Bunda xo‘jalik sub’ektlari miqyosida moliyaviy strategiyani shakllantirish uchun
avvalo moliya strategiyasining iqtisodiy mohiyati, amal qilish lozim bo‘lgan
printsiplar, ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichlari hamda bu borada e’tibor
qaratish lozim bo‘lgan jihatlarni o‘rganib chiqishni shart qilib qo‘yadi. Shundan kelib
chiqqan holda, xo‘jalik sub’ektlari miqyosida moliya strategiyasini ishlab chiqish va
moliyaviy qarorlarni qabul qilishga to‘xtalib o‘tamiz.
Avvalo korporativ moliya strategiyasi mohiyatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu
borada izlanishlar olib borgan olimlardan Rossiyalik iqtisodchi olim I.A.Lisovskaya
“Kompaniya moliyaviy strategiyasini korxonalar moliyaviy rivojlanishiga salbiy ta’sir
etuvchi omillarni neytrallashtirish va korxonaning real
imkoniyatlarini boshqarib
borish vositasi sifatida izohlaydi” [3].
Yana bir iqtisodchi olim N.V.Bobkov tomonidan esa moliyaviy strategiya
tushunchasi kengaytirilgan ma’noda va qat’iy yo‘naltirilgan ma’noda ochib berilgan.
Ya’ni, bunda qat’iy yo‘naltirilgan moliyaviy strategiya oldinga qo‘yilgan moliyaviy
natijaga erishish uchun moliyaviy faoliyatni tashkil etishning aniq maqsad va vazifalari
tizimini o‘zida aks ettiradi. Moliyaviy strategiyaning kengaytirilgan ma’nosi esa
moliyaviy strategiyani bevosita boshqa funktsional strategiyalar (investitsion,
marketing, ishlab chiqarish va boshqalar) bilan o‘zaro bog‘liqlikda ekanligi bilan
izohlanadi [4]. Mazkur jihatlar korporativ moliya
strategiyasiga ham bevosita
daxldordir.
Shuningdek, iqtisodchi olim I.A.Blank tomonidan “Moliyaviy strategiya
korxonaning muhim funktsional strategiyalaridan biri bo‘lib, tashqi vositalar
o‘zgaruvchanligi sharoitida uzoq muddatli moliyaviy maqsadlarni shakllantirish, ular
muvaffaqiyatini ta’minlashning eng samarali yo‘llarini tanlash, moliyaviy resurslarni
shakllantirish va ulardan foydalanish yo‘nalishlarini korrektirovka qilish yo‘lida
moliyaviy faoliyat va moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishning
barcha asosiy
yo‘nalishlarini ta’minlashni o‘zida aks ettiradi” [5], deya izohlanadi.
Xo‘jalik sub’ektlari miqyosida korporativ moliyaviy strategiyani shakllantirish va
amalga oshirish ham mikrodarajada, ham makrodarajada iqtisodiy rivojlanishni
ta’minlashga xizmat qiladi. Xususan, xo‘jalik sub’ektlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini
samarali tashki etish orqali yuqori moliyaviy natijaga erishishda korporativ moliyaviy
strategiyaning ahamiyatli jihatlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
1. Xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyasi keskin raqobat muhitida
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan
tashqi omillarni
hisobga olinadi.
2. Xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyasi ichki imkoniyatlar,
xususan resurslar ta’minoti, jumladan, moliyaviy
resurslar uzluksizligi, investitsion
faoliyat samaradorligi va qaytimi, moliyaviy risklarni
boshqarish imkoniyatlari,
kadrlar salohiyati borasidagi imkoniyatlarga asoslanadi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1648
3. Xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyasi, avvalo, makroiqtisodiy
rivojlanish holati va shart-sharoitlariga, kutilayotgan istiqbolli prognozlarga mos holda
belgilanadi.
1-rasm. Korxona moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish printsiplari [6]
4. Xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyasi asosida aniq maqsadli
ko‘rsatkichlar belgilab olingan davr nuqtai nazaridan joriy va tezkor moliyaviy
rejalashtirish strategik moliyaviy rejalashtirishga o‘zaro bog‘liq holda tashkil etiladi.
5. Xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyasi aniq ko‘rsatkichlar
tizimiga asoslanishi lozim.
Xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyasini shakllantirish va amalga
oshirish aniq printsiplarga asoslanishi lozim.
Bunda strategik
moliyaviy qarorlar
mavjud imkoniyatlar, ichki va tashqi muhit asosida qabul qilinishidan kelib chiqqan
holda asosiy printsiplar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin (1-rasm).
Korxona moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish
printsiplarining har biriga
to‘xtalib o‘tamiz:
1. Korxonani o‘z-o‘zini tashkil etishga qodir ochiq tizim sifatida qarash printsipi.
Mazkur printsipni strategik moliyaviy rejalarni belgilash jarayonida xo‘jalik
Do'stlaringiz bilan baham: