Korporativ boshqaruv: prinsiplar, siyosat va amaliyot



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/170
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#201295
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   170
Bog'liq
Korporativ Boshqaruv, prinsip

 
 
 


 
 
219 
 
 


 
 
220 
14.3. Kengashining a’zolarini saylash jamiyat kuzatuv kengashining a’zolarini 
saylash 
 
Jamiyat  kuzatuv  kengashining  a’zolari  Aksiyadorlarning  umumiy  yig‘ilishi 
tomonidan  bir  yil  muddatga  saylanadi.  Jamiyatning  kuzatuv  kengashi  tarkibiga 
saylangan  shaxslar  cheklanmagan  tarzda  qayta  saylanishi  mumkin.  Jamiyat 
boshqaruvi  a’zolari  jamiyatning  kuzatuv  kengashiga  saylanishi  mumkin  emas.  Ayni 
shu  jamiyatda  mehnat  shartnomasi  (kontrakt)  bo‘yicha  ishlayotgan  shaxslar 
jamiyatning  kuzatuv  kengashi  a’zosi  bo‘lishi  mumkin  emas.  Jamiyatning  kuzatuv 
kengashi  tarkibiga  saylanadigan  shaxslarga  nisbatan  qo‘yiladigan  talablar  jamiyat 
ustavida  yoki  Aksiyadorlarning  umumiy  yig‘ilishi  tomonidan  tasdiqlangan 
Aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishi  to‘g‘risidagi  nizomda  belgilab  qo‘yilishi  mumkin. 
Jamiyat Aksiyadorlariga jamiyat kuzatuv kengashi tarkibiga bittadan kam bo‘lmagan 
mustaqil  a’zo  kiritilishi  taklif  qilinadi.  Quydagilar  jamiyat  kuzatuv  kengashining 
mustaqil a’zosi bo‘lishi mumkin: 
 
- so‘nggi besh yil mobaynida jamiyat, uning sho‘‘ba va affillangan korxonalarida 
ishlamagan shaxslar; 
 
-  jamiyat,  uning  sho‘‘ba  va  affillangan  korxonalari  Aksiyadori  bo‘lmagan 
shaxslar; 
 
-  jamiyat,  uning  sho‘‘ba  va  affillangan  korxonalari  bilan  qonun  hujjatlarida 
belgilangan  eng  kam  ish  haqining  besh  ming  baravari  miqdoridan  yuqori  summaga 
tegishli shartnomaga ega bo‘lgan yirik mijozlari yoki mol etkazib beruvchilari bilan 
bog‘liq bo‘lmagan shaxslar; 
 
-  jamiyat,  uning  sho‘‘ba  va  affillangan  korxonalari  bilan  xizmat  ko‘rsatish 
yuzasidan shartnomaga ega bo‘lmagan shaxslar; 
 
-  jamiyat,  uning  sho‘‘ba  va  affillangan  korxonalari  rahbarlari  bo‘lgan  yoki 
so‘nggi  besh  yil  mobaynida  shunday  lavozimlarda  ishlagan  shaxsning  oila  a’zosi 
bo‘lmagan shaxslar; 
 
-  jamiyatni  nazorat  qiluvchi  shaxs  (yoki  jamiyat  ustidan  jamoa  tarzida  nazorat 
olib boruvchi guruh va/yoki tashkilot a’zosi) bo‘lmagan shaxslar; 
 
-  jamiyat  bilan  fuqarolik-huquqiy  shartnom  orqali  bog‘liq  bo‘lmagan  va 


 
 
221 
jamiyatning  sohasi  bo‘yicha  yuqori  turuvchi  tashkiloti  (kompaniya)  yoki  yirik 
Aksiyadorining  xodimi  bo‘lmagan  shaxslar.Jamiyatning  kuzatuv  kengashi  a’zolari 
saylovi  kumulyativ  ovoz  berish  orqali  amalga  oshiriladi.  Kumulyativ  ovoz  berishda 
har bir Aksiyadorga tegishli ovozlar soni jamiyatning kuzatuv kengashiga saylanishi 
lozim  bo‘lgan  shaxslar  soniga  ko‘paytiriladi  va  Aksiyador  shu  tariqa  olingan 
ovozlarni bitta nomzodga to‘liq berishga yoki ikki va undan ortiq nomzodlar o‘rtasida 
taqsimlashga  haqli.  Eng  ko‘p  ovoz  to‘plagan  nomzodlar  jamiyat  kuzatuv 
kengashining  tarkibiga  saylangan  deb  hisoblanadi.  Davlat  vakili  lavozimiga  ko‘ra 
jamiyat  kuzatuv  kengashining  a’zosi  bo‘ladi,  u  Aksiyadorlarning  umumiy  yig‘ilishi 
tomonidan saylanmaydi (qayta saylanmaydi). 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  «Aksiyadorlik  jamiyatlari  va  Aksiyadorlarning 
huquqlarini  himoya  qilish  to‘g‘risida»gi  Qonunning  8  bobiga  asosan  balans  qiymati 
yoki  olish  qiymati  bitim  tuzish  to‘g‘risida  qaror  qabul  qilinayotgan  sanada  jamiyat 
sof  aktivlari  miqdorining  o‘n  besh  foizidan  ellik  foizigachasini  tashkil  etuvchi  mol-
mulk xususida yirik bitim tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish; 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  «Aksiyadorlik  jamiyatlari  va  Aksiyadorlarning 
huquqlarini  himoya  qilish  to‘g‘risida»gi  Qonunning  9-bobiga  asosan  jamiyatning 
affillangan shaxsi bilan bitim tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish; 
 
- jamiyatning tijorat va notijorat tashkilotlardagi ishtiroki bilan bog‘liq bitimlarni 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzish; 
jamiyatning  korporativ  obligatsiyalarini  qaytarib  sotib  olish  to‘g‘risida  qaror  qabul 
qilish; 
jamiyatning  ustav  fondini  (ustav  kapitalini)  ko‘paytirish  masalalarini,  shuningdek 
jamiyat  ustaviga  jamiyatning  ustav  fondini  (ustav  kapitalini)  ko‘paytirish  hamda 
jamiyatning  e’lon  qilingan  Aksiyalari  sonini  kamaytirish  bilan  bog‘liq  o‘zgartish  va 
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masalalarni hal qilish; 
 
- qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorga va  risolaga o‘zgartirish va 
(yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masalalarni hal qilish; 
 
-  O‘zbekiston  Respublikasi  «Aksiyadorlik  jamiyatlari  va  Aksiyadorlarning 
huquqlarini  himoya  qilish  to‘g‘risida»gi  Qonunning  34-moddasiga  muvofiq 


 
 
222 
Aksiyalarni  joylashtirish  (qimmatli  qog‘ozlarning  birja  bozoriga  va  uyushgan 
birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxini belgilaydi. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish