Korporativ boshqaruv: prinsiplar, siyosat va amaliyot


 Mustaqil direktorning vazifasi va roli. Mustaqil direktorlar kodeksi



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/170
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#201295
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   170
Bog'liq
Korporativ Boshqaruv, prinsip

 
7.3. Mustaqil direktorning vazifasi va roli. Mustaqil direktorlar kodeksi.  
YApon modeli mazmuniga ko‘ra amerika modeliga ham, germaniya modeliga 
ham o‘xshamaydi, biroq ikkala modelning ayrim xususiyatlarini o‘z ichiga olgan:  
- direktorlar kengashi tarkibida  mustaqil direktorlar bo‘lmasdan, Kengashning 
barcha a’zolari yuqori boshqaruv organi vakillari yoki eski boshqaruvchilardir;  
- Aksiyadorlik sarmoyasini asosan yirik investorlar tashkil qilib, yagona sanoat 
guruhiga  a’zo  bo‘lgan  kompaniyalarning  o‘zaro  Aksiyalariga  egalik  qilish  holati 
muhim o‘rin tutadi. 
- shaxslararo munosabatlar kuchli muhim ahamiyatga ega; 
- insayderlarning etakchiligi 
-  Boshqaruvning  yagona  organi  –  uning  tarkibida  ijro  etuvchi  direktorlardan 
ko‘ra mustaqil direktorlar ko‘proq bo‘lgan unitar Direktorlar Kengashi (Aksiyadorlik 
mulkchilikning «Inglizsakson» modeli: 24 - 30% Aksiya harakatsiz, uzoq vaqt kichik 
korxonalar  qo‘lida  bo‘ladi  va  nazorat  paketini  shakllantiradi,  70-80%  Aksiya, 
aksincha,  harakatchan,  vaqti  -  vaqti  bilan  bozorga  olib  chiqiladi  va  bir  kishining 
qo‘lidan boshqasiga oson o‘tadi); 
-  Aksiyadorlik  kapitalning  katta  qismi  inglizsakson  udumlarida  tarbiyalangan 
mayda investorlar sarmoyasidan iborat;  
-  Jismoniy  shaxslarga  qarashli  bo‘lmagan  Aksiyalar  asosan  institutsional 
investorlar qo‘lida jamlangan; 


 
 
143 
-  Qimmatli  qog‘ozlar  bozori  yuqori  samaradorligi  va  likvidligi  bilan  ajralib 
turadi; 
-  Minoritar Aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish yuqori darajada; 
- Jalb qilingan direktorlar ishtirokidagi kuchli korporativ boshqaruv. 
Xalqaro ekspertlarning tahlillariga ko‘ra, keyingi yillarda korporativ boshqaruv 
kodekslarining dunyo bo‘yicha keng tarqalish holati kuzatilmoqda. Ushbu kodekslar 
qonun  kuchiga  ega  bo‘lmasada,  korporativ  boshqaruv  amaliyotini  yaxshilashda 
muhim  ahamiyat  kasb  etayapti.  Jahon  tajribasini  o‘rgangan  mutaxassislarning 
fikricha, korporativ boshqaruv kodekslari turli davlatlarda turli subyektlar tomonidan, 
ya’ni qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha komissiyalar, fond birjalari, investorlar va ularning 
uyushmalari, boshqa milliy tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan. 
Masalan,  Kedberi  ma’ruzasi  korporativ  boshqaruv  bo‘yicha  Britaniyadagi 
birinchi kodeksning asosi bo‘lib xizmat qilgan. SHu bois, 1993 yilda qabul qilingan 
mazkur hujjat Kedberi kodeksi deb nom olgan. 
Kedberi  kodeksi  kompaniya  tuzilmasi,  direktorlar  kengashinig  mas’uliyati  va 
mustaqilligi,  ichki  moliyaviy  nazorat  usullari,  direktorlar  kengashi  a’zolari  va  top-
menejerlariga  haq  to‘lash  masalalariga  daxldor  19  ta  tavsiyani  o‘z  ichiga  olgan. 
Britaniya qonunchiligida ham kompaniyalarga korporativ boshqaruv kodeksiga amal 
qilishi bo‘yicha talab o‘rnatilmagan. SHuning uchun bunday kodeks qoidalariga rioya 
etilishi  yuzasidan  tavakkalchilik  mavjud.  Ammo,  tahlilchilarning  ta’kidlashlaricha, 
amaliyot  korporativ  boshqaruv  kodeksi  ishlayotganini  ko‘rsatmoqda.  Xususan, 
ko‘pgina  kompaniyalardagi  direktorlar  kengashining  professionallik  darajasi 
oshganini Kedberi kodeksi tatbiqi bilan bevosita bog‘lash mumkin. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish