Korxonalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish va risklarni baholash usullari



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana19.12.2022
Hajmi0,6 Mb.
#891136
  1   2   3   4
Bog'liq
3627-Article Text-7154-1-10-20220529



Korxonalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish va risklarni 
baholash usullari 
 
Jumaniyazov Inomjon Turaevich 
inomjomscience@gmail.com 
Juraev Maqsud Annaqulovich 
Toshkent moliya instituti 
 
Annotatsiya:
Mazkur maqolada korxonalarda moliyaviy qarorlarni qabul qilish 
va moliyaviy risklarni baholash hamda boshqarish mexanizmini rivojlantirishning 
iqtisodiy ahamiyati bayon etilgan. Xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan holda moliyaviy 
risklarni boshqarish jarayonlarining asosiy elementlari tadqiq etilgan. Moliyaviy 
qarorlarni qabul qilishga ta’sir etuvchi iqki va tashqi omillar o‘rganilgan. Korxonalarda 
moliya strategiyasini ishlab chiqish va unda moliyaviy risklarni boshqarish va baholash 
amaliyotini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so’zlar:
moliyaviy qarorlar, moliyaviy risk, kapital, investitsion loyiha, 
baholash, moliya bozori, moliyaviy menejment, daromadlilik, ehtimollik, moliyaviy 
strategiya.
Methods of financial decision making and risk assessment in 
enterprises 
 
Inomjon T. Jumaniyazov
inomjomscience@gmail.com 
A. Jurayev
Tashkent Institute of Finance 
 
Abstract: 
This article describes the economic importance of developing financial 
decision-making and financial risk assessment and management mechanisms in 
enterprises. The main elements of financial risk management processes have been 
studied based on international practice. Both external and external factors influencing 
financial decision making have been studied. Proposals have been developed to 
develop financial strategies in enterprises and to improve the practice of financial risk 
management and assessment. 
Keywords:
financial decisions, financial risk, capital, investment project, 
appraisal, finance market, financial management, profitability, probability, financial 
strategy. 
 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1646


Kirish 
Jahon amaliyoti keskin raqobat sharoitida har bir korxona oldiga nafaqat bugungi 
kunda, balki istiqbolda ham bozordagi o‘rnini saqlab qolish hamda kengaytirishni shart 
qilib qo‘ymoqda. Bunda global iqtisodiyotdagi tebranishlar yangi istiqbolli loyihalar 
ustida ishlash, loyihalarni moliyaviy ta’minlash imkoniyatlarini baholash va tegishli 
choralar ko‘rish, investitsiya faoliyatidan kutilayotgan natijadorlikni ta’minlash, 
moliyaviy ta’minot va investitsion faoliyatni rejalashtirishda yuzaga kelishi mumkin 
bo‘lgan moliyaviy risklarni oldindan ko‘ra bilish kabilarni shart qilib qo‘ymoqda va bu 
jihatlar bevosita korxonalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish amaliyoti bilan bog‘liq 
bo‘lib qolmoqda. “Jahon bankining istiqboldagi biznes muhiti, moliyaviy strategiyalar 
borasida qator hisobotlarida ham bevosita moliyaviy qarorlar qabul qilish bilan bog‘liq 
jihatlarga jiddiy e’tibor qaratilgan” [1]. Shuningdek, “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot 
banki tomonidan ayrim davlatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan moliyaviy rejalashtirish 
bo‘yicha assotsiatsiyalar maqsadi ham korxonalar va mamlakatning moliyaviy-
iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qiladi” [2]. Bunda asosiy e’tibor jahon bozoridagi 
o‘zgarishlarni oldindan baholash orqali moliyaviy rejalarni har tomonlama asosli 
tuzish va to‘g’ri moliyaviy qarorlarni qabul qilishga qaratiladi. 
Xalqaro amaliyotda korxonalar faoliyatida moliyaviy qarorlar qabul qilishga doir 
ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ilmiy izlanishlarda jahon bozori kon’yukturasidagi 
o‘zgarishlar, bugungi kundagi biznes muhiti, raqobatning milliy doiradan jahon 
darajasiga chiqqanligi asosida o‘rta va uzoq muddatli moliyaviy rejalashtirish, 
strategik moliyaviy tahlil va strategik rejalashtirishda ta’sir etuvchi omillarni oldindan 
baholash kabilarga alohida e’tibor qaratilgan. Garchi bu borada atroflicha tadqiqotlar 
amalga oshirilayotgan bo‘lsada, raqamli iqtisodiyotning keng doirada turli sohalarga 
kirib borishi, jahon bozoridagi keskin o‘zgarishlar moliyaviy rejalashtirish borasida 
atroflicha tahlillar asosida moliyaviy qarorlar qabul qilishni talab qilmoqda. Bu jihat 
o‘z-o‘zidan milliy va xalqaro darajada kompleks tadqiqotlar olib borish orqali 
moliyaviy rejalashtirish amaliyotini samarali tashkil etishni shart qilib qo‘ymoqda. 
Mamlakatimizda korxonalar faoliyatini rivojlantirishga, istiqbolda jahon bozorida 
mustahkam o‘rin egallashiga erishishda korporativ moliyaviy strategiyaning to‘g‘ri 
belgilanishi, strategik va joriy moliyaviy rejalarning o‘z vaqtida to‘liq amalga 
oshirilishi alohida ahamiyat kasb etishidan kelib chiqqan holda moliyaviy-iqtisodiy 
barqarorlikni ta’minlash, makrodarajada moliyaviy ko‘rsatkichlar prognozlarini 
oldindan belgilash, soliq qonunchiligi barqarorligini ta’minlash, soliq yukini 
pasaytirish kabilarga ham jiddiy e’tibor qaratilmoqda. 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish