Germaniya modeli
Germaniya modelining AQSH modelidan farqli o’laroq, Aksiyadorlik kapitalining katta qismi boshqa kompaniyalar egaligida turadi: umumiy kapitalining yarmidan ko’pini bir - birining Aksiyalariga egalik qilish tizimi o’z ichiga oladi.
SHaxsiy investorlar nemis modelida ikkinchi yirik investorlar guruhini tashkil qilsa ham (nemis kompaniyalari umumiy Aksiyalarning taxminan 16% iga egalik qiladi) ular Aksiyalarining ko’p qismi taqdim etuvchiga sertifikati ko’rinishiga ega bo’lib, bu sertifikatlar ularning egalari topshirig’iga ko’ra, xususiy Aksiyadorlar Aksiyalarining juda katta qismi jamlangan banklar tomonidan boshqariladi. SHuning uchun, Germaniya kompaniyalarini erkin sotuvda bo’lgan Aksiyalarining juda katta ulushi (90%dan ortig’i) tashkilot- investorlar tomonidan boshqariladi. (o’zlari Aksiya egalari bo’lmasa ham)
Korparativ boshqaruvning continental-yevropacha modeli Germaniya,Avstraliya, Niderlandiya kabi Markaziy Yevropa xamda Skandinaviya mamlakatlari uchun xos bo’lgan, shuningdek Belgiya va Fransiya mamlakatlari uchun kamroq xos bo’lgan model xisoblanadi
Ushbu model ko’p xollarda Germaniya modeli deb xam ataladi
Korporativ boshqaruvning german modeli kontinental-yevropa modeli deb ham ataladi. Bu model korporatsiyalar o'rtasidagi munosabatlar barcha manfaatdor shaxslar - aksiyadorlar, moliyaviy tuzilmalar, xodimlar, davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi bilan xarakterlidir.
Ko'pincha ular yirik aksiyalar paketiga egalik qiladilar, korporatsiyalarga o‘z vakillarini qo’yadilar va boshqalar. Ular korporativ tuzilmalarning tarkibi sifatida qabul qilinadi va boshqaruvda ishtirok etish huquqiga ega bo'ladi, ya’ni ijtimoiy hamkorlik prinsipi amal qiladi.
Germaniyada aksiyadorlik kapital boshqa qator mamlakatlarga qaraganda sezilarli darajada markazlashgan. Bunda aksiyadorlik kapitaliga bir necha yirik yuridik shaxslar - banklar va korporatsiyalarning o'zaro egalik qilish amaliyoti kuzatiladi.
Banklar direktorlar kengashida o‘z vakillari orqali monitoring va nazorat funksiyalarini amalga oshiradi, qimmatli qog‘ozlar emissiyasini tashkil qiladi, ishonchnoma asosida aksiyalarni boshqaradi. Mazkur jihat german modelining eng asosiy xususiyati hisoblanadi
Korporativ boshqaruv nemis modelida banklar ishtiroki
Kapital bozorining past darajada rivojlanganligi sababli banklar korporatsiyalarni tashqi moliyalashtirishning asosiy manbasi sifatida ko‘zga tashlanadi. Bu holat nodo‘stona birlashish va qo‘shib olishlarga imkon bermaydi.
Germaniyada direktorlar kengashining bosh maqsadi aksiyadorlarning alohida guruhlari manfaatlarini himoya qilish emas, balki umumiy holda korporatsiya raqobatbardoshligini oshirish hisoblanadi
Kapital bozorining past darajada rivojlanganligi sababli banklar korporatsiyalami tashqi moliyalashtirishning asosiy manbasi sifatida ko'zga tashlanadi.
Bu holat nodo'stona birlashish va qo'shib olishlarga imkon bermaydi. Aksariyat aksiyadorlar depozitariy vazifasini ham bajaruvchi banklar orqali aksiyalar sotib oladilar. Korporatsiyaiar materiallari asosida banklar korporatsiya faoliyatini rivojlantirish bo'yicha o‘z taklif va tavsiyalarini aksiyadorlarga yo'naltiradi.
Agarda takliflar va tavsiyalar boyicha aksiyadorlarda e’tirozlar bolmasa, banklar o‘z fikri boyicha masalani ovozga qo“yadi. Shuning uchun korporatsiyalami boshqarishda banklar iqtisodiy va ma’nan javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
Mazkur modelning boshqa xususiyatlariga quyidagilarni ham kiritish mumkin: umumiy yig'ilishda aksiyadorlaming ovozlar soni chegaralanishi;
- individual aksiyadorlar ulushining pastligi; - xorijiy investorlaming faol ishtiroki
Do'stlaringiz bilan baham: |