Korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish



Download 209,5 Kb.
bet3/15
Sana25.04.2022
Hajmi209,5 Kb.
#580799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
5-MAVZU. KORXONA FAOLIYATINI REJALASHTIRISH VA BASHORAT QILISH — копия

Bashoratning maqsadi bozorga ta’sir qiluvchi omillarni, shu bilan birga, xo’jalikning umumiy ahvoli, tuzilmaviy siljishlar, investitsion faollik, fan-texnika taraqqiyotining iste’molchi va ishlab chiqaruvchilarga ta’sir ko’rsatishi, an’anaviy mahsulotlardan tashqari korxonaning barqarorligi va raqobatbardoshligiga olib keluvchi “pioner” (yangi) mahsulot ishlab chiqarish istiqbolida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan holatlarini belgilashdadir. Korxonalar uchun talabni prognozlashtirish muhim ahamiyatga ega bo’lib, u ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va miqdorining o’zgarishini avvaldan aniqlab beradi. Umuman olganda, prognoz rejalashtirishning ilmiy asosidir.


5.2. Korxonada rejalashtirishning uslubiy asoslari, printsiplari va vazifalari


Rejalashtirish uslubiyati – bu iqtisodiyotni boshqarishning turli bo’g’inlarida, jumladan, korxonalarni boshqarishda rejalarni ishlab chiqish usullari majmuasidir. Avvalgi rejali iqtisodiyot sharoitlarida u, avvalo, reja organlarining, ham sobiq ittifoq miqyosida, ham alohida respublikalar miqyosida amal qilgan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning asosiy yo’nalishla-rini ishlab chiqish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalarga tayanar edi. Iqtisodiyotning muhim soha va tarmoqlarini joriy va istiqbolli rejalashtirish ushbu ko’rsatmalar asosida amalga oshiriladi.
Mazkur holatda rejalashtirish uslubiyatiga ko’ra, “yuqoridan pastga” printsipi asosida nazorat raqamlari, limit va me’yorlar tushirilar, keyin esa “pastdan yuqoriga” printsipi asosida, ya’ni korxonalardan yuqori turuvchi organlarga qayta uzatilar edi. “Yuqori” darajada reja ko’rsatkichlari yiriklashgan tavsifli bo’lsa, korxonalar miqyosida esa ishlab chiqarish bilan bog’liq holda muayyan va detalli tavsifga ega bo’ladi. Rejalashtirishda ushbu tizimning kamchiligi shunda ediki, deyarli har bir korxonaning faoliyat rejasi majburiy tarzda “yuqoridan” tasdiqlanishi zarur edi. Busiz reja o’z realligini yo’qotar edi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar o’z faoliyatini rejalashtirishni mustaqil ravishda amalga oshiradi. Biroq bu rejalashtirishning tekshirib ko’rilgan va foydali usullaridan voz kechishni anglatmaydi. Bugungi sharoitlarda ham korxonalar faoliyatini rejalashtirish bo’yicha texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar, progressiv me’yor va me’yorlar, iqtisodiy tahlil, muqobil variantlarni tanlashga asoslanadi.
Rejalashtirishning eng ko’p tarqalgan usullari qatoriga quyidagilarni: balans, me’yor, iqtisodiy-matematik, statistik, omillar bo’yicha, ko’p variantli hisob-kitob usuli kabilarni kiritish mumkin. Rejalarning asoslanganlik darajasini oshiruvchi va ularni tezda amalga oshirilishiga xizmat qiluvchi, shuningdek, tavakkalchilik va vujudga kelishi mumkin bo’lgan talofatlarni kamaytiruvchi usul eng samarali usul hisoblanadi.
Hozirgi paytda balans usulining ahamiyati oshib bormoqda. Ushbu usulning mohiyati, o’zaro aloqada bo’lgan ko’rsatkichlarni solishtirish bilan ifodalanadi. Balans usuli asosida korxonaning ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi, ishlab chiqarish quvvatiga bo’lgan talablari va ularning manbalari aniqlanadi. Bundan kelib chiqqan holda moddiy balans, ishlab chiqarish quvvatlari balansi, ishchi kuchi balansi, ish vaqti balansi, qiymat balansini ajratib ko’rsatish mumkin. Balanslar, qoidaga ko’ra, ehtiyojlar va ularga mos keluvchi resurslarning mavjudligi yoki manbalarini o’z ichiga oluvchi, o’zaro moslashuvchi jadval shaklida tuziladi.
Balans usuli me’yor usuli bilan birgalikda qo’llanadi. Me’yor usulida resurslarni sarflashning yo’l qo’yish mumkin bo’lgan eng yuqori va eng quyi chegaralari aniqlanadi. Bunda ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etishda me’yor va me’yor kabi tushunchalardan foydalaniladi.
Me’yor (me’yor) belgilangan sifatdagi mahsulot birligi (ish, xizmat) tayyorlash uchun sarflanuvchi xomashyo, material, yoqilg’i, energiya va boshqa resurslardan foydalanishning yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan maksimal yoki minimal chegarasidir. Agar resurslardan foydalanish me’yorlarini kamaytirish mahsulot sifatining pasayishiga yoki belgilangan standartlar talablarining buzilishiga olib keladigan bo’lsa, u holda bu me’yorlarni kamaytirish mumkin emas.
Me’yor nisbiy kattalik bo’lib, asosan, foizlar yoki koeffitsientlar yordamida aks ettiriladi. U mehnat vositalari va predmetlaridan foydalanish darajasini, ularning har bir maydon birligi, og’irlik birligi, hajm birligiga sarflanishini tavsiflab beradi. Masalan, asosiy vositalarning birlik qiymatiga mahsulot ishlab chiqarish (fond qaytimi), sutning moylilik, vinoning spirtlilik darajasi (foizlarda), avtomashinaning bosib o’tgan yo’li, avtomobil shinasining ekspluatatsiyasi va hokazo.
Me’yor va me’yorlar progressiv tavsifga ega bo’lishi, ya’ni ularni ishlab chiqishda zamonaviy fan, texnika va texnologiya rivojlanishining darajasi, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq foydalanish hamda ilg’or korxonalarning tajribalarini hisobga olish zarur. Shuningdek, ular doimiy ravishda qayta ko’rib chiqilishi, eskirgan me’yor va me’yorlar yangi, xo’jalik hayoti va davr talablariga javob beruvchi me’yor va me’yorlar bilan almashtirilishi lozim.
Me’yor va me’yorlar quyidagi asosiy guruhlar asosida ishlab chiqiladi:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish