Talamusga joylashgan neyronlar 40 taga yaqin yadro hosil qiladi. Funksional nuqtai nazardan yadrolar bo’linadi. - spetsifik
- nospetsifik
- assotsiativ
- motor.
GIPOTALAMUS Hajmi uncha katta bo’lmagan, ammo muhim faoliyatga ega bo’lgan gipotalamus miyaning uchinchi qorinchasi tubida va yonlarida joylashgan. U vegetativ, endokrin va somatik faoliyatlarni birlashtirish, hamda ichki muhit barqarorligini ta’minlashdek juda muhim ishni bajaradi. GIPOTALAMUS KULRANG MODDA YADROLARI: - Preoptik guruhi: paraventrikulyar, medial va lateral preoptik yadrolardan iborat
- Oldingi guruh: supraxiazmatik, supraoptik va paraventrikulyar yadrolardan iborat
- O’rta guruh: ventromedial va dorsomedial yadrolardan iborat
- Tashqi guruh: lateral gipotalamik yadro, kulrang do’mboq yadrosidan iborat
- Orqa guruh: orqa gipotalamik yadro, perifronikal yadro va bir nechta mamillyar yadrolardan iborat
GIPOTALAMUSNING VEGETATIV FAOLIYATLARNI BOSHQARISHDAGI ISHTIROKI Gipotalamusning qaysi qismini elektr toki bilan ta’sirlamang, yurak va tomirlar tizimi faoliyati o’zgaradi. Gipotalamusning shikastlanishi tana harorati barqarorligini saqlash, ovqatga va suvga bo’lgan ehtiyojni boshqarish, hamda boshqa faoliyatlarning o’zgarishiga olib keladi. Bu o’zgarishlar gipotalamus visseral faoliyatlarni boshqarishda katta rol o’ynashini ko’rsatadi. Gipotalamus faqat qon aylanishini emas, balki boshqa ichki a’zolar ishini ham organizmning faollik holatiga moslashishini ta’minlaydi. GIPOTALAMUSNING TANA HARORATI BARQARORLIGINI SAQLASHDAGI ISHTIROKI - Gipotalamusning orqa sohalarini ta’sirlash modda almashinuvining kuchayishiga, nafas olish va yurak urishi sonlarining ortishiga, muskullarda titroq paydo bo’lishiga, shuningdek harorat ko’tarilishiga olib kleadi. Bu sohalarni shikastlash issiqlik hosil bo’lishini va haroratni kamaytiradi.
- Gipotalamusning oldingi sohalari haroratni saqlashning fizikaviy mexanizmlarini birlashtiradigan markaz. Bu yerda issiqlikni sezuvchi neyronlar topilgan. Ularga issiq bilan ta’sir qilinganda neyronlarning impuls ishlab chiqarish faolligi oshadi va issiqlik yo’qotilishi tezlashadi.
GUMBAZ (LIMBIK) TIZIMI Odamning maqsadli xatti-harakatini shakllantiradigan miyani yangi po’stloqqa va gumbaz (limbik) tizimga bo’lishadi. Yangi po’stloq xulqni ro’yobga chiqaradi, odamning tashqi muhit bilan vaqt va fazodagi munosabatlarini boshqaradi, mantiqli fikr yuritishga javob beradi. Limbik tizim esa intilish va hissiyotlarni shakllantiradi, o’qish-o’rganish va xotira uchun katta ahamiyatga ega. Limbik tizimning po’stloq sohasiga gippokamp, gippokamp oldi egat, belbog’ o’zak, hid sezishni ta’minlovchi tuzilmalar kiradi. Bodomsimon tana, septal yadrolar va oldingi talamik yadro limbik tizimning po’stloq osti tuzilmalarini tashkil qiladi Miyasining chakka sohalari shikastlangan bemor yaxshi tanish bo’lgan odam va narsalarni birinchi marta ko’rayotgandek bo’ladi. Bu odam narsalarning nimaga kerakligini tushunmaydi. Qo’liga tushgan narsani og’ziga soladi. Hamma narsaga, atrofidagi odam va voqealarga befarq qaraydi. Noma’qul xatti-harakatlar qilishi mumkin. Chakka va bodomsimon sohalarda hissiyot va xatti-harakatlarning shakllanishiga javobgar nerv tuzilmalari mavjud. Balki, bu tuzilmalarda asosan ko’ruv va eshituv analizatorlari orqali tashqi muhitdan tushgan ma’lumotlar xotiradagi ma’lumotlarga taqqoslanadi. Taqqoslash ma’lumotlarning organizm uchun ahamiyatini baholash imkonini beradi va bodomsimon tana orqali oldingiga o’xshash sharoitda organizm uchun foydali bo’lgan hissiyot va xatti-harakatlarni yuzaga chiqaradi. E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |