Qizil yadro - O’rta miyaning qizil yadrosi tushuvchi rubro-spinal yo’l boshlanadigan joy hisoblanadi. Bu yo’l orqali orqa miya segmentlariga kelib turadigan impulslar skelet muskullarining tonusini boshqaradi. Qizil yadrodagi yirik neyronlarni elektr toki bilan ta’sirlash orqa miyadagi bukuvchi alfa- va gamma-motoneyronlarni qo’zg’atib, yozuvchi motoneyronlarni tormozlaydi
- Miyacha bosh miya yarim sharlarining orqasida, uzunchoq miya va Varoliy ko’prigi ustida joylashgan. Miyacha o’rta qismi – chuvalchang va uning ikki tomonidagi miyacha yarim sharlari, hamda uncha katta bo’lmagan qo’shimcha yon bo’laklardan iborat.
- Miyacha yarim sharlarining har qaysisi tishsimon, po’kaksimon, sharsimon yadrolarga ega. Miyachaning o’rta qismida ikkita chodir yadrosi bor.
- Miyacha MNTning boshqa qismlariga pastki, o’rta va yuqori oyoqchalar degan uchta qalin tutamlar yordamida bog’langan.
Do'stlaringiz bilan baham: |