faoliyatini bosqichma-bosqich tarkibiy qayta shakllantirish yoʻli bilan amalga
oshiriladi. Korxonani bunday moliyaviy qayta tarkiblash jarayonida birinchi
navbatda kapital, aylanma aktivlar va pul oqimlari
tarkibini optimallashtirish,
alohida holatlarda esa investitsion faollikni pasaytirish talab etiladi.
4.
Korxonaning bankrotligi va tugatilishining oldini olish.
Bunday
vazifa
chuqur yoki halokatli tizimli moliyaviy inqirozlarni tashxislash jarayonida
korxonalarda inqirozga qarshi moliyaviy boshqaruv oldiga qoʻyiladi. Moliyaviy
barqarorlikni ta’minlashning ichki mexanizmlari va korxonaning oʻz moliyaviy
resurslari bunday moliyaviy inqirozlarning oldini olish uchun yetarli boʻlmaydi.
Shuning uchun ham korxonaning bankrotligi va tugatilishining oldini olish uchun
inqirozga qarshi moliyaviy boshqaruv jarayonida moliyaviy sogʻlomlashtirishning
tashqi vositalaridan samarali foydalanishni ta’minlashga e’tibor qaratish lozim.
5.
Moliyaviy inqirozlarning salbiy oqibatlarini minimallashtirish prinsipi.
Bu
vazifa inqirozga qarshi chora-tadbirlarni muvaffaqiyatli
amalga oshirish orqali
ta’minlanadi. Moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha
chora-tadbirlar samaradorligi korxona bozor qiymatining inqirozgacha boʻlgan
davrdagi darajasiga nisbatan pasayish holati bilan baholanadi.
Inqirozga qarshi moliyaviy boshqaruv tizimi aniq prinsiplar asosida tashkil
etiladi va ular quyidagilar:
1.
Ta’sirlarga javob qaytarishga doimiy tayyorlik prinsipi.
Inqirozga qarshi
moliyaviy boshqaruv nazariyasi koʻrsatishicha samarali moliyaviy menejment
natijasida erishiladigan korxonadagi moliyaviy muvozanat moliyaviy-xoʻjalik
faoliyati davomida nihoyatda oʻzgaruvchan hisoblanadi. Korxona iqtisodiy
taraqqiyotining har bir bosqichidagi mumkin boʻlgan oʻzgarishlar
moliyaviy-
xoʻjalik faoliyatining ichki va tashqi shart-sharoitlaridagi oʻzgarishlarning tabiiy
ravishda yuzaga kelishi bilan belgilanadi. Bunday qator oʻzgarishlar korxonaning
raqobat pozitsiyasini kuchaytiradi, moliyaviy imkoniyatlari
va bozor qiymatini
oshiradi; yoki aksincha korxona faoliyatida inqirozlar yuzaga kelishiga sabab
boʻladi. Moliyaviy inqirozlar yuzaga kelishining obyektiv jarayon ekanligi iqtisodiy
taraqqiyotning har bir bosqichida korxonadagi moliyaviy muvozanatning mumkin
boʻlgan buzilishlariga qarshi moliyaviy menejerlarning doimiy ravishda tayyor
turishlari zarurligini taqozo etadi.
2.
Inqirozning oldini oluvchi xatti-harakatlarni amalga oshirish prinsipi.
Bu
prinsip inqirozlarning salbiy oqibatlarini neytrallashtirish va bartaraf etish
faoliyatini amalga oshirishdan koʻra moliyaviy inqiroz
xavfining oldini olish
yaxshiroq ekanligini nazarda tutadi. Shuning uchun ham korxonalarda moliyaviy
inqirozlarning oldini olishda inqirozning oldini oluvchi xatti-harakatlarni amalga
oshirish prinsipi birinchi darajali ahamiyatga ega hisoblanadi. Mazkur prinsipga
amal qilish natijasida korxonaning inqirozoldi
moliyaviy holatini oldindan
tashxislash va moliyaviy inqirozni neytrallashtirish imkoniyatlaridan oʻz vaqtida
foydalanish ta’minlanadi.
3.
Ta’sirlarga javob qaytarishning muddatliligi prinsipi.
Inqirozga qarshi
moliyaviy boshqaruv nazariyasiga muvofiq moliyaviy inqirozlarning har biri
korxonalar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining har bir sikli boʻyicha kengayib borish
tendentsiyasiga ega boʻlishi bilan bir vaqtda mos salbiy moliyaviy oqibatlarni ham
yuzaga keltiradi. Shuning uchun ham tashxislangan har bir inqiroz alomati boʻyicha
inqirozga qarshi moliyaviy mexanizmlar buzilgan moliyaviy muvozanatni tiklashga
nisbatan imkoniyatlar koʻproq.
4.
Qoʻllaniladigan inqirozga qarshi chora-tadbirlar darajasining real xavf-
xatar darajasiga mosligi prinsipi.
Do'stlaringiz bilan baham: