Ustav fondiga ulush qo`shish Jamiyat ta`sischilari roziligi va o`zaro kelishuviga binoan jamiyat ta`sischisi Ustav fondidagi o`z ulushini jamiyatning boshqa a`zolariga yoki uchinchi shaxslarga to`liq yoki qisman sotishi yoki bepul berishi mumkin.
Ta`sischilar boshqa ta`sischilarning ulushlarini sotib olishda ustivor huquqga ega bo`ladilar.
Rejalashtirish, xisob va xisobot Jamiyat o`z xo`jalik faoliyatini mustaqil ravishda rejalashtiradi va bozor iqtisodiyoti asosida hizmatlarga real bozor talablaridan kelib chiqqan holda narxlarni belgilaydi.
Jamiyat mustaqil ravishda amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda buxgalterlik xisobi, moliyaviy va statistik xisobotni amalga oshiradi.
Moddiy texnika ba`zasini asosiy va aylanma mablag`lar, shuningdek boshqa moddiy boyliklar va moliyaviy zahiralar tashkil etadi. Jamiyatning o`z mablag`lari uning kunlik tasarrufida bo`ladi va qonunlarda ko`zda tutilgan hollardan tashqari olib qo`yilmaydi.
Jamiyat raisi tasdig`iga asosan xodimlar jadvalini, mehnatga xaq to`lash va rag`batlantirish tartibini joriy etadi.
Mustaqil ravishda xodimlarning kasb va malakasi, saviyasini belgilaydi.
Belgilangan muddatlarda moliya soliq statistika organlariga olingan daromadlar to`g`risida qonunchilikda belgilangan tartibda xisobotlar taqdim etadi.
Jamiyatda daromad va xarajatlarni hisoblashning to`g`riligi ustidan nazorat O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bo`yicha amalga oshiriladi.
Jamiyat buxgalterlik hisobini tashkil etish uchun holati va aniqligi tegishli organlarga yillik xisobot va boshqa moliyaviy xisobotni o`z vaqtida tegishli organlar va ta`sischilaring umumiy yig`ilishiga taqdim etish bo`yicha javobgarlik raisga yuklanadi.
Jamiyat ta`sischilarning umumiy yig`ilishiga taqdim etiladigan yillik xisobotidagi, ya`ni buxgalterlik balansi, daromadlar va zararlar to`g`risidagi ma`lumotlarning aniqligi jamiyatning taftish komissiyasi tomonidan ma`qullangan bo`lishi kerak.
Daromadlar Barcha mamuriy to`lovlar va soliqlar to`lagandan so`ng jamiyat ixtiyorida qolgan bablag`lar jamiyatning daromadlarini tashkil etadi.
Jamiyat amaldagi qonun hujjatlariga muofiq daromaddan barcha soliqlar va o`lchovlar, shu jumladan davlat ishtimoiy sug`urta, nafaqa fondi, ijara to`lovlari va boshqa to`lovlarni amalga oshiradi.