Korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish



Download 209,5 Kb.
bet2/15
Sana25.04.2022
Hajmi209,5 Kb.
#580799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
5-MAVZU. KORXONA FAOLIYATINI REJALASHTIRISH VA BASHORAT QILISH — копия

Rejalashtirish tartibga soluvchi jarayon sifatida korxona faoliyatini yaqin va uzoq istiqbol sari ilgari surish, asoslab berish, muayyanlashtirish va izohlab berishni ifodalaydi. Oxirgi holatda gap korxona faoliyatini bashorat qilish haqida borishi mumkin. Bashorat qilishni rejalashtirishning boshlanishi va uzoq muddatli istiqbolga mo’ljallangan davomi sifatida ko’rib chiqish mumkin. Rejalashtirish va prognozlashtirish o’zaro aloqada bo’lgan ikkita jarayon bo’lib, xo’jalik faoliyatini avvaldan bajarilgan hisob-kitoblar, eng kam tavakkalchilik va eng yuqori natijalarga erishish asosida yuritishni ko’zda tutadi.
Rejalashtirish korxona tomonidan bajariluvchi vazifalar muayyanlashtirilgan rejalarda o’z aksini topadi. Bozor iqtisodiyotida reja “yot unsur” yoki “yuqoridan” keluvchi buyruq sifatida qabul qilinishi sababli hozirgi xo’jalik yuritish faoliyatida indikativ reja va prognoz deb nomlanuvchi, lekin mohiyatiga ko’ra rejalashtirishning barcha hollarda ob’ektiv zaruratini tasdiqlovchi tushunchalardan foydalaniladi. Demak, rejalashtirish, jumladan, indikativ reja va prognoz korxonalarning xo’jalik faoliyati uchun mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish uchun barcha omillardan foydalanish va tayyorgarlikning o’z vaqtida bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan qulay sharoitlarni yaratishdir.
Reja va rejalashtirish orasidagi farqni anglash muhim ahamiyat kasb etadi. Rejalashtirish indikativ reja yoki prognoz kabi rejalarni ishlab chiqish jarayoni bo’lsa, reja korxonaning ma’lum bir vaqt mobaynida amalga oshiruvchi texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini o’zida aks ettiruvchi hujjatni ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda, reja korxonaning maqsadli funktsiyalari va ularni amalga oshirish yo’llarini belgilab beruvchi rejalashtirishning moddiylashgan shaklidir.
Shu tariqa rejalashtirish bozor va bozor mexanizmiga qarama-qarshi bo’lmasdan, aksincha, ishlab chiqarishning maqbul yo’nalishlarini aniqlash, foydalanilmagan zaxira va imkoniyatlarni qo’llash, korxonaning oqilona baho siyosatini shakllantirish hamda xo’jalik yuritish aloqalarining samarali shakllarini o’rnatishga ko’maklashadi. Rejalashtirish va bashorat qilish yordami bilan ichki va tashqi bozordagi iste’molchilar talabi aniqlanadi, korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyati kuchaytiriladi.
Biroq rejalashtirish imkoniyatlarini mobilizatsiya qilish rejalashtirishning o’zidagina ifodalanmaydi. Rejalashtirish odamlar, birinchi o’rinda mutaxassislar tomonidan amalga oshirilishi sababli istalgan reja yoki prognozning hayotga tatbiq etilishi ko’p jihatdan iqtisodchilarning malakasiga, ular rejalashtirishning uslubiy asoslarini yaxshi bilishiga, shuningdek, ishlab chiqarish rejalarining bozor talablarini hamda korxonaning mo’ljallangan daromadga erishishini hisobga olishiga ham bog’liq. Rejani ishlab chiqish qanchalik asoslab berilgan bo’lsa, uning haqiqiyligi va iqtisodiyotdagi ahvol bilan bog’liqligi shunchalik yuqori bo’ladi.
Korxonalar faoliyati va iqtisodiyotda rejalashtirishdan tashqari bashorat qilish ham katta rol o’ynaydi. Bashorat qilish xo’jalik faoliyati yurituvchi sub’ektning istiqbolda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan holatlarni ilmiy asoslagan holda avvaldan ko’ra bilishini ifodalaydi. U yuzaga kelayotgan yoki kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan iqtisodiy, ilmiy-texnik va ijtimoiy holatlarni baholash va tahlil qilish asosida yaratiladi hamda muqobil qarorlarni tanlashga imkon yaratadi.
Avvalgi ma’muriy-buyruqbozlik tizimining xo’jalik yuritish sharoitlarida, ko’p yillar davomida fan-texnika taraqqiyoti va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarining uzoq muddatli istiqboli ishlab chiqilgan. Uning asosida iqtisodiyotning alohida tarmoqlari, shuningdek, respublikalardagi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish istiqbollari shakllantirilar edi. Biroq bu bashoratlar doim ham ishonchli emas edi va asosiysi, doim ham amaliyotda qo’llanavermas edi. Bu esa boshqa sabablar bilan birga o’tgan asrning 80-yillari oxirida iqtisodiyot inqirozga uchrashiga olib keldi. Boshqacha qilib aytganda, xo’jalik amaliyoti rejalashtirish va bashorat qilishning ustunliklaridan etarlicha foydalana olmadi. Shu sababli iqtisodiy faoliyat bashoratlarini ishlab chiqish va qo’llash bo’yicha jahon tajribasini o’rganish va uning o’ziga xos xususiyatlarini mamlakatimizdagi ishlab chiqarish va yuzaga kelayotgan bozor munosabatlari sharoitlarida qo’llash juda muhimdir.
Bashorat qilish rejalashtirish tavsifida o’z aksini topadi: ishlab chiqarish va korxona iqtisodiy hayotining boshqa jihatlarini strategik rejalashtirish o’rta va uzoq muddatli bashoratlar asosida hamda joriy rejalashtirish qisqa muddatli bashoratlar asosida ishlab chiqiladi. Bu yo’nalishlarning ikkalasi ham o’zaro uzviy aloqada bo’lib, ishlab chiqarish strategiyasini fan-texnika taraqqiyoti va hayotning real voqeligi bilan bog’laydi.

Download 209,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish