Korxonani bankrot deb topish va uning huquqiy asoslari


Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarni bankrotlikdan chiqarish chora-tadbirlari



Download 316,72 Kb.
bet2/15
Sana22.05.2021
Hajmi316,72 Kb.
#65266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Bankrotlik

2.2. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarni bankrotlikdan chiqarish chora-tadbirlari

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

Kirish

Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar bugungi kunda o’zining natijalarini namoyon etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, aholi daromadlarining o’sishini ta’minlash, samarali tashqi savdo hamda investitsiya jarayonlarini kuchaytirish, qishloq xo’jaligini isloh qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror rivojlantirish, bank-moliya tizimi faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar qo’lga kiritildi. O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqei sezilarli darajada va muntazam oshib bormoqda. O’zbekistonda ijtimoiy yo’naltirilgan, bozor munosabatlariga asoslangan barqaror iqtisodiyotni shakllantirishning muhim yo’nalishlardan biri bu moliyaviy xo’jalik foliyatini yuritayotgan korxonanalar holatini yaxshilash, bankrot bo’lish jarayonini oldini olish hisoblanadi. Zero, jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasining ko’rsatishicha, mazkur soha o’zining iqtisodiyotga harakatchanlik baxsh etish, ko’plab ijtimoiy masalalarni hal etish, jumladan ishsizlik darajasini pasaytirish, iqtisodiy o’sish uchun asos yaratish kabi muhim vazifalari bilan ahamiyatlidir. Mamlakatimizda ishlab chikarishni modernizatsiya kilish, texnik yangilash va diversifikatsiya kilish, inovatsion texnologiyalarni keng joriy etish ishlari keng ko’lamda amalga oshirilmokda. Shu asnoda, mazkur sub’ektlar moliyaviy munosabatlarini bozor talablariga javob beradigan darajada takomillashtirish, mahsulot ishlab chikarish tannarxini samarali kamaytirish orqali eksport salohiyati yuksaltirish korxonalarni kelgusida muvofaqiyatli rivojlanishini ta’minlaydi.

2012-yilda soliq yukini kamaytirish siyosati davom ettirildi. Kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona soliq to’lovi stavkalari 6 foizdan 5 foizga tushirilgani, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan soliq stavkasi esa sezilarli tarzda, ya’ni o’rtacha ikki barobar kamaytirilgani buni yaqqol tasdiqlaydi1.

2011-yilda banklarga berilgan 164 ta bankrot korxonadan 156 tasida ishlab chiqarish faoliyati to’liq tiklandi, 110 ta korxona yangi investorlarga sotildi. Bunday korxonalarni texnik qayta jihozlash va modernizatsiya qilish ishlariga tijorat banklari tomonidan 275 milliard so’m miqdorida investitsiya kiritildi, natijada 22 mingdan ziyod ish o’rni yaratildi2.

2010-yilda tijorat banklari balansiga berilgan 147 ta bankrot korxonaning 140 tasida ishlab chiqarish qayta tiklangani, ularning 64 tasi yangi investorlarga sotilgani bu fikrning yorqin dalilidir. Qayd etish kerakki, banklar tomonidan bu korxonalarni modernizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlash uchun 156 milliard so’m miqdorida investitsiya yo’naltirildi, 21 mingdan ko’proq ish o’rni tashkil qilindi3.

Tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ta’minlaydigan iqtisodiyotning qishloq xo’jaligi, mashinasozlik, neft-gaz tarmoqlari, bank tizimi kabi ustuvor sohalarining rivojlanishi pirovard natijada mamlakatimizda qulay biznes muhitini yuzaga keltiradi. Tadbirkorlik sub’ektlarini shu tariqa qo’llabquvvatlash aholi turmush darajasining yanada oshishiga, yangi ish o’rinlari tashkil etilishiga va fuqarolar daromadlarining ko’payishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Respublikada bozor iqtisodiyotiga o’tishning hozirgi pallasida xo’jalik sub’ektlarining barqaror va samarali faoliyat ko’rsatishi uchun yetarli shartsharoitlar vujudga keltirilmoqda. Shu bilan birga, samarali faoliyat yuritishni ta’minlashning sanatsiyalash va bankrotlik kabi turli iqtisodiy mexanizmlari takomillashtirilmoqda. Ayniqsa, 2009 yil 24 apreldan amalga kiritilgan yangi tahrirdagi «Bankrotlik to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida yakka tartibdagi tadbirkorning bankrotligi, bankrotlikning soddalashtirilgan taomillari kabi qoidalarning qo’llanilishi bu boradagi munosabatlarning yanada takomillashuviga olib keldi.

O’zbekistonda korxonalarning samarali faoliyati uchun zarur shartsharoitlar tobora to’laroq ta’minlab borilishiga qaramay, hamon ularning tashkil etilishi, faoliyat ko’rsatishi va ishlab chiqarish natijalarida ma’lum muammolar uchramoqda. Shunga ko’ra, bugungi kunda korxonalar faoliyatining barqarorligiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni, ularning kelib chiqish va namoyon bo’lish xususiyatlarini o’rganish, bu boradagi turli xil muammo va to’siqlarni bartaraf etish mexanizmlarini ishlab chiqish va takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.




Download 316,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish