2.2. To‘qimachilik sanoati korxonalarida investitsion loyihalarni boshqarish
samaradorligi
O‘zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida qisqa
muddatlarda qulay investitsion muhitni shakllantirish va rivojlantirishni
rag‘batlantirishga tasir ko‘rsata oladigan omillarni aniqlash va ularni ishga solish
bugungi kunning dolzarb muammolaridandir. Ko‘p ukladli bozor iqtisodiyotini
shakllantirishda davlat boshqaruvi ham muhim o‘rin tutadi. Aynan davlat
tuzilmaviy qayta qurishni amalga oshirishi, tarmoqlararo hamda mintaqalar
bo‘yicha nomutanosibliklarni hal qilishi, fan-texnika taraqqiyotini taminlashi
mumkin.
O‘zbekistonda investitsion siyosat hukumat tomonidan amalga oshirilib, bir
qator rasmiy hujjatlarga asoslanadi. Yil oxirida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining Qarori bilan yangi yilga mo‘ljallangan investitsion dastur
tasdiqlanadi. Dasturda investitsion siyosatning ustuvor yo‘nalishlari, iqtisodning
barcha tarmoqlari va sektorlari doirasida amalga oshirilishi mo‘ljallangan
20
investitsion loyihalar, ularning manbalari, amalga oshiradigan asosiy davlat va
nodavlat tashkilotlari aniq ko‘rsatiladi. Har chorakda dasturni amalga oshirilishi
monitoring tizimi ishlab chiqiladi. Bu monitoring, asosan Iqtisodiyot vazirligi
tomonidan amalga oshiriladi. Xorijiy investitsiyalarning monitoringini Tashqi
iqtisodiy aloqalar investitsiyalar va savdo vazirligi olib boradi.
Yillik investitsion dasturni shakllantirishda hukumat tomonidan qabul
qilingan chora-tadbirlar, maqsadli dasturlar e’tiborga olinadi.
O‘rta muddatga mo‘ljallangan investitsiyalar siyosatining asosiy
yo‘nalishlari davlat tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan iqtisod tarmoqlari
bo‘yicha dasturlarda o‘z aksini topadi.
Ular qatoriga quyidagi asosiy dasturlarni kiritish mumkin:
- Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning
barqaror faoliyatini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish. Bu inqirozga qarshi
2009-2012 yillarga mo‘ljallangan dastur bo‘lib, Prezidentning 29 noyabr 2009 yil
farmoni bilan tasdiqlangan.
- Ishlab chiqarishni 2009-2014 yillarda modernizatsiyalash, texnik va
texnologik qurollantirishga qaratilgan asosiy loyihalarni amalga oshirish choralari
dasturi. Ushbu dastur Prezident Qarori bilan 12 mart 2009 yilda tasdiqlangan.
- O‘zbekistonda 2011-2015 yillarda sanoatni rivojlantirishning ustuvor
yo‘nalishlari. Mazkur Prezident Qarori 25 dekabr 2010 yilda tasdiqlangan.
Sanoatni barqaror rivojlantirish, ayniqsa uning asosiy tarmoqlaridan
bo‘lmish to‘qimachilik, engil, mashinasozlik va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
qayta ishlash kelajakda investitsion siyosatning asosini tashkil qiladi. Avvalambor,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni ana shu tarmoqlarga jalb qilish
investitsion faollikni oshirishda asosiy o‘rin egallaydi.
“O‘zbekengilsanoat” DAK ga 63,76 mln. AQSH dollari qiymatidagi xorijiy
investitsiyalar jalb qilinib, ushbu mablag‘lar Andijondagi “Mimatash tekstil” XK
(sobiq “Oim tekstil” QK), “DEU Tekstil Buxoro” XK, “DEU Tekstil Farg‘ona”
XK, Jizzaxdagi “Forij tekstil” QK hamda Toshkentdagi “Bayteks tijaret” XK va
boshqa korxonalar tomonidan o‘zlashtirildi. [10]
21
Belgilangan topshiriqdan tashqari, kompaniya “Santeks iplik” kompaniyasi
(2,26 mln. AQSH dollari) va “Shindong Spinning Termiz” QK (2,3 mln. AQSH
dollari) bilan umumiy qiymati 4,56 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan yana ikkita
investitsiya loyihasini amalga oshirdi.
“Beshariq tekstil” AJ, “Navbahor tekstil” XK, “Ozborn tekstil” XK,
“Platinum invest” QK, “Mili Guliston tekstil” QK, “Vobkenteks yigiruvchi” SHK,
“Polvontosh tekstil” MCHJ, “Marg‘ilon-Spenteks” XK, “DEU Tekstil Buxoro”
XK, shuningdek, “Plastteks” MCHJ ishga tushirildi. “Asaka tekstil” AJ, “BF
tekstil prodakshn” XK, “Soteks tekstil” XK, “Polteks” XK, “Mega tekstil” XK va
“Surxon Termiz Silk” MCHJ kabi korxonalarning quvvatlari oshirildi.
2012 yilda kompaniyaning asosiy vazifasi tarmoqni modernizatsiya qilish va
texnik qayta jihozlash dasturini bajarishdan iborat bo‘ldi. Ipakchilik tarmog‘i
sohasida iqtisodiy islohatlarni yanada chuqurlashtirish, chet el investitsiyalarini
jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Respublika pillachilik tarmog‘ini yanada isloh qilish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan 2008-2012 yillarda ipakchilik tarmog‘i
korxonalarini tashkil etish va ularni modernizatsiya qilish uchun investitsiyalar,
shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish dasturi bo‘yicha ishlar
amalga oshirildi.
O‘tgan yilning o‘zidayoq, 8 ta ob’ektda “Romstar” QK, Buxoro viloyati;
“Marakand silk” QK, Samarqand sh.; “Helil silk” QK, Namangan sh.; “Romstar”
QK filiali, Xiva sh.; “Far bay texnoteks” QK, Farg‘ona sh.; “Ravnaq Silk” QK,
Bekobod sh. va “Singapur Samarqand” XK (“Hujum” AJ negizida) ishlab
chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu loyihalar bo‘yicha investitsiyalarning umumiy
hajmi 5 mln. AQSH dollaridan ziyod mablag‘ni tashkil qildi (4.22-jadval).
Kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 1,977 mln. AQSH dollarini tashkil
qiluvchi ikkita loyiha (“Surxon-Termiz-Silk” MCHJ va “Silver Silk” QK) amalga
oshirildi.
22
2011-2015 yillarda Toshkent shahrida “RITER O‘zbekiston-Shveysariya”
investitsiya loyihasiga ko‘ra to‘qimachilik dastgohlari ishlab chiqarishga
ixtisoslashgan korxona tashkil etishga 2,0 mln. doll. investitsiya jalb etiladi.
2011-2015 yillarda to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning ustuvor
yo‘nalishlari dasturida ko‘zda tutilgan loyihalar hisobiga ip- kalava ishlab
chiqarish hajmi 345,9 ming tonnaga, ip, ipak gazlama ishlab chiqarish hajmi 211,6
mln. kv.m.ga, to‘qimachilik mato ishlab chiqarish 245,7 ming tonnaga, tikuv-
to‘qimachilik mahsulotlari hajmi 227,1 mln. donaga, paypoq mahsulotlari esa 72,5
mln. juftga ortadi (3.7-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |