3. ISHLAB CHIQARISH-EKSPLUTATSIYA HIZMATI FAOLIYAT
Pochta jo‘natmalari va pul mablag‘larini etkazib berishda pochta xavfsizligini ta’minlash maqsadida, filialning barcha pochta aloqasi bog‘lamalarida raxbarlar tomonidan tasdiqlangan va viloyat YXXB bilan kelishilgan avtotransport vositalarining optimal va bexatar yo‘nalish sxemalari mavjud.
Pochta jo‘natmalarini yetkazib berishda filialda viloyat ichki yo‘nalishi bo‘yicha pochta almashinuvi avtomobil transporti va temir yo’l transporti orqali amalga oshiriladi. Pochta almashinuvi umumiy 206 km masofada amalga oshiriladi.
Filialda quyidagi yo‘nalishlar buyicha pochta almashinuvi amalga oshiriladi:
Qiziriq – Termiz – Uchqizil – Muzrabot – Angor – SHerobod – Qiziriq (avtotransport orqali);
Termiz – Jarqo‘rg‘on – Qumqo‘rg‘on – SHo‘rchi – Oltinsoy– Denov – Sariosiyo – Uzun – Termiz (temiryo‘l orqali);
Termiz – Boysun – Termiz (yo‘nalish taksilari bilan shartnoma asosida).
Sherobod TPAB ning geografik joylashuvi.
Tuman ichi pochta aloqasi O‘zbekiston pochta aloqasining tarkibiy kismi xisoblanadi va u tumanning axolisi, korxonalari va muassasalarini aloqa vositalari bilan xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi deb tan olingan.
Pochta aloqasida ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari tashkil kilishda xat- xabarlarga ishlov berishning bosqichlari nazarda tutiladi. Bu rasmda Sherobod tumanlararo pochta aloqa bog’lamasi va aloqa bo‘limlari bilan almashinuv yo‘nalishlari chizmasi ko‘rsatilgan. Bu chizma orqali tuman xududidagi aloqa bo‘limlari orqali pochta almashinuvi tashkil qilinadi. Bu chizmada aloqa bo‘limlari o‘rtasidagi eng optimal yo‘lni xisoblab chiqish mumkin.
Tuman ichi pochta aloqasining prinsipial sxemasi:
TPAB - tuman pochta aloqasi bog‘lamasi,
TIPAB – tuman ichi pochta aloqasi bog‘lamasi,
AB - aloqa bo‘limi
Tuman pochta aloqasi bog‘lamasi, odatda, o‘z tumanining ko‘pgina aloqa bo‘limlari bilan to‘g‘ri aloqaga ega.
Uzoq masofadagi bo‘limlar bilan tuman ichi pochta aloqasi bog‘lamasi orqali aloqaga ega bo‘lishi mumkin.
Bitta pochta marshrutidagi aloqa bo‘limlari o‘zaro to‘g‘ri aloqaga ega. Barcha kolgan xolatlarda bo‘limlar tuman yoki tuman ichi pochta aloqasi bog‘lamasi orkali o‘zaro bog‘langan.
Tuman ichi pochta aloqasi bog‘lamalari o‘z pochtasiga ishlov bergani kabi, unga biriktirilgan aloqa bo‘limlarining pochtasiga xam ishlov beradi.
Tuman pochta aloqasi bog‘lamalari va tuman ichi pochta aloqasi bog‘lamalari ko‘p
xolatlarda chegaradosh tumanlar uchun pochtaga ishlov beradi va yo’llaydi.
Qishloq joylarini va xo‘jaliklarni rivojlantirish, tumanlar iktisodiyotini rivojlantirish, qishloq axolisining farovonligi va madaniy darajasini oshirish tuman ichida pochta aloqasini tashkil kilishga ko‘yiladigan talablarning oshishini
ko‘rsatadi.
Uning asosiy elementlari kuyidagilar xisoblanadi:
- pochta aloqasi ob’ektlari va punktlari;
- tuman ichida pochtani tashish sxemasi;
- pochta jo‘natmalarini etkazib berishni tashkil qilish.
Tuman ichida pochta aloqasini tashkil qilishda quyidagi asosiy xolatlar xisobga olinadi:
- tuman axolisi, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini aloqa xizimatlari bilan to‘lik kanoatlantirish;
- pochta jo’natmalarining yo’naltirish tezligini oshirish va ularni etkazib berish;
tuman ichida pochta aloqasining samaradorligini oshirish.
Pochta aloqasini tashkil kilish sxemasini tanlash maxalliy sharoitlar - tumanlar konfiguratsiyasi, temir yo‘l transportining vositalarini joylashtirish, pochta aloqa bo‘limlarining tuman uzelidan uzokdaligi va boshka sharoitlarni xisobga olgan xolda amalga oshiriladi.
Pochta aloqasi tizimini qurishda tumanda pochta va nashrni etkazib berishning belgilangan nazorat muddatlarini bajarishga asoslangan.
Tuman xududidagi axoli, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga xizmat ko‘rsatish uchun tuman pochta aloqasi bog‘lamasi, shtatda bo‘lmagan pochta aloqa xodimlari tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan aloqa bo‘limlarining statsionar va ko‘chma tarmog‘i va punktlari tashkil kilinadi.
Tuman pochta aloqasi bog‘lamalari - (TPAB) pochta aloqasining barcha turdagi xizmatlarining extiyojlarini kanoatlantirish uchun ma’muriy-xududiy tuman markazlarida tashkil kilindi. SHu bilan birga ular tuman ichidagi marshrutlar bo‘yicha pochtani tashishni tashkil qiladi, bo‘ysunuvidagi aloqa bo‘limlarining faoliyatiga raxbarlik kiladi va ularni nazorat kiladi. Tuman markazida axolining zichligi va soniga muvofik aloqa bo‘limi ochiladi.
Bugungi kunda Sherobod TPAB bir qancha xizmatlar ko’rsatib kelinmoqda, shuningdek, O‘zbekiston milliy pochta aloqasi operatori “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan doimiy ravishda aholi talablarini maksimal darajada qondirish maqsadida yangi xizmat turlarini amalda joriy etish bo‘yicha tegishli ishlar olib boriladi.
Respublikamiz pochta bozori konyunkturasini o‘rganib chiqqan holda hamda mijozlardan tushayotgan talablarni inobatga olib, “O‘zbekiston pochtasi” AJ “Tezkor pochta” yangi xizmat turini joriy qildi.
Joriy yilning 10 aprelidan “Tezkor pochta” xizmati doirasida pochta jo‘natmalarini qabul qilish va yetkazib berish uchun respublika bo‘yicha quyida ko‘rsatilgan 15 ta pochta aloqasi obyektlari tasdiqlangan:
Jo‘natmalarni qabul qilinishi va yetkazib berilishi qisqa nazorat muddatlarda va albatta hamyonbob narxlarda amalga oshiriladi.
Masalan, Toshkentdan Nukusgacha va boshqa viloyatlar markazlarigacha jo‘natmalar 24 soat ichida yetkazib beriladi va oluvchilar zudlik bilan pochta jo‘natmasi haqida telefon orqali xabardor qilinadilar.
“Tezkor pochta” jo‘natmalarida “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari”ga muvofiq ichki pochta jo‘natmalari uchun belgilangan hujjatlarni, ish qog‘ozlarini va xalq iste’moli mollarini jo‘natishga yo‘l qo‘yiladi.
Ishonchimiz komil, “Tezkor pochta” xizmati iste’molchilari uning nufuzi va qulayligini yuqori baholaydilar va buning uchun pochta mutaxassislari jo‘natmalarni o‘z vaqtida va sifatli yetkazib berish kabi vazifalarini bajarishda bor kuch g‘ayratlarini ishga soladilar.
RESPUBLIKA ICHIDAGI TEZKOR POCHTA JO‘NATMALARINI JO‘NATISH VA TOPSHIRISH XIZMATLARIGA BELGILANGAN TARIFLAR:
Do'stlaringiz bilan baham: |