I BOB XO’JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLAR BANKROTLIGINI
OLDINI OLISH VA UNI MOLIYAVIY
SOG’LOMLASHTIRISHNING TASHKILIY-HUQUQIY
ASOSLARI
1.1 Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bankrotligi tushunchasining mohiyati va uning xuquqiy asoslari
Korxonalar iqtisodiyotida bozor munosabatlari rivojlanib borishi nafaqat ishlab chiqarish va ularga xizmat ko’rsatish tarmoqlarida, balki ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish tarmoqlarida ham tub islohotlarni amalga oshirishni, ushbu tarmoqlar faoliyati mutanosibligini va bozor talablari doirasida tashkil etilishini taqozo etmoqda.
Yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va tadbirkorlar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham o’z o’rnini egallamoqda. Ammo iste’molchi talabini o’rganmasdan mahsulot ishlab chiqarish oxir-oqibatda korxonaning iqtisodiy ahvoli yomonlashuviga olib keladi. Ishlab chiqarish salohiyati yuqori bo’la turib, ishni talab darajasida yo’lga qo’ya olmayotgan bunday korxonalarni qayta tiklash, rivojlantirish mumkin.
Bankrotlik so’zi italyancha “banco rotto” degan so’zdan olingan bo’lib, kursining (o’rindiqning) sinishi deb tarjima qilinsada, aslida qarzdorning nochor ahvolga tushib sinishi, barbod bo’lishi degan ma’noni anglatadi.
Bankrotlikka olib keluvchi ba’zi omillar korxonaga nisbatan tashqi omil bo’lsa, ba’zilari ichki omil bo’ladi, masalan, korxonaning bankrotlikka uchrashining sababi tashqi omillar ta’sirini korxona rahbarining o’z manfaatlari doirasida o’zgartirishi, unga ta’sir etishi mumkin emas. Ichki omillar esa bevosita korxona faoliyati bilan bog’liq bo’lib hisoblanadi. Shuningdek, bankrotlik sabablarini ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ham ajratish mumkin.
Korxona bankrotlik holatiga kelishining asosiy sabablari -rahbariyatning ishlab chiqarishdagi mas’uliyatsizligi hamda uzoq vaqt mobaynida faoliyat ko’rsatmaganligi, kreditorlik qarzlarini ya’ni byudjetdan bo’lgan qarzlarni muddatida to’lamaganligi uchun katta miqdorda jarima hisoblanishidadir.
To’lovga qodir bo’lmagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bankrotlik mexanizmini shakllantirish O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlanishining muxim shartlaridan biri xisoblanadi. Ushbu mexanizm yordamida samarasiz bo`lgan mulkdorlarni almashtirish, korxonalarni tugatish, ijtimoiy muxim axamiyat kasb etadigan va daromad keltiradigan korxonalarni saklab kolish, mulkchilik munosabatlarining barqarorligini ta’minlash xamda ish bilan bandlikni kafolatlash maksadi nazarda tutilgan.
Bankrotlik instituti quyidagi usullar bilan iqtisodiyotga ta’sir kilishi va sog’lomlashtirishi mumkin:
To’lovga qodir bulmagan qarzdorlarni tijorat faoliyatini tugatish;
Iqtisodiy nochor axvolga tushib qolgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga uz faoliyatini kayta tashkil kilish va to’lov qobiliyatini tiklashga imkoniyat berish orqali;
Bankrotlik instituti O’zzbekiston qonunchilik tizimida uzining huquqiy asosiga 1994 yil 5 mayda qabul qilingan «Bankrotlik to’grisida»gi Qonun orqali ega buldi. Bu qonun katta xajmga ega bulmay 35 moddadan iborat bulib, bankrotlik xolatida vujudga keladigan barcha muammolarni tartibga solmas edi. Qonun qabul qilingandan sung birinchi yili amalda deyarli ishlamadi, usha yili xo’jalik sudlariga karzdorni bankrot deb topish to’grisida faqatgina ikkita ish kelib tushdi.Respublikamiz Xukumati tomonidan 1995 yil 17 iyulda «Bankrotlik to’grisida»gi Qonunni amalga kiritish chora-tadbirlari to’grisida»gi qaror qabul qilindi va shunga muvofik zarar bilan ishlayotgan korxonalarning xo’jalikmoliyaviy faoliyatini kurib chikish buyicha Uukumat komissiyasi tuzildi. Buning samarasi ularok 1996 yil 1 yanvargacha xo’jalik sudi tomonidan 47 ta xo’jalik yurituvchi sub’ekt bankrot deb tan olindi.
Bankrotlik masalalari yuzasidan davlat nazorati va kontrolini ta’minlash maksadida 1996 yil 11 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Korxonalarning bankrotligi to’grisidagi qonunni amalda qullash choratadbirlari xakida» Farmoni e’lon qilindi va maxsus organ — iqtisodiy nochor korxonalar ishlari buyicha Kumita tuzildi. 1997 yil xo’jalik sudi tomonidan 137 ta xo’jalik yurituvchi sub’ekt bankrot deb topildi.
1998 yil 28 avgustga kelib «Bankrotlik to’grisida»gi Qonunga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi xamda yangi taxrirdagi «Bankrotlik to’grisida»gi Qonun e’lon qilindi. Eski taxrirdan farkli ravishda yangisi kuplab moddalar bilan boyitildi (eski taxrir 35-modda, yangi taxrir 133-modda), ayrim turdagi karzdorlarning bankrotlik to’grisidagi ishlarni kurishni to’liq tartibga soldi, yangi taomil — tashki boshqaruv kushildi va bu uz urnida kreditorlarning huquqlarini kengaytirdi. Eng muximi, yangi taxrirdagi qonunda bankrotlik alomatlari uzgartirildi: to’lovsizlik alomatidan to’lovga qodir bulmagan alomatiga utildi. Qonun yangi taxrira qabul qilingandan sung bankrotlik to’grisidagi ishlar dinamikasi kuyidagi kurinishda buldi: 1998 yil 439 ta, 2002 yil esa 1250 ta xo’jalik yurituvchi sub’ekt bankrot deb topildi. Bankrotlikka oid ishlarning kupayishi, doimiy sud amaliyoti taxliliga kura, tajribani oshiradi va shu bilan bir katorda bankrotlik munosabatlarini huquqiy tartibga solishdagi kamchiliklar xamda qonundagi bushliklar aniqlandi. Bankrotlik to’grisidagi qonunchilikda mavjud bo`lgan kamchiliklarni bartaraf etish maksadida ikkinchi taxrirdagi «Bankrotlik to’grisida»gi Qonunga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish extiyojini keltirib chikardi. 2003 yil 24 aprelda Uz.R «Bankrotlik to’grisida»gi Qonunga navbatdagi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilib, yangi (uchinchi) taxririda e’lon qilindi. Endilikdagi Qonun 192 moddadan iborat bulib, bankrotlik belgilari va taomillariga tegishli bo`lgan, to’lovga qodir bulmagan karzdorlarning to’lov qobiliyatini tiklashni maksad kilib kuygan kuplab yangi koidalarni uzida mujassamlashtirdi. Qonunga ikkita yangi bob kiritildi va ular yangi bankrotlik taomillarini uzida ifoda etdi: kuzatuv va sud sanatsiyasi. Barcha bankrotlik taomillari sud boshqaruvchilari tomonidan amalga oshiriladi. Sud boshqaruvchilari xo’jalik sudi tomonidan tayinlanadi va nazorat qilinadi. Qonunning yangi taxririda qabul qilinishi bankrotlik to’grisidagi qonunchilikning amalda kullanishini oshirdi. Bu turdagi ishlar tobora ko`paymoqda: 2004 yil 1742 ta; 2005 yil 3677 ta xo’jalik yurituvchi sub’ektlari bankrot deb topildi. Bankrotlik to’grisidagi ishlarni urganish shuni kursatadiki, korxona raxbarlari, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari xodimlari xamda sud boshqaruvchilari bankrotlikning muxim belgilari va tushunchalari xakidagi, sud boshqaruvchilari huquqiy makomi, taomillar va ayrim turdagi karzdorlarning bankrotligi to’grisidagi bilim darajalari va tajribalarining so’ib borishi ijobiy natijadir.
O’zbekistonda korxonalar bankrotligi (iqtisodiy nochorligi) bilan bog’lik masalalarning huquqiy asoslari yaratildi va ushbu jarayon bir nechta qonun va qarorlar bilan tartibga solinadi.
Bu jarayonlar asosan:
O’zbekiston Respublikasi "Bankrotlik to’g’risida"gi, "Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g’risida"gi, "Tabiiy monopoliyalar to’g’risida"gi qonunlari;
2004 yilning 18 aprelidagi 188-sonli “Amalga oshirilayotgan iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o’zgartirish (restrukturizatsiyalash) va moliyaviy sog’lomlashtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yilning 8 oktyabridagi 347-sonli “Iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish va ularning tarkibini o’zgartirishga (restrukturizatsiyalashga) doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi, , 2004 yilning 30 iyunidagi 294-sonli “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo’yicha Hukumat komissiyasi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash xaqida”gi, 2004 yilning 16 sentyabridagi 401-sonli “Foydalanilmayotgan asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan ob’ektlarni konservatsiya qilish tartibi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash to’g’risidagi”gi, 2004 yilning 26 sentyabridagi 368-sonli “Davlat mulki ayrim ob’ektlarini investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berishni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi, 2006 yilning 18 fevralidagi 77-sonli “O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo’mitasining Nizomi va tuzilmasini tasdiqlash to’g’risida”gi, 2006 yilning 23 martidagi 138-sonli “Iqtisodiy nochor korxonalarning sud boshqaruvchilari faoliyatini tarkiblash chora-tadbirlari to’g’risida”gi, 2006 yilning 5 mayidagi 209-sonli “Past rentabelli, zarar ko’rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va ob’ektlarini xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi, NIZOM
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yilning 2 mayidagi PQ-66 “O’zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash Davlat Qo’mitasi faoliyatini tashkil qilish to’g’risida” gi qarorlar,;
2005 yilning 14 aprelida Adliya Vazirligida ro’yxatdan o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo’mitasi “Korxonlarning moliyaviy – iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlil qilish mezonlarini aniqlash tartibi to’g’risida”gi 1469-son
Nizomi, «Iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiyalash to’grisida»gi, «Investorlarga bepul berilgan past rentabelli, zarar ko’rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarining byudjetga va byudjetdan tashkari fondlarga to’lovlar bo’yicha oldingi yillardagi to’lanishiga ishonch bo’lmagan karzlari, shu jumladan ular bo’yicha xisoblangan penya va jarimalar summalarini aniqlash va xisobdan chikarish tartibi to’grisida» gi Nizomi orqali tartibga solinadi.
Bu qonun va qarorlar ayrimlariga qisqacha to’xtalib, quyidagilarni izohlash mumkin:
O’zbekiston Respublikasi "Bankrotlik to’g’risida"gi qonuni 12 bobdan va 192 moddadan iborat bo’lib, korxonalarning iqtisodiy nochorlik alomatlari, sudgacha sanatsiya qilish, bankrotlik to’g’risidagi ishlarni xo’jalik sudida ko’rish, korxonaga kuzatuv joriy qilish, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv, tugatishga doir ish yuritish, kelishuv bitimi, qarzdor yuridik shaxslar ayrim toifalari bankrotligining o’ziga xos xususiyatlari, yakka tartibdagi tadbirkorning bankrotligi va bankrotlikning soddalashtirilgan taomillarini huquqiy asoslari belgilab berilgan.
O’zbekiston Respublikasida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bankrotligi soxasidagi munosabatlari ushbu Qonun asosida tartibga solinadi. Boshqa barcha bankrotlik soxasidagi qonun xujjatlari shu Qonun asosida ishlangandir.
Bankrotlik(iqtisodiy nochorlik) tushunchasiga Qonunda shunday ta’rif berilgan: «Bankrotlik(iqtisodiy nochorlik) – xo’jalik sudi tomonidan e’tirof etilgan, karzdorning pul majburiyatlari buyicha kreditorlar talablarini tula xajmda kondirishga va (yoki) majburiy to’lovlar buyicha uz majburiyatlarini tula xajmda bajarishga qodir emasligi». Shunga asosan faqatgina xo’jalik sudi korxonani bankrot deb e’lon kilish huquqiga ega.
Bankrotlik to’grisidagi ish bankrotlik alomatlari mavjud bo`lgan taqdirda, agar qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar eng kam ish xaki mikdorining kamida 500 karrasini (4700000 sum) tashkil etadigan bo’lsa, xo’jalik sudi tomonidan kuzgatilishi mumkin.
2006 yil 2 dekabrda «Bankrotlik to’grisida»gi qonunga o’zgartirish kiritish to’grisida»gi qonun Senat tomonidan tasdiklandi. Ushbu qonunning 110, 111, 133 va 135-moddalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan bo’lib, karzdorning mulkini ochik savdolarni ( auktsion, tanlov, tender ) chetlab utgan xolda sotilish xollariga barxam beradi.
Qonunning 110-moddasiga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar auktsion xamda tanlovlarning amalga oshirilishida bankrot korxonalarning molmulklari erkin pasaytirilishi imkonini beradi. Qonunning 133-moddasiga kiritilgan qo’shimchalar tugatilayotgan korxona ishchilarining va tugatuvchi boshqaruvchining ijtimoiy ximoya qilinishiga karatilgan bulib, bankrot korxonalarning mol-mulki garovga kuyilgan xollarda, uning narxi kreditorlik karzidan past bo`lganda tugatilish jarayonini tashkil kilish va utkazish uchun zarur mablag’larni ta’minlashga imkon yaratadi. 4
Bankrotlik karzdorning tijorat yoki boshqa faoliyatini tuxtashini belgilovni aniq bir chegaradir.5
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18-noyabrdagi PF-4053 sonli «Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi F-4010 sonli «Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish to’g’risidagi tartibni tasdiqlash to’g’risida»gi Farmoyishi bilan iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy qobiliyatini tiklash bo’yicha bir qator imtiyozlar (ko’maklar) berilgan. Jumladan, ushbu Farmoyishga ko’ra bankrot korxonalar negizida yangi tashkil etilgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar:
qo’shimcha qiymat solig’idan ozod qilindi;
uch yil davomida foyda solig’i, yagona soliq to’lovi, mulk solig’i va er solig’larini to’lashdan ozod qilindi;
boshqaruv kompaniyalarga berilganda foyda solig’i va yagona soliq to’lovidan ikki yil davomida ozod qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |