yoki bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirilib sodir etilgan bo’lsa, eng kam oylik ish haqining etmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki mol-mulk musodara qilinib yoki musodara qilinmay olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.11

Qonun tomonidan taqiqlangan faoliyatning yuritilishi. Ma’lumki, har bir huquqiy davlat o’z fuqarolarining xavfsizligini, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va farovon turmush uchun shart-sharoitlarni ta’minlashni o’z zimmasiga oladi. Shu nuqtai-nazardan ba’zi bir faoliyat turlari bilan erkin shug’ullanish davlat tomonidan taqiqlanadi, masalan, portlovchi moddalar, likeraroq mahsulotlari, giyohvand moddalarning ishlab chiqarilishi, tovarlarning alohida turlari bilan savdo qilish va boshqalar. Chunki, faoliyatning bunday turlari bilan erkin shug’ullanishga ruxsat berilishi juda katta ijtimoiy xavfni keltirib chiqarishi mumkin. Aynan shunday taqiqning mavjudligi bu faoliyat turlarining serdaromad sohaga aylanishiga olib keladi.

Qonun yoki boshqa huquqiy qoidalarning bir necha marta yoki qo’pol ravishda buzilishi. Qonunlar – jamiyat barqarorligi va taraqqiyoti garovi hisoblanadi va ular o’zining aniq bajarilishi bilangina samaralidir. Biroq, tadbirkorlik faoliyatida ham ko’plab hollarda qonunbuzarliklar uchrab turadi. Ro’y berish holatiga ko’ra qonunbuzarlik ataylabdan (ixtiyoriy ravishda) hamda bilmasdan (noixtiyoriy ravishda) sodir etilgan bo’lishi mumkin. Xuddi shunday holatlarni e’tiborga olgan holda, g’ayriixtiyoriy ravishda qilingan yoki dastlabki holda uncha jiddiy bo’lmagan qonunbuzarliklar inobatga olinmasligi yoki engil jazo turini qo’llash bilan cheklanishi mumkin. Agar tadbirkor tomonidan shunday qonunbuzarliklar ataylabdan bir necha marta takrorlansa yoki qo’pol tarzda sodir etilsa, bunday hatti-harakat darhol tadbirkorlik faoliyatining to’xtatilishiga va tegishli choralar ko’rilishiga olib kelishi mumkin.

Korxonaning iqtisodiy nochorlik (bankrotlik) holatiga tushishi. O’zbekiston Respublikasining «Bankrotlik to’g’risida»gi Qonuniga ko’ra, korxonaning nochorligi (bankrotligi) deganda kreditorlarning tovar(ish, xizmat)lar haqini to’lash bo’yicha talablarini qondirish, shuningdek, byudjet va nobyudjet fondlariga majburiy to’lovlarni ta’minlashdagi layoqatsizlik tushuniladi.

Faoliyat foydaliligi darajasining pastligi. Odatda korxonalarda qisqa muddatda olinuvchi foydani ko’zlab ish yuritiladi. Sarmoya va moliyaviy resurslarning cheklanganligi bu mablag’larning qisqa muddatlarda aylanib, faoliyatni kengaytirish uchun etarli bo’lgan foyda miqdorining qo’lga kiritilishini taqozo etadi. Biroq, keskin raqobat sharoitida bunday talabga javob berish aksariyat kichik korxonalar imkoniyatidan tashqarida bo’ladi. Shunga ko’ra, o’z faoliyatining dastlabki yillaridayoq etarli foyda darajasini ta’minlay olmagan korxonalar uni to’xtatishga majbur bo’ladilar.

Yuqoridagi fikr-mulohazalar shuni ko’rsatadiki, kichik tadbirkorlik sub’ektlarining o’z faoliyatini to’xtatishi turli sharoitlarda bir qator omillar ta’siri ostida ro’y beradi. Bu omillarni har birining iqtisodiy tabiati, ro’y berish xususiyatlari va ta’sir darajalarining chuqur va har tomonlama o’rganilishi o’z navbatida mamlakatdagi tadbirkorlik faoliyati barqarorlik darajasini oshirish, har bir alohida holatda mazkur omillarning ta’sirini kamaytirish yoki umuman bartaraf etish mexanizmini ishlab chiqish imkonini beradi.



Download 316,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish