“Uz – Tong Hong Co” qo`shma korxonasi avtomabillarga o`rindiqlar ishlab chiqaradi. Korxona 1995 - yil 30 - mayda Janubiy Koreyaning “TONG HEUNG ELECTRIK Co” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan. 1997 – yil Iyun oyida korxona o`zining birinchi mahsulotini ishlab chiqardi. Hozirgi kunda avtomabil` o`rindiqlari Janubiy Koreyaning “KM&I Co Ltd” va “Uzavtosanoat” AK hamkorligida ishlab chiqarilmoqda. “Uz – Tong Hong Co” korxonasi yiliga 220000 komplekt avtomabil o`rindiqlarini ishlab chiqara oladi. Bu ko`rsatkich 2013- yilda 12% yuqorilab yillik 250000 komlektga yetkazildi. Hozirgi kunda korxona tomonidan avtomabil` o`rindiqlaridan tashqari yumshoq stullar, elektr adyollar, sport oyoq kiyimlari, futbol, valeybol, basketbol, va tennis to`plari, ishlab chiqarilishi yo`lga qo`yilgan. 2015 – yilda korxona Andijon viloyati Baliqchi tumanida o`z filialini ishga tushirdi filial asosan sport kiyimlar va sport toplarini ishlab chiqaradi.
Korxonaning xamkorlariga to`xtaladigan bo`lsak asosiy hamkor bu “GM Uzbekistan” korxonaning asosiy istemolchisi xisoblanadi. Mahsulot yetkazib beruvchi tashqi hamkorlar ham mavjud bular;
“KM&I Co Ltd” kompaniyasi (Janubiy Koreya) – butlovchi qismlar va penopoliurin siryosini yetkazib beradi
“SPACK AUTOMOTIVES LTD” kompaniyasi (Xindiston) – butlovchi qismlar yetkazib beradi
“БЕЛОРЕЦКИЙ МЕТАЛЛУРГИЧЕСКИЙ КОМБИНАТ” (Rossiya) – temir maxsulotlari yetkazib beradi
“RESSER FZE” kompaniyasi (BAA) – penopoliurin siryosini yetkazib beradi
“ПОЛИПРЕН” (Rossiya) – penopoliurin siryosini yetkazib beradi.
Korxonaning xizmat ko'rsatish turlari, tashkiliytuzilishi “Uz - Tong Xong Ко” MChJ ta`sis shartnomasiga, O`zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyati va aktsiyadorlarning xuquqlarini himoya qilish to`g`risidagi” Qonunining 90 - moddasiga. Fuqoroli. Kodeksining 40 - moddasiga. “Mas`uliyati cheklangan hamda qo`shimcha mas`uliyatli jamiyatlar to`g`risida”gi Qonuniga va jamiyati ta`sischilarining 2003 yil 17 oktyabr yig`ilishi 1 - sonli bayonomasiga asosan tashkil etilgan.
Jamiyat o`z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Qonunlariga hamda ushbu Ustavga amal qiladi.
Jamiyat ishtirokchilari tarkibi o`zgarishi, shu jumladan ko`ngillilik asoida jamiyati tarkibiga kiruvchi, uning Ustavini tan oluvchi, qoida bo`yicha ta`sis badali qo`shgan manfaatdor korxonalar, birlashmalar.
Jamiyatining faoliyati muddati cheklangan.