O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 28-son, 260-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 03/21/729/1064-son)
BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi ishtirokchi davlatlarining navbatdagi yillik konferensiyasi boshlandi
Voqea-hodisalar14 Dekabr 2021614
13-dekabrda Misr Arab Respublikasida BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi ishtirokchi davlatlarining navbatdagi yillik konferensiyasi boshlandi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan sessiyada 150 dan ziyod mamlakat vakillari, xususan, bir qator davlatlar hukumat rahbarlari, korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda ekspertlar ishtirok etyapti.
Mazkur konferensiya BMT Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi siyosatini belgilab beruvchi muhim voqealik hisoblanadi. Unda davlatlar tomonidan Konvensiyani implementatsiya qilish salohiyatini oshirish, koʻzda tutilgan maqsadlarga erishish uchun davlatlararo hamkorlikni kuchaytirish va bajarilishini ragʻbatlantirish kabi maqsadlarni amalga oshirilishi holati masalalari sarhisob qilinadi.
Ushbu muhim tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori rahbarligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida Oliy Majlis Senati, Bosh prokuratura, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi jamoatchilik kengashi vakillari ishtirok etmoqda.
Konferensiya ochilish marosimida BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish kirish soʻzi bilan ishtirok etib, mamlakatlar COVID-19 pandemiyasidan xalos boʻlishga sarmoya kiritar ekan, mablagʻlarni talon-toroj qilinishi oqibatida hayotiy zarur resurslarni oʻzlashtirishdan ehtiyot boʻlish kerakligini taʼkidladi.
Sessiyada Konvensiyaga aʼzo mamlakatlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar, hal qilinishi lozim boʻlgan dolzarb masalalar hamda istiqboldagi rejalar ham muhokama qilinyapti.
Ahamiyatlisi, mazkur konferensiya doirasida Oʻzbekiston tomoni tashabbusi bilan Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlarini raqamlashtirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish jamoatchilikning oʻrni masalalarida ishtirokchi mamlakatlar uchun maxsus sessiyalar tashkil etiladi.
Bundan tashqari, mamlakatimiz delegatsiyasi vakillari qator xorijiy hamkasblar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etishi rejalashtirilgan. Konferensiya joriy yil 17-dekabrga qadar davom etadi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.
Do'stlaringiz bilan baham: |