Iqtisodiy samaradorlik - ma’lum davrdagi iqtisodiy faoliyat davomida amalga oshirilgan xarajatlar evaziga olingan sof foyda summasi bilan aniqlanuvchi muhim ko‘rsatkichdir.
Iqtisodiy samaradorlik deganda amalga oshirilgan har bir so‘mlik xarajat evaziga olingan sof foyda hajmi tushuniladi, ya’ni korxonada qilinayotgan xarajatlarning natijadorligini anglatadi.
68. Bankrotlikning mohiyati nimadan iborat?
Bankrotlik – iqtisodiy sud tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligidir
Bankrotlik (to‘lovga layoqatsizlik) instituti bozor iqtisodiyotiga ega har qanday davlat huquqiy tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Yetkazib berilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshira olmaslik, qarzga olingan pulni qaytarish bilan bog‘liq muammolar tovar-pul munosabatlari bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan
69. Tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran qancha muddat davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, uning bankrotlik alomatlari deb e’tirof etiladi?
Qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, uning bankrotlik alomatlari deb e’tirof etiladi.
70. Bankrotlik to‘g‘risidagi ish bankrotlik alomatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar qanchani tashkil etgan taqdirda iqtisodiy sud tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin?
eng kam ish haqi miqdorining kamida besh yuz karrasini tashkil etadigan bo‘lsa, iqtisodiy sud tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.
71. Pul majburiyatlarini bajarmaganligi natijasida qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga kimlar murojaat etish huquqiga ega?
Pul majburiyatlarini bajarmaganligi natijasida qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish huquqiga qarzdor, kreditor va prokuror ega.
72. Majburiy to‘lovlar majburiyatini bajarmaganligi natijasida qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga kimlar murojaat etish huquqiga ega?
Majburiy to‘lovlar majburiyatini bajarmaganligi natijasida qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish huquqiga qarzdor, prokuror, davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlar ega.
73. Qarzdorga nisbatan sodir etiladigan harakatlarning hammasini barcha kreditorlar nomidan kim amalga oshiradi?
Qarzdorga nisbatan sodir etiladigan harakatlarning hammasini barcha kreditorlar nomidan kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |