Koronavirus kasaligining dunyo mikyosida tarkalishi oqibatida O’zbekistonga kirib kelishi



Download 22,72 Kb.
Sana26.06.2022
Hajmi22,72 Kb.
#706740
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Pandemiya sharoitida davlatimizning xalk salo


Mavzu: O’zbekiston Pandemiya sharoitida davlatimizning xalk salomatligini asrash borasidagi samarali faoliyati Koronavirus pandemiyasi.


Reja:

  1. Koronavirus kasaligining dunyo mikyosida tarkalishi oqibatida O’zbekistonga kirib kelishi.

  2. Karantin choralari Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rakbarligida pandemiyaga karshi kurash borasida kuyilgan muxim vazifalari.

  3. Sinovli jarayonlarda axolini davlat ijtimoiy ximoya tadbirlari bilan tulik kamrab olish, soglikni saklash va sanitariya-epidemiologiya xizmatining koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan bemorlarni uz vaktida aniklash, ularga tibbiy yordam kursatish.

  4. Ta'lim tizimi faoliyatini masofaviy shaklga Utkazilishi mamlakatimizda oliy ukuv yurtlari soxasining usib borishi.



COVID-19 pandemiyasi — SARS-CoV-2, yaʼni ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusi keltirib chiqaradigan COVID-19 koronavirus infeksiyasi kasallig i pandemiyasi. Ilk marotaba 2019-yilning dekabrida Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan kasallik 2020-yilning 11-martida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya deb belgilandi. 6-noyabr 2020-yilga qadar virusni 190 dan oshiq mamlakat va hududda yashovchi 48,8 milliondan oshiq odam yuqtirdi; 1 230 000 dan oshiq odam kasallik tufayli halok boʻldi, 32,2 milliondan oshiq odam esa tuzaldi. Xitoy, Yevropa, Eron, Janubiy Koreya va AQShda pandemiya oʻchoqlari yuzaga keldi.
Virus grippga oʻxshash tarzda yoʻtalganda hamda aksa berganda chiqariladigan tomchilar orqali shaxsdan-shaxsga yuqadi. Virus bemorda kasallik alomatlari yuzaga kelganda eng yuqumli boʻlsa-da, kasallik belgilari paydo boʻlishidan oldin ham boshqalarga yuqishi mumkin. Kasallik alomatlari odatda besh kunda paydo boʻladi, ammo bu davr 2 kundan 14 kungacha davom etishi mumkin. Kasallikning asosiy alomatlari isitma, yoʻtal va nafas qisishidir. Kasallik bemorda pnevmoniya hamda oʻtkir nafas olish distress-sindromi keltirib chiqarishi mumkin. Ayni damda COVID-19 ga qarshi vaksina yoki preparat yoʻq. Kasallikni boshqarish simptomlarni davolash hamda yordam terapiyasidan iborat. Kasallik tarqalishi oldini olish uchun qoʻllarni yuvish, yoʻtalganda ogʻizni toʻsish, boshqalardan (ayniqsa, oʻzini yaxshi his qilmayotganlardan) uzoqroq masofada boʻlish tavsiya qilinadi. Virusni yuqtirganini taxmin qilayotgan shaxslarga 14 kun davomida oʻzlarini izolyatsiya qilish tavsiya qilinadi.
Kasallik tarqalishi oldini ilish maqsadida sayohat qilishni cheklash, karantin, komendantlik soati, tadbirlarni keyinga qoldirish va bekor qilish hamda muassasalarni yopish kabi choralar koʻrildi. Xususan, virus tarqala boshlagan Xubey provinsiyasi karantinga olindi, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Chexiya va Germaniyada mamlakat boʻylab karantin joriy qilindi, Xitoy va Janubiy Koreyada komendantlik soati joriy qilindi, turli mamlakatlarda chegaralar yoppasiga yopildi yoki sayyohlarga qarshi cheklovlar joriy qilindi,aeroport va poyezd stansiyalarida nazorat choralari yoʻlga qoʻyildi, virus keng tarqalayotgan hududlarda sayohat qilishga qarshi tavsiyalar eʼlon qilindi. Kamida 115 davlatda universitet va maktablar yoppasiga yoki ayrim hududlarda yopildi, bu choralar 950 milliondan oshiq talaba faoliyatiga taʼsir koʻrsatdi. Oʻzbekistonda virusni yuqtirish holati ilk marotaba 15-mart kuni qayd etildi.
Pandemiya global miqyosda qator ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni keltirib chiqardi, sport va madaniy tadbirlar keyinga qoldirilishi yoki bekor qilinishiga sababchi boʻldi, dori-darmon, elektronika mollari hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi yuzaga kelishi haqida xavotirlarga sabab boʻldi. Shuningdek, Internetda virus va pandemiya haqida notoʻgʻri maʼlumotlar hamda fitna nazariyalari urchidi, turli mamlakatlarda ksenofobiya va irqchilik holatlari kuzatildi, vahimaga tushgan xaridorlar tualet qogʻozi kabi mollarni koʻp miqdorda sotib olishi kuzatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining 2020 yil 27 fevraldagi 2-sonli qaroriga asosan 2020 yil 1 mart kunidan boshlab O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus COVID-19 kasalligining kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha amalga oshiriladigan harakatlar algoritmiga asosan joriy etiladigan tartib tasdiqlandi. Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasiga davlat chegarasidan kirib kelayotgan fuqarolar ularning qaysi davlat fuqaroligidan qat'iy nazar COVID-19 koronavirus kasalligi bo‘yicha epidemik vaziyat murakkab bo‘lgan davlatlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki boshqa davlatlar orqali kirib kelayotgan bo‘lsa bu tartiblar joriy etiladi. Agarda, fuqarolar “COVID-19” koronavirus kasalligi qayd etilmagan boshqa davlatlarda 14 sutkadan ortiq vaqt mobaynida istiqomat qilib, so‘ngra O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan bo‘lsa - ularga nisbatan karantin va cheklovlar joriy etilmaydi. Xitoy Xalq Respublikasi, Janubiy Koreya Respublikasi, Eron Islom Respublikasi, Italiya, Afg‘oniston Islom Respublikasi, Yaponiya davlatlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki boshqa davlatlar orqali, bir vaqtda uyushgan holda kirib kelganda fuqarolar 14 sutkaga karantinga olinadi. Agar mamlakatda koronavirus infeksiyasining birinchi holati 16 martda aniqlangan bo‘lsa, davlat rahbarining birinchi farmoni 19 martda e’lon qilindi. Va bugungi kunga qadar respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi barcha o‘zgarishlar uzluksiz tahlil qilinib, barcha zarur qarorlar qabul qilinmoqda. Shu yilning mart oyidan iyun oyiga qadar Respublikada pandemiyaning aholi turmush darajasi va iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirishga qaratilgan davlat rahbarining 14 ta farmon va qarorlari qabul qilindi.
Natijada 500 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’ekti va 8 milliondan ortiq fuqaroga qariyb 30 trln. so‘m miqdorida imtiyoz va preferensiyalar berildi. Bunday yirik ko‘lamli davlat ko‘magi mart oyida 10 trillion so‘m hajmdagi “Inqirozga qarshi kurashish” jamg‘armasi tashkil etilganligi va boshqa ko‘rilgan ko‘plab boshqa chora-tadbirlar tufayli amalga oshirildi.
Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining faoliyati shaffof bo‘lib, mablag‘larning nimaga sarf qilinayotganligi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar shakllantirilgan. Shu jumladan, bugungi kunda Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining xarajatlari 5,3 trillion so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, undan koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash harajatlari 746 milliard so‘m qo‘shimcha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish xarajatlari 1 741 milliard so‘m aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari 641 milliard so‘m sanoatni qo‘llab-quvvatlash xarajatlari 2 trillion 166 milliard so‘mni tashkil etdi.
Agar barcha jalb qilingan mablag‘lar haqida gapiradigan bo‘lsak, koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilgan jami chora-tadbirlarning umumiy qiymati 62,6 trillion so‘m (6,13 milliard dollardan ko‘proq)ni (O‘zbekiston Respublikasi YAIMning 10 foizdan ortig‘i) tashkil qiladi. Bu haqiqatan ham ulkan xajmdagi moliyaviy ko‘mak hisoblanadi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi pandemiya sharoitida 165 dan ortiq mamlakatda ko‘rilgan choralarni o‘rganib chiqdi. Bu davlatlarning har biri o‘zining iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o‘z modellarini ishlab chiqishgan. Inqirozga qarshi kurashishda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash juda muhim hisoblanib, bunda nafaqat subsidiya yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlar, balki birinchi navbatda soliqlarni kamaytirish yoki ulardan ozod qilish ham muhim ahamiiyat kasb etadi. Ayni paytda, O‘zbekiston iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashning ushbu variantidan foydalanmoqda, xususan soliq va bojxona imtiyozlari, shuningdek, kechiktirib to‘lash imkoniyatlari, maqsadli subsidiyalar shular jumlasidandir.
Davlat iqtisodiy va moliyaviy xarajatlarning katta qismini o‘z zimmasiga oldi, bu esa mamlakatdagi va dunyodagi beqaror epidemiologik vaziyat davrida iqtisodiyotga, birinchi navbatda kichik va o‘rta biznesga yetkazilgan zararni minimallashtirish maqsadida amalga oshirildi. Iqtisodiyot tarmoqlariga 2,3 trillion so‘m miqdorida soliq imtiyozlari, Inqirozga qarshi kurashish fondidan esa umumiy xajmi 3,6 trillion so‘mga teng mablag‘ ajratildi. Ushbu yordam ko‘lamini biznes bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan aholi his etishlari qiyin bo‘lishi mumkin. Ammo, aynan shu chora-tadbirlar tufayli ko‘pgina ish o‘rinlari saqlab qolindi va ishsizlikning oshib ketishi to‘xtatib qolindi.
Kichik va o‘rta korxonalar mamlakat yalpi ichki mahsulotining 54 foizini ishlab chiqarishini va bandlikning 76 foizini ta’minlayotganligini hisobga olib, ularni qo‘llab-quvvatlash choralari ham amalga oshirilmoqda. Xususan, mazkur turdagi korxonalar 1 iyundan 1 sentyabrgacha bo‘lgan davrda ham mulk va yer solig‘i to‘lashdan ozod etild
Aholini ish bilan bandligini rag‘batlantirish, ish o‘rinlari va daromadlarini saqlash bo‘yicha juda ko‘p ishlar amalga oshirildi. Xususan:
• jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 230 mingga yaqin ishsiz fuqarolar vaqtinchalik ish bilan ta’minlandi; 
• kam ta’minlangan oilalarni shaxsiy tomorqa yerlarini rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi kooperativlarini tashkil etish uchun subsidiyalar berish mexanizmi orqali 33 mingdan ortiq oilalar ish bilan ta’minlandi;
• 3 mingga yaqin ishsiz fuqaro tadbirkorlikni rivojlantirish uchun beriladigan subsidiyalar hisobiga ishga joylashtirildi;
• 20 ming ishsiz fuqaroga ishsizlik bo‘yicha nafaqa berildi.
Mazkur choralar natijasida uch oy davr mobaynida jami 374 ming fuqaro ish joyi va doimiy daromad bilan ta’minlandi. Shu bilan birga, 27 ming ishsiz fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida 10 milliard so‘m ajratildi.
Fuqarolarning ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari ham e’tibordan chetda qolmadi. Asosiy maqsad o‘zgargani yo‘q - fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash bilan birga davlat tomonidan o‘rnatilgan ijtimoiy majburiyatlarni bajarish. Maxsus o‘rganishlar natijalariga ko‘ra, 583 mingta “kam ta’minlangan oilalar” moliyaviy yordamga muhtojligi aniqlandi va “Sahovat va ko‘mak” umummilliy harakati doirasida ularga 307 milliard so‘mdan ortiq miqdordagi moliyaviy yordam ko‘rsatildi.
Aholini, ayniqsa, kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ishsiz aholini haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etish maqsadida jami 279,6 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni 595 ming oiladan 723 ming oilaga yoki 21 foizga oshirildi. 2020 yilda yangi ish o‘rinlarini yaratish va fuqarolar daromadlarini oshirish maqsadida oilaviy biznesni rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan kreditlar hajmi 4 trillion so‘mni tashkil etdi.
Shu bilan birga, 8 iyul kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari qashshoqlikni kamaytirish ishlari davom etayotganini ham kamida 257 ming kam ta’minlangan oila vakillarini ish bilan ta’minlash va oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 37 ming oilaga kredit berish zarurligini ta’kidlab o‘tdilar.
joriy yilning 1 iyul’idan boshlab O‘zbekistonda o‘zini-o‘z ish bilan band qilgan aholini ro‘yxatga olishning yangi tizimini joriy qildi. Bu bilan iqtisodiyotning norasmiy sektorida ishlayotgan jismoniy shaxslar huquqiy maqom berilishi bilan birga ularning daromadlari soliq solinmaydigan tizim joriy etilmoqda. Davlat ularga xufyona iqtisodiyotdan chiqib, o‘z-o‘zini ish bilan band sifatida ro‘yxatdan o‘tishga va rasmiy maqomga o‘tib foyda va preferensiyalar olish imkonini beradi.
Vaqtinchalik bandlik sertifikatlari 67 faoliyat turlari uchun beriladi, shu jumladan, repetitorlik, bolalar va qariyalarga qarash, binolarni tozalash, kichik ta’mirlash, avtomobil yuvish, chorva boqish, tabiblik (litsenziyaga ega bo‘lsa), makulatura yoki boshqa ikkilamchi xom-ashyo yig‘ish va hokazo. Guvohnoma mavjudligi mazkur toifadagi aholi soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqini beradi. O‘zini-o‘zi ish bilan band qilganlarning daromadlariga soliq solinmaydi va tashkilotlar tomonidan ularni shartnoma asosida ishga olishda ularning mehnatiga haq to‘lashda yagona ijtimoiy to‘lov ob’ekti sifatida ko‘rilmaydi.
Shuningdek, o‘zini-o‘zi ish bilan band qilgan aholi uchun pensiyalarni hisoblab borish imkoniyatlari ham yaratildi. O‘zini-o‘zi ish bilan band qilgan shaxslar, ishlagan muddatidan qat’iy nazar, ijtimoiy soliqni 2020 yil uchun bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50% miqdorida to‘laydilar (bugungi kunga kelib, BHM 223 ming so‘m). Bu mablag‘ byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga to‘liq yo‘naltiriladi. Shunga asoslanib, pensiyani hisoblash uchun daromad miqdori yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda hisoblanadi.
O‘zini-o‘zi ish bilan band qilgan aholini tezkor ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ular maxsus mobil ilova yoki soliq to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘i orqali matritsali shtrix-kod (QR-kod) berilishi bilan onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Qayd etish joizki, dastlabki bir necha kun ichida tizimda 45 mingdan ziyod o‘z-o‘zini ish bilan band qilgan kishilar ro‘yxatga olingan. Yil oxirigacha ularning soni 200 mingdan oshishi kutilmoqda.
joriy yilning iyul oyi boshlarida Markaz Jahon banki bilan hamkorlikda “O‘zbekiston fuqarolarini tinglash” (L2CU) loyihasi doirasida KOVID-19ning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari bo‘yicha keng ko‘lamli tadqiqot o‘tkazdi. Ushbu tadqiqotga ko‘ra, hukumatning inqirozga qarshi choralar natijasida aprel’-may oylarida ishidan ayrilgan o‘zbekistonliklar soni 19 foizdan 12 foizga kamaygan. Shunday qilib, bu davrda fuqarolarning bandlik darajasi 43 foizdan 58 foizga oshdi. May oyida oziq-ovqat ta’minotidagi uzilishlar haqidagi murojaatlar soni taxminan 6 foizga tushdi. Iyun oyida oziq-ovqat tanqisligi bo‘yicha yangi faktlar kuzatilmadi va deyarli 4 million aholi favqulodda yordam sifatida oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qildi. Respondentlarning katta qismi hukumat tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va fuqarolar bilan ochiq muloqotni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Markaz tomonidan BMTning Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan pandemiya sharoitida hamda davlat tomonidan qo‘llaniladigan profilaktik chora-tadbirlar kichik va o‘rta korxonalarga ta’siri bo‘yicha korxonalar kesimida o‘tkazilgan so‘rovnomalar asosidagi tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, korxonalarning aksariyati (78 foiz) pandemiya bilan bog‘liq cheklov choralari doirasida biznesni davom ettirmoqda.
Markazimiz tomonidan yuritilayotgan yana bir indeks - iyun oyidagi ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan o‘rtacha o‘sishni ko‘rsatdi. O‘tgan oyda bo‘lgani kabi iqtisodiyotda ham ishbilarmonlik faolligi tiklanishda davom etayotganligidan dalolat bermoqda.
Shuningdek, biz joriy qilingan karantin va cheklov choralari doirasidagi ishbilarmonlik muhitining holatini o‘rganib chiqdik. Ushbu so‘rovda mamlakatning barcha hududlaridan qariyb 1000 ta korxona ishtirok etdi. Korxonalarning 76 foizi o‘z biznesi istiqbollarini "Yaxshilanadi", 20 foiz "O‘zgarmaydi" va faqat 4 foiz "Yomonlashadi" deb baholagan. So‘rovning uchinchi davri shuni ko‘rsatdiki, ko‘pchilik respondentlarning fikriga ko‘ra, yaqin 2-3 oy ichida mamlakat iqtisodiyoti jadal rivojlanishni boshdan kechiradi. 
O‘tkazilgan barcha tadqiqotlar natijalariga ko‘ra shuni aytish mumkinki, ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida iqtisodiyotimiz pandemiya kabi krizis holatlariga (bir oy ichida keskin pasayish kuzatilgan) yetarli darajada barqarorligini namoyon qildi va iqtisodiyotda tiklanish jarayonlari juda faol amalga oshmoqda. Bu esa cheklovlarning vaqtincha kuchayishi tiklanayotgan o‘sishni to‘xtatmasligini anglatadi.
Xalqaro tashkilotlarning prognozlariga ko‘ra, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida O‘zbekiston Respublikasi pandemiyaning salbiy oqibatlari iqtisodiyotdagi pasayish bilan emas, balki faqat iqtisodiy o‘sish sur’atlarining 1,5 foiz darajada saqlanib qolishi bilan tavsiflanadigan kichik sondagi mamlakatlar guruhiga kiradi, bu ko‘rsatkich esa boshqa davlatlarnikiga qaraganda ancha yuqori.



Download 22,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish