Korporativ boshqaruv: prinsiplar, siyosat va amaliyot


 Direktorlar yig‘ilishi: tarkibi va tuzilmasi. Direktorlar yig‘ilishining



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/170
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#201295
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   170
Bog'liq
Korporativ Boshqaruv, prinsip

 
7.2. Direktorlar yig‘ilishi: tarkibi va tuzilmasi. Direktorlar yig‘ilishining 
vazifasi va majburiyatlari. Direktorlar  qo‘mitasi. 
Aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishi  qaroriga  binoan  jamiyat  kuzatuv  kengashi 
a’zolariga  ular  o‘z  vazifalarini  bajarib  turgan  davrda  badal  to‘lanishi  va  (yoki) 
kuzatuv  kengashining  a’zosi  vazifasini  bajarish  bilan  bog‘liq  xarajatlari  qoplanishi 
mumkin.  Bunday  badal  va  to‘lovlarning  miqdori  aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishi 
qarori bilan belgilab qo‘yiladi. 
Kuzatuv  kengashi  faoliyatini  samarali  tashkil  qilish.  Kuzatuv  kengashining 


 
 
137 
missiyasi qo‘yidagicha: 
-har  bir  jamiyatda  kengash  maqsadi,  vazifasi,  vakolati  va  javobgarligi 
ta’riflangan hamda o‘ziga quyidagi asosiy qoidalarni olgan xujjatning bo‘lishi tavsiya 
qilinadi:  
Kengashning o‘zak g‘oyasi – jamiyat va uning faoliyati bilan ishbilarmonlik va 
boshqa  o‘zaro  munosabatlardan  holi,  mulk  egalari  (aksiyadorlar)  va  boshqa 
manfaatdor  shaxslar  nomidan  nazorat  ishlarini  olib  boruvchi  shaxslar  guruhining 
shakllanishidir; 
-  kengashning  missiyasi  aksiyadorlar  qo‘ygan  ulush  qiymatining  maksimal 
o‘stirilishidir.  Kengash  faoliyati  asosida  aksiyadorlar  maqsadlari  va  manfaatlari 
yotishi zarur.  
 Kuzatuv kengashining vakolatlari quyidagicha tartibda amalga oshiriladi: 
 1.  Umumiy  yig‘ilish  yoki  Ijro  etuvchi  organga  hal  qilish  uchun  berilishi 
mumkin  bo‘lmagan  va  faqat  Kuzatuv  kengashi  vakolatiga  kiradigan  masalalar, 
jamiyat  Ustavida  faqat  Kuzatuv  kengashi  vakolatiga  kiruvchi  masalalar  deb 
belgilanishi kerak; 
 2.  Kuzatuv  kengashi  vakolatiga  kiritilgan  masala  Umumiy  yig‘ilish  mutlaq 
vakolatiga tegishli bo‘lsa, Ustavda ushbu masalani faqat Kuzatuv kengashi vakolatiga 
taaluqli qilib belgilash mumkin; 
 3.  Umumiy  yig‘ilishning  umumiy  vakolatiga  qarashli  masalalar,  Jamiyat 
Ustavida Umumiy yig‘ilish yoki Kuzatuv kengashi yoki Ijro etuvchi organ vakolatiga 
doir qilib belgilanishi mumkin; 
 4.  Taftish  komissiyasi  tomonidan  jamiyatning  moliyaviy  -  xo‘jalik  faoliyatini 
taftish qilish haqidagi qaror qabul qilish to‘g‘risidagi masala, Ustavda ham Umumiy 
yig‘ilish, ham Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasi vakolatiga kiritilishi kerak; 
 5.  Umumiy  yig‘ilish  kun  tartibini  shakllantirish  bo‘yicha  tashabbuslar  bilan 
bog‘liq masalalar. 
  Kuzatuv  kengashi  vakolatlaridan  samarali  foydalanish  uchun  quyidagilarga 
amal qilish lozim: 
 1.  Umumiy  yig‘ilish  va  Kuzatuv  kengashi  qarorlarining  bajarilishini  kuzatib 


 
 
138 
borish; 
 2.  Kuzatuv  kengashiga  aksiyadorlarning  murojaatlari  bo‘yicha  muvofiq  teskari 
aloqani ta’minlash; 
 3.  Biznes  -  rejani  tuzish  va  amalga  oshirishda  Kuzatuv  kengashi  va  Ijroiya 
organining solidar (birgalikda) javobgarligi; 
 4.  Aksiyadorlarning  dividendlar  bo‘yicha  “umidlarini”  va  ishlab  chiqarishning 
qayta  investitsiya  qilinishiga  ehtiyojlarini  hisobga  oladigan  mo‘‘tadil  dividend 
siyosati; 
 5.  AJ  asosiy  faoliyatiga  mansub  bo‘lmagan,  mulklarni  sotib  olish  va 
begonalashtirish,  bitimlar  hamda  zahira  va  boshqa  fondlarni  ishlatilish  ustidan 
Kuzatuv kengashining nazorati; 
 6.  Ijroiya  organi  bilan  yollash  bo‘yicha  mehnat  shartnomasi  doirasida  qat’iy 
o‘zaro munosabatlarni yuritish. 
Kuzatuv kengashining roli va vazifalarini qo‘yidagilarda kurish mumkin: 
Kengashning  vazifasiga  aksiyadorlar  nomidan  Jamiyat  faoliyatiga  rahbarlik 
qilish va uning oliy menejerlari (Boshqaruv, Bosh direktor) faoliyatini nazorat qilish 
kiradi. 
 Kengash faoliyatining asosiy jabhalari: 
- aksiyadorlik jamiyatlari strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish; 
- risklarnii boshqarish tizimining yaratilishini ta’minlash; 
- jamiyatning joriy moliyaviy - xo‘jalik faoliyati; 
- aksiyadorlik jamiyatlari ijroiya organi (oliy menejerlar)ning ishlashini kuzatish; 
- Kengash va uning alohida a’zolarining ishini yo‘lga qo‘yish; 
- kompaniya faoliyati haqida axborotni tayyorlash va oshkor qilish; 
- inqirozning oldini olishga qaratilgan boshqaruv; 
        - nomzodlarni ko‘rsatish; 
- nomzod ko‘rsatishda cheklanishlar; 
- nomzod ko‘rsatish muddatlari; 
- son tarkibi; 
- nomzodlar bo‘yicha talabnomalarni berish tartibi va shakli; 


 
 
139 
- talabnomalarni ko‘rib chiqish tartibi. 
Kuzatuv kengash a’zoligiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: 
- qonuninchilikda o‘rnatilgan cheklanishlar; 
-  alohida  aksiyadorlik  jamiyatlarida  Kuzatuv  kengashiga  saylanadigan 
shaxslarga maxsus talablar. 
Kuzatuv kengashi a’zosi uchun zarur bo‘lgan fazilatlarga quyidagilar kiradi: 
- korporativ huquqda savodli bo‘lish;  
- tarmoqqa doir bilimlarga va zarur kasbiy malakaga ega bo‘lish; 
- halol va o‘z mas’uliyatini his qiladigan shaxs sifatida tanilgan; 
- etarli vaqt ajrata oladigan; 
-  Kengashning  boshqa  a’zolari,  kompaniya  menejerlari  va  aksiyadorlari  bilan 
samarali hamkorlik qilishga qobiliyatli; 
- mustaqil fikr bildirishga va uni himoya qilishga qodir; 
-  korporativ  munosabatlar  qatnashchilari  manfaatlarining  muvozanatiga  rioya 
qilish; 
-  aksiyadorlar  va  jamiyat  manfaatlarini  himoya  qilish  masalalarida  faol 
pozitsiyaning mavjudligi. 
Jamiyatning  kundalik  faoliyatiga  rahbarlik  yakkaboshchilik  asosidagi  ijroiya 
organi  (direktor)  yoki  kollegial  ijroiya  organ  (boshqaruv,  direksiya)  tomonidan 
amalga oshirilishi mumkin. 
Bir  paytning  o‘zida  ham  yakkaboshchilik  asosidagi,  ham  kollegial  ijroiya 
organlari  bo‘lishi  nazarda  tutilgan  jamiyat  ustavida  ulardan  har  birining  vakolatlari 
belgilab  qo‘yilishi  kerak.  Bunday  hollarda  jamiyatning  yakkaboshchilik  asosidagi 
ijroiya  organi  (direktor)  vazifasini  bajaruvchi  shaxs  kollegial  ijroiya  organi 
(boshqaruv, direksiya) raisi vazifasini ham amalga oshiradi. 
Aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishining  qaroriga  binoan  jamiyat  ijroiya  organining 
vakolatlari  shartnoma  bo‘yicha  tijorat  tashkilotiga  (boshqaruvchi  tashkilotga)  yoki 
yakka  tartibdagi  tadbirkorga  (boshqaruvchiga)  berilishi  mumkin.  Tuziladigan 
shartnomaning  shartlari,  basharti  ustavda  o‘zgacha  qoida  nazarda  tutilmagan  bo‘lsa, 
jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 


 
 
140 
Aksiyadorlarning  umumiy  yig‘ilishi  tomonidan  tayinlanadigan  ijroiya  organi 
tarkibiga kirgan shaxsning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, jamiyat 
kuzatuv  kengashi  qarori  bilan  belgilangan  shaxs  uning  vazifalarini  jamiyat 
aksiyadorlarining  navbatdagi  umumiy  yig‘ilishigacha  bo‘lgan  davrda  vaqtincha 
bajarib turishiga yo‘l qo‘yiladi.  
Jamiyat  ijroiya  organining  vakolatlariga  jamiyatning  kundalik  faoliyatiga 
rahbarlik  qilishga  doir  barcha  masalalar  kiradi,  aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishining 
mutlaq  vakolatlariga  yoki  kuzatuv  kengashining  vakolatlariga  kiritilgan  masalalar 
bundan mustasno.  
Jamiyat  ijroiya  organi  aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishi  va  kuzatuv  kengashining 
qarorlari bajarilishini tashkil etadi. 
Jamiyatning  yakkaboshchilik  asosidagi  ijroiya  organi  (direktor)  jamiyat 
nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifoda etadi, 
jamiyat nomidan bitimlar tuzadi, shtatlarni tasdiqlaydi, jamiyatning barcha xodimlari 
bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi. 
Jamiyat  ijroiya  organlarini  tashkil  etish  hamda  ularning  vakolatlarini 
muddatidan ilgari tugatish, agar jamiyat ustavida ushbu masalalarni hal etish jamiyat 
kuzatuv  kengashining  vakolatlariga  kiritilmagan  bo‘lsa,  aksiyadorlar  umumiy 
yig‘ilishining  qaroriga  binoan  amalga  oshiriladi.  Jamiyat  ustaviga  muvofiq  yoki 
aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishining  yoxud  jamiyat  kuzatuv  kengashining  qaroriga 
binoan jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organini (direktorini), kollegial 
ijroiya  organi  (boshqaruvi,  direksiyasi)  a’zolarini  tayinlash  tanlov  asosida  amalga 
oshirilishi mumkin.  
Jamiyatning  yakkaboshchilik  asosidagi  ijroiya  organining  (direktorining), 
kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) a’zolarining, boshqaruvchi tashkilot 
yoki  boshqaruvchining  huquqlari  va  majburiyatlari  ushbu  Qonun,  boshqa  qonun 
hujjatlari,  jamiyat  ustavi  tomonidan  hamda  ularning  har  biri  jamiyat  bilan  bir  yil 
muddatga  tuzadigan  shartnomada  belgilanib,  shartnomaning  amal  qilish  muddatini 
uzaytirish  (shartnomani  qayta  tuzish  yoki  uni  tugatish  (bekor  qilish)  mumkinligi 
to‘g‘risida  har  yili  qaror  qabul  qilinadi.  Jamiyat  nomidan  shartnomani  kuzatuv 


 
 
141 
kengashining  raisi  yoki  kuzatuv  kengashi  vakolat  bergan  shaxs  imzolaydi. 
Jamiyatning  yakkaboshchilik  asosidagi  ijroiya  organi  (direktori)  bilan,  kollegial 
ijroiya  organi  (boshqaruvi,  direksiyasi)  rahbari,  boshqaruvchi  tashkilot  yoki 
boshqaruvchi  bilan  tuziladigan  shartnomada  ularning  aksiyadorlik  jamiyati  faoliyati 
samaradorligini  oshirish  bo‘yicha  majburiyatlari  hamda  aksiyadorlarning  umumiy 
yig‘ilishi  va  kuzatuv  kengashi  oldida  jamiyatning  yillik  biznes-rejasini  bajarish 
qanday  borayotganligi  yuzasidan  beradigan  hisobotlari  davriyligi  nazarda  tutilishi 
lozim. Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organiga (direktoriga), kollegial 
ijroiya  organi  (boshqaruvi,  direksiyasi)  a’zolariga  to‘lanadigan  mehnat  haqi  va 
boshqa  haqlar  miqdori,  shuningdek  boshqaruvchi  tashkilot  va  boshqaruvchi 
xizmatlariga  haq  to‘lash  shartlari  jamiyat  faoliyatining  samaradorligiga  to‘g‘ridan-
to‘g‘ri bog‘liq bo‘lib, shartnomada belgilanishi kerak.  
Jamiyatning  yakkaboshchilik  asosidagi  ijroiya  organi  (direktor)  vazifasini 
hamda  boshqa  tashkilotlarning  boshqaruv  organlaridagi  lavozimlarni  o‘rindoshlik 
yo‘li  bilan  bir  shaxsning  egallashiga  kuzatuv  kengashi  roziligi  bilangina  yo‘l 
qo‘yiladi. 
Aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishi  yoki  kuzatuv  Kengashi,  agar  ustavga  binoan 
unga  shunday  huquq  berilgan  bo‘lsa,  jamiyatning  yakkaboshchilik  asosidagi  ijroiya 
organi  (direktor),  kollegial  ijroiya  organi  (boshqaruvi,  direksiyasi)  a’zolari, 
boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani ular shartnoma 
shartlarini  buzgan  taqdirda  bekor  qilishga  haqlidir.  Kuzatuv  kengashi  jamiyatning 
yakkaboshchilik  asosidagi  ijroiya  organi  bilan,  kollegial  ijroiya  organining  a’zolari, 
shuningdek  boshqaruvchi  tashkilot  yoki  boshqaruvchi  bilan  tuzilgan  shartnomani, 
agar  shartnoma  tuzishda  ular  jamiyat  ustavini  qo‘pol  tarzda  buzishga  yo‘l  qo‘ygan 
bo‘lsa  yoki  ularning  harakatlari  (harakatsizligi)  tufayli  jamiyatga  zarar  etkazilgan 
bo‘lsa, muddatidan ilgari tugatish (bekor qilish) huquqiga ega.  
Aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishi  tomonidan  jamiyat  ijroiya  organining, 
boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchining vakolatlarini tugatish to‘g‘risida qaror 
qabul  qilingan  taqdirda  ijroiya  organining  vakolatlarini  boshqaruvchi  tashkilot  yoki 
boshqaruvchiga o‘tkazish to‘g‘risidagi masala o‘sha umumiy yig‘ilishning o‘zida hal 


 
 
142 
etilishi  yoki  ijroiya  organi  rahbarining  vazifasini  vaqtincha  bajaruvchi  shaxsni  ham 
tayinlagan  holda  aksiyadorlarning  yaqin  oradagi  umumiy  yig‘ilishida  ko‘rib  chiqish 
uchun  qoldirilishi  mumkin.  Agar  jamiyatning  ijroiya  organini  tuzish  aksiyadorlar 
umumiy  yig‘ilishining  mutlaq  vakolatlariga  kiritilgan  bo‘lsa,  ijroiya  organining, 
boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchining vakolatlarini tugatish to‘g‘risida qaror 
qabul  qilgan  kuzatuv  kengashi  ijroiya  organi  rahbarining  vazifasini  vaqtincha 
bajaruvchi shaxsni tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi, shuningdek ijroiya organi 
to‘g‘risidagi  masalani  hal  etish  uchun  aksiyadorlarning  navbatdan  tashqari  umumiy 
yig‘ilishini chaqiradi.  

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish