Mavzu:Pochta xavfsizligi bo’limi ish faoliyati to’g’risida ma’lumot…..
Xulosa…………………………………………………………………....
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………….....
KIRISH Pochta aloqasi jo‘natmalarni yetkazib berish orqali odamlar, ijtimoiy ishlab chiqarish darajalari va istiqbolllariga bevosita ta’sir etish bilan bir qatorda bozor infrastrukturasini tashkil etish va ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning muhim omillarini belgilab beradi.
“O‘zbekiston pochtasi” AJ Respublikadagi yagona keng tarmoqli va xududiy taqsimlangan pochta aloqasi ob’ektlariga ega, shuningdek eng uzoq va qiyin boriladigan aholi punktlariga universal xizmatlarni taqdim etuvchi, davlat tomonidan tartibga solinadigan pochta operatori hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 19-iyuldagi “Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 339-sonli qaroriga muvofiq 2005 yilda amalga kiritilgan “Pochta aloqasi shaxobchalarini zamonaviylashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida xizmat turlarini joriy etish va rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi 128-sonli qarori asosida ishlab chiqilgan dasturga asoslanib 2005 yilda O‘zbekistonning pochta aloqasi uchun axborot-texnologik innovatsiyalarga asoslangan yangi xizmat –“Elektron pochta xizmati” yo‘lga qo‘yilgan edi. Bu asosda ushbu xizmat turini taqdim etish bo‘yicha raxbariy xujjat ishlab chiqilgan va ushbu xizmat turi bir necha yil davomida yuridik va jismoniy shaxslarga taqdim etib kelingan edi.
Keyingi yillarda pochta soxasini xar tomonlama rivojlantirish maqsadida yangi va qo‘shimcha xizmat turlarini joriy etish xamda jaxon andozalari talablari darajasiga ko‘tarish borasida bir qator xukumat qarorlar, me’yoriy xujjatlar ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2005 yil 19 maydagi "2010 yilgacha pochta shaxobchalarini zamonaviylashtirish axborot - kommunikatsiya texnologiyalari negizida xizmatlarni yangi turlarini joriy etish" to‘g‘risidagi qarori ;
O‘zbekiston Respublikasi pochta aloqasini zamonaviylashtirish va unga axborot - texnologik innovatsiyalar asosidagi yangi xizmat turlarini kiritish O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti tomonidan 2013 yilning 27 iyunida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2013-2020 yillarda “O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish” dasturi, shuningdek 2012 yil 21 martdagi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida pochta aloqasi sohasini zamonaviylashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida xizmatlarning yangi turlarini joriy etish va rivojlantirish ishlari amalga oshirildi;
«O’zbekiston pochtasi» AJ bugungi kunda o‘zining «2017-2020-yillarga pochta aloqasi tarmog‘ini rivojlantirish, AKT zamirida yangi xizmat turlarini kiritish va rivojlantirish » dasturini ishlab chiqdi va amalga oshirmoqda.
Bozor sharoitlariga o‘tish sharoitlarida O‘zbekiston Respublikasi bozor konyunkturasi- ning o‘zgarishi mamlakatda pochta tarmog‘ining rivojlanishiga ma’lum ta’sir ko‘rsatdi. Pochta aloqasining asosiy xizmatlariga bo‘lgan to‘lov qobiliyatiga ega talab pasaydi, bu tabiiy ravishda uning daromadlarini qisqartirdi, yanada yuqori darajadagi sifatga ega xizmatlarni talab qiluvchi mijozlarning talablari o‘zgardi. Ko‘rsatilgan sharoitlar pochta xizmatiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi, chunki rivojlanishning yangi yo‘llarini izlab topish, hozirgi bozor sharoitlariga moslashish bo‘yicha keskin choralarni ko‘rishga majbur qildi.
Pochta aloqasi tashkiliy tomondan shunaqa yagona tizimki, u pochta jo’natmalarini qabul qilish, uzatish va yetkazib berishni taminlaydigan pochta tugunlaridan iborat. U radial tegun tamoili asosida ko’riladi. Bu tamoilning asosiy ma’nosi shundan iboratki mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va siyosiy markazlarida joylashgan bosh pochta tugunlari boshqa viloyat markazlaridagi va boshqa punkt(bo’limlar bilan o’zaro to’g’ri aloqada bo’ladi, qolgan aholi joylashgan aholi punktlar o’sha tugunlar orqali aloqa o’rnatishadi.Aloqa korxonalari, pochta aloqasi va yo’nalish punktlari, pochta tashishni tashkil qilish tamoillari yigindisi pochta axboroti tizimini hosil qiladi Pochta to’nalishi bu pochta transportining ikki yoki undan ortiq pochta aloqasi xizmat ko’rsatish punktlari yoki pochta almashishi punktlari bo’ylab tashish yo’lidir.