Qora substansiya - O’rta miyaning muhim yadrolaridan biri qora substansiyadir. U bosh miya asosida joylashgan bazal tugunlar – targ’il tana va oqimtir yadro bilan tuzilma, hamda faoliy bog’lanishlarga ega. Qora substansiyani targ’il tana bilan bog’lovchi yo’llar shikastlanganda og’ir xastalik – parkinsonizm rivojlanadi. Parkinsonizm uchun nafis harakatlarning va mimikaning buzilishi, beixtiyor titrash harakatlarining paydo bo’lishi xosdir. Qora substansiya ovqatni chaynash va yutish reflekslarini boshqarishda bevosita ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |