Aloqador Maqolalar:
Qiynoqlarga qarshi Konvensiya va O’zbekiston qonunlari 1984-yil 10-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti “Qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, g’ayriinsoniy...
Avtomobil olishdagi qonunbuzarliklarga qarshi qanday kurashish mumkin? 2016-yil aprel oyida GM Uzbekistan avtomobil shirkati Bosh direktori Tohirjon...
Majburiy mehnatga qarshi milliy-huquqiy choralar Shaxslar davlat organlari va mansabdor shaxslarning g’ayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) oqibatida...
Qanday qilib O’zbekiston fuqaroligini olish mumkin? Savol: O’shlik tanishim O’zbekiston fuqaroligini olish niyatida ekanligini bildirdi. Qanday...
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING KORRUPSIYAGA QARSHI KONVENSIYASIGA (NYU-YORK, 2003 YIL 31 OKTYABR) O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QO‘SHILISHI TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 24-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 27-iyunda ma’qullangan
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003-yil 31-oktabr) quyidagi bildirishlar, bayonotlar va shartlar bilan qo‘shilinsin:
Oldingi tahrirga qarang.
1) Konvensiya 6-moddasining 3-bandi bo‘yicha: “O‘zbekiston Respublikasi shuni bildiradiki, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda boshqa Ishtirokchi-davlatlarga yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan organlar sifatida belgilangan”;
(1-band O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-noyabrdagi O‘RQ-729-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 03/21/729/1064-son)
2) Konvensiya 42-moddasining 1 va 3-bandlari bo‘yicha: “O‘zbekiston Respublikasi shuni bayon qiladiki, 15—19, 21, 22-moddalarda, 23-moddaning 1-bandida, 24, 25, 27-moddalarda nazarda tutilgan qilmishlar milliy qonunchilikka muvofiq jinoiy jazolanadigan qilmishlardir va ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining yurisdiksiyasi tatbiq etiladi”;
3) Konvensiya 44-moddasining 6-bandi bo‘yicha: “O‘zbekiston Respublikasi Konvensiya 44-moddasi 6-bandining “a” kichik bandiga muvofiq shuni bildiradiki, u ushbu Konvensiyadan korrupsiya jinoyatlari sodir etgan shaxslarni tutib topshirish masalalarida ushbu Konvensiyaning boshqa Ishtirokchi-davlatlari bilan o‘zarolik asosida hamkorlik qilish uchun huquqiy asos sifatida foydalanadi”;
4) Konvensiyaning 46-moddasi bo‘yicha:
a) 13-band. “O‘zbekiston Respublikasi shuni bildiradiki, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimoslarni olish va bajarish yoki bunday iltimoslarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlariga yuborishga javobgar bo‘lgan markaziy organdir”;
b) 14-band. “O‘zbekiston Respublikasi shuni bildiradiki, o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi iltimoslarni yuborishda o‘zbek, rus va ingliz tillari maqbul tillar sifatida belgilangan”;
5) Konvensiyaning 66-moddasi bo‘yicha: “O‘zbekiston Respublikasi Konvensiya 66-moddasining 3-bandiga muvofiq shuni bayon qiladiki, u o‘zini Konvensiya 66-moddasi 2-bandining qoidalariga bog‘liq deb hisoblamaydi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |