Korporativ boshqaruv


Korporativ boshqaruv tushunchasi va uning tasnifi



Download 290,25 Kb.
bet5/32
Sana31.12.2021
Hajmi290,25 Kb.
#221456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Anvarjon kurs ishi

Korporativ boshqaruv tushunchasi va uning tasnifi

Bugungi kunda, korporativ boshqaruv - mulkchilikning hissadorlik shaklining zamonaviy ko’rinishlaridan biri hisoblanadi.

Unda bir necha mulkdorlar manfaatlari birlashadi, yagona maqsad doirasida investorlar kapitallari birlashtiriladi.

Mamlakat iqtisodiy - huquqiy tizimida mohiyatiga ko’ra kichikroq shartliliklar bilan, aynan Aksiyadorlik jamiyatlari jahon xo’jalik va huquqiy amaliyotida umum qabul qilingan

Korporatsiya tushunchasi bilan tenglashtiriladi. Korporativ boshqaruvda aynan Korporatsiyalar faoliyatini rivojlanish darajasi biznesni iqtisodiy o’sishini, unumdorligini, shug’ullanishliligini va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi

Korporativ boshqaruv kompaniyalarni boshqarish usulini va qanday maqsadda amalga oshirilishini anglatadi. Bu kimning vakolatiga va hisobdorligiga ega ekanligini va kim qaror qabul qilishini aniqlaydi. Bu mohiyatan menejment va boshqaruv kengashiga kompaniyani boshqarish muammolarini yanada samarali hal qilishga imkon beradigan vositalar to'plami. Korporativ boshqaruv barcha manfaatdor tomonlarning (aktsiyadorlar, xodimlar, etkazib beruvchilar, mijozlar va jamoat) manfaatlari muvozanatlashishi uchun korxonalar tegishli qarorlarni qabul qilish jarayonlari va nazoratni amalga oshirilishini ta'minlaydi.

1.Samarali korporativ boshqaruv tuzilmasi uchun asoslami ta’minlash. Mazkur funksiya davlat tomonidan korporativ boshqaruv samarali amal qilishi uchun shart-sharoit yaratishni nazarda tutadi.

2. Aksiyadorlar huquqlari, aksiyadorlarga nisbatan bir xil munosabatda bo'lish va asosiy mulkdorlar funksiyalari.

3. Institutsional investorlar, fond bozorlari va boshqa vositachilar.

4. Korporativ boshqaruvda manfaatdor tomonlaming roli.

5. Axborotlar oshkoraligi va shaffofligi.

6. Direktorlar kengashining javobgarligi. Umumiy holda korporativ boshqaruvning prinsiplari quyidagilar:

qonuniylik;

-adolatlilik;

- hisobdorlik;

- javobgarlik;

- oshkoralik;

- shaffoflik
Korporativ boshqaruvning qonuniylik prinsipi davlat tomonidan belgilangan qonunchilik asosida korporativ boshqaruv tashkil qilinishi, korporativ tuzilma faoliyatining qonuniy bo‘lishi lozimligini ifodalaydi

Adolatlilik prinsipi esa korporativ tuzilmada aksiyadorning ulushidan qat’i nazar bir xil munosabatda bo‘lish, minoritar aksiyadorlar huquqlari va manfaatlarini ta’minlash lozimligini nazarda tutadi

Korporativ boshqaruvda boshqaruv va nazorat organlarining belgilangan tartibda aksiyadorlarga yoki aksiyadorlar vakillariga hisobot berishi hisobdorlik prinsipi asosida tashkil etiladi.

Korporativ tuzilma joriy moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha ijroiya organi, ijroiya organ faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha Direktorlar (kuzatuv) kengashi javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi va bu amaliyot javobgarlik prinsipi asosida tashkil etiladi.

Korporativ tuzilma o‘z faoliyati natijalari bo‘yicha, shuningdek investitsiyalar jalb qilish maqsadida oldindan belgilab qo‘yilgan axborotlar (hisobotlar)ni e’lon qilib boradi. Bunda ma’lumotlar axborotlar oshkoraligi prinsipiga rioya qilish maqsadida e’lon qilib boriladi.

Shuningdek, ma’lum bir holatlar yoki moliyaviy qarorlar (operatsiyalar) bo‘yicha korporativ tuzilmalar tomonidan muhim faktlar e’lon qilib boriladi. Bu amaliyot bevosita aksiyadorlarni xabardor qilib borish maqsadida korporativ tuzilma faoliyatining shaffofligini ta’minlashga qaratiladi hamda bu jarayon shaffoflik prinsipining talabi hisoblanadi

Korporativ boshqaruv asosiy tip bo’lib ajralib turadi, boshqarish ob’ekti sifatida u o’z hususiyatlariga ega hisoblanib, boshqaruv aksiyadorlarning foydasini ko’zlagan holda amalga oshiriladi va korporatsiyalarning rivojlanishini ta‘minlash, aksiyadorlarning huquqlarini hisobga olish, korporatsiya strategiyasiga asoslangan holda aksiyadorlarning o’zaro munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi.

Bunday boshqaruv natijasida korporativ madaniyati vujudga keladi va tartib qoidalarning tamoyillari, urf-odatlari va ularni olib borish tartiblar kompleksi shakllanadi.

Korporativ boshkaruv tizimini turli shakllardagi xo’jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatida tashkil qilishning keng imkoniyatlari ularning afzalliklaridan foydalanishga asoslanadi

Korporativ tuzilmalarni yaratish variantlaridan foydalangan holda ular urtasidagi uzaro munosabatlarni modellashtirish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi.

Ularning asosiylari sifatida quyidagilar ajratib ko’rsatamiz

1.Aksiyalar chiqarish orqali pul mablag’lari jalb qilish qobiliyati cheklanmagan sonli investorlarning mablag’larini jamlash imkonini va bu investorlarga jamiyatni boshqarishda ishtirok etishda ma‘lum bir tanlov huquqini beradi.

2.Boshqariluvchanlik muammosini hal etilishi engillashadi. Tashiliy rasmiylashtirishning tugallanganligi, vakolatlar va javobgarliklarni aniqlashda reglamentga rioya qilish nazorat funksiyalarini aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organlari o’rtasida taqsimlash imkonini beradi,

3.Aksiyadorlar tarkibiga kirish va chiqishning soddalashtirilgan holda manfaatdor shaxslarning o’rnini almashtirish uchun keng imkoniyatlar va mos ravishda, investitsiya taklifi dinamikasi yuqori bo’lgan sharoitlarda yuqori moslashuvchanlik ta‘minlaydi

4.Cheklangan javobgarlik tamoyili risklarni kamaytirishga imkon beradi. Cheklangan javobgarlik tamoyilining qo’llanilishi risklarni aksiyadorlar va boshqaruvchilar o’rtasida taqsimlash orqali yirik korporatsiyalar yaratish imkoniyatni vujudga keltiradi.

Korporativ boshqaruv bu – biznesning tashkiliy - huquqiy rasmiylashtirilishini, tashkiliy strukturalarning optimallashuvini boshqarish, qabul qilingan maqsadlarga muvofiq kompaniyada ichki va tashqi firma munosabatlarini tashkil qilishdir.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan ishlab chiqilgan korporativ boshqaruv qoidalari mazkur boshqaruv tartibining eng muhim tomonlarini o’zida aks ettirgan bo’lib, unda aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish jihatlariga alohida e‘tibor qaratilgan.

Korporativ boshqaruvning asosiy qoidalarida qayd etilganidek, ushbu boshqaruv tuzilmasi aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilishga yo‗naltirilgan bo’lishi kerak.

Ya‘ni, aksiyadorlik jamiyati kapitaliga o’z mablag‗ini qo’shgan investorda muayyan darajadagi mulkiy huquq mavjud bo’ladi. Masalan, u oddiy aksiyani sotishi, sotib olishi yoki biror shaxs nomiga o’tkazishi mumkin.

Bundan tashqari, oddiy aksiya investorga korporatsiya foydasining bir qismiga egalik qilish imkoniyatini beradi va bu borada yuklatiladigan mas‘uliyat uning investitsiyasi hajmidan kelib chiqadi. Shuningdek, oddiy aksiya investor uchun aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida ishtirok etish va unda ovoz berish yo’li bilan korporatsiya haqida ma‘lumot olish, korporatsiya faoliyatiga ta‘sir o’tkazish huquqini beradi.




https://allcar24.ru/uz/earnings-in-the-internet/modeli-korporativnogo-upravleniya-korporativnoe-upravlenie-i-korporativnyi/

2. Mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning samarali usullarini, xalqaro satndartlarni joriy etish uchun korporativ boshqaruvning milliy modelini xorijiy tajribalar bilan uyg’unlashtirish maqsadga muvofiqdir.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini tubdan oshirish, bo‘lajak investorlar uchun ularning ochiqligi va jozibadorligini ta’minlash, zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy qilish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlar rolini kuchaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida:

Quyidagilar korporativ boshqaruv tizimini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:

xalqaro tajribani chuqur tahlil qilish va shu asosda zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish

Chet el kapitali ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish, aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish;

Aksiyadorlik jamiyatlarini strategik boshqarish, boshqaruv xodimlarining samarali faoliyatini nazorat qilishni ta’minlashda aksiyadorlar, jumladan, minoritar aksiyadorlar rolini oshirish

Yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik asosida boshqaruv xodimlarini tayyorlash va ularning kasb darajasini oshirish, shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlarida rahbarlik lavozimlariga chet ellik yuqori malakali menejyerlarni jalb qilish.

Korporativ boshqaruv rivojlanib borishi bu borada tajribalar orttirilishiga olib keldi. Ma’lum bir korporativ tuzilma faoliyatida ijobiy natijalarga sabab bo‘lgan korporativ boshqaruv tajribalari boshqa korporativ tuzilmalar uchun namuna vazifasini o‘tay boshladi. O‘z navbatida korporativ boshqaruv ijobiy tajribalarining ommalashishi yuz berdi va bu jarayon mamlakatlarni ham qamrab ola boshladi. Natijada yangi tashkil etilayotgan aksiyadorlik jamiyatlari, korporativ boshqaruv yangidan yo‘lga qo‘yilayotgan mamlakatlar uchun namuna sifatida korporativ boshqaruv modellari yuzaga keldi

Korporativ boshqaruv modeli quyidagi elementlarning yaxlit birligini o‘zida aks ettiradi: - korporativ nazorat mexanizmi; - qarorlar qabul qilish tartibi; - amaldagi moliya tizimi bilan bevosita bog‘liq holda kompaniya ichki boshqaruviga kapital bozorining ta’siri; - korporativ qonunchilik; - aholining iqtisodiy taraqqiyot natijasida shakllangan iqtisodiy xulq-atvor me’yorlari.

Korporativ boshqaruv modeli shakllanishiga mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining aniq shart-sharoitlari, turmushtarzining tarixiy an’analari, qonunchilik asoslari holati, jamiyatdagi asosiy qadriyatlar, xo‘jalik subyektlarining faoliyat yuritish qoidalari va me’yorlari bevosita ta’sir ko‘rsatadi

Korparativ boshqaruv tizimi turli xil davlatlarda uning ijtimoiy-iqtisodiy kelib chiqish xususiyatlari bilan bog’liq xolda turlanadi

Keling, korporativ boshqaruvning asosiy modellarini ko'rib chiqamiz, asosiy asosiy printsiplar va elementlarni aniqlaymiz va modellarga qisqacha tavsif beramiz

Mamlakatda korporativ boshqaruvning o’rni, aksiyadorlarning kapitali va aksiyadorlik jamiyatlarining xolati bilan bog’liq xolda bo’ladi

Jaxon amaliyotida, ko’pincha duch kelamiz ular uch model ajralib turadi


  1. Angliya-Amerika modeli

  2. Germaniya modeli

  3. Yaponiya modeli

Yana alohida model qilib oilaviy modelni ham qo’shishimiz mumkun

Umumiy holda har bir korporativ boshqaruv modelining asosiy belgilari yoki elementlari quyidagilar:

- aksiyadorlik jamiyatining muhim ishtirokchilari;

- muhim ishtirokchilar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir mexanizmi;

- model bo‘yicha aksiyalarga egalik qilish tarkibi;

- moliyaviy resurs jalb qilish imkoniyati;

- direktorlar kengashi tarkibi; - qonunchilik doirasi;

- axborotlarni oshkor qilish bo‘yicha talablar;

- aksiyadorlar ma’qullashi talab etiladigan korporativ xattiharakatlar.

Amerika modeli va Birlashgan Qirollik modeli bir-biriga yaqinligi, shuningdek ikki pog‘onali kontinental yevropa modelining asosi german modeli ekanligidan kelib chiqqan holda

Quyida xalqaro darajada tan olingan korporativ boshqaruv modellari sifatida anglo-amerika, german, yapon, oila modellarining har biri xususida alohida to‘xtalib o‘tamiz

Korporativ boshqaruvning anglo-amerika modeli AQSH, Buyuk Britaniya , Avstraliya ,Kanada , va Yangi Zelandiya mamlakatlari uchuj xos bo’lgan Model xisoblanadi

Ushbu modelning shakillanishida bir qator iqtisodiy va xuquqiy xususiyatlar sabab bo’lgan

Korporativ boshqaruvning amerika tizimi xususiyatlari AQSHda Aksiyadorlik mulkchilikning xususiyatlariga bevosita bog’liqdir. Xususan, amerika Korporatsiyalariga boshqa investorlardan ko’ra o’z ta‘sirini kuchliroq o’tkaza oladigan yirik investorlarning yo’qligi xosdir.

Amerika Korporatsiyalarining Aksiyadorlik kapitali yuqori darajada kichik paketlarga tarqab ketgan bo’lib, AQSH Korporatsiyalari aksariyatining reestrlarida umumiy kapitalning bir foizidan oshig’iga egalik qiluvchi birorta xususiy shaxs yoki institutsional investor qayd qilinmagan.

Natijada Aksiyadorlarning birorta guruhi direktorlar kengashiga a‘zolik qilishga alohida da‘vogar bo’la olmaydi. Ikkinchi muhim xususiyat shundaki, xususiy shaxslarga qarashli bo’lmagan Aksiyalarning ko’pchiligi institutsional investorlar – nafaqa va o’zaro yordam (paychilik) fondlari qo’lida jamlangandir.

Bu investorlar qo’llarida 50%dan oshiq kapitalni jamlaydi, ko’proq moliyaviy menejer sifatida qatnashishga moyilroq bo’lib, direktorlar kengashi ishida qatnashishga intilmaydilar va odatda o’zlari yirik paketga egalik qilgan kompaniyalar uchun mulkchilik huquqidan kelib chiqadigan mas‘uliyatni o’z zimmalariga olishdan o’zlarini olib qochadilar

Amerika qimmatli qog’ozlar bozorining yuqori samaraliligi va likvidligi bilan ajralib turishi mayda investorlar uchun paketlarni sotish ishini tez va texnik jihatdan oson amalga oshadigan qilib qo’yadi

Fond bozori korparatsiyalar kapitalining yuqori darajada sochilib ketganligi bilan xarakterlanadi. Axoli uz jamg’armalarini kompaniya aksiyalari va obligatsiyalari invistitsiyalash yo’li bilan amalga oshiradi.

Firmalar biznesni kengaytirish uchun moliyaviy mablag’lari jalb qilish maqsadida uz qimmatli qog’ozlarini investerlorga sotiladi

Anglo-amerika modelining yana bir xususiyatlari shundaki, unda jami kapitalning asosiy qismi isvistitsiya institutlari , yani nafaqa va invitetsiya fondlari , sug’urta kompaniyalariga tegishli , xozirda AQSH kompaniyalrida ularning roli beqiyosdir


Download 290,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish