Fanlararo aloqadorlik: Matematika, astronomiya, biologiya, kimyo.
Darsning jihozlari: darslik, qo`shimcha adabiyotlar, tarqatma materiallar.
Asosiy tushuncha va atamalar: Tok, magnit maydon, g`altak, Magnit induksiyasi, Magnit oqimi, Amper kuchi
Darsning blok chizmasi:
№
|
Dars bosqichlari:
|
Vaqti:
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 minut
|
2
|
O`tilganlarni takrorlash
|
10 minut
|
3
|
Yangi mavzuni bayoni
|
25 minut
|
4
|
Darsni mustahkamlash
|
5 minut
|
5
|
Uyga vazifa
|
2 minut
|
Darsni o`tish metodi: joriy, baxs munozara, savol- javoblar.
Darsni borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashish, davomatini aniqlash, navbatchilikni nazorat qilish.
O`tilgan darsni takrorlash: uyga vazifani tekshirish orqali o`tilganlarni takrorlash. Yangi mavzu bayoni:
1-masala: Rasmda tebranish konturidagi tok o`zgarishlari keltirilgan. Vaqtning 2*10-3s va 3,5*10-3s oralig`idagi energiya o`zgarishini tavsiflang.
Yechilishi: Keltirilgan grafikka ko`ra vaqtning 2*10-3s va 3,5*10-3s oralig`ida g`altakdan o`tuvchi tok kuchi ortib, o`zining maksimal qiymatiga erishadi.
Demak, kondensatordagi elektr maydon energiyasi nolgacha kamayadi va g`altakdagi magnit maydon energiyasi ortib, maksimal qiymatiga erishadi.
2-masala: Amplituda qiymati 30 V bo`lgan o`zgaruvchan tok zanjiriga resistor ulanganda undan 2A tok o`tdi. Rezistorda ajralgan o`rtacha quvvatni toping.
Berilgan:
Um=30V
Im=2A
|
Formulasi :
P=Im*Um/2
|
Yechilishi :
P=2A*30V/2=30W
Javob : 30W
|
Topish kerak :
P=?
|
3-masala: Chastotasi 50 H bo`lgan o`zgaruvchan tok zanjiriga sig`imi 50 µF bo`lgan kondensator ulangan. Zanjirning sig`im qarshiligi nimaga teng?
Berilgan:
C=50 µF=50*10-6F
ν=50 H
|
Formulasi :
Xc=1/ωC=1/2πνC
|
Yechilishi :
Xc=1/2*3.14*50*50*10-6Ω=106/6,28*2500 Ω=63,69 Ω
Javob : 63,69 Ω
|
Topish kerak :
Xc=?
|
Mustahkamlash:
1-masala : Tebranish konturi sig`imi 8 pF bo`lgan kondensator va induktivligi 0,5 mH bo`lgan g`altakdan iborat. G`altakdagi tok kuchining maksimal qiymati 40mA bo`lsa, kondensatordagi maksimal kuchlanish nimaga teng? (javobi: 317V)
2-masala: Ideal tebranish konturining induktivligi 0,2 H bo`lgan g`altak sig`imi 20 µF bo`lgan kondensatordan iborat. Kondensatordagi kuchlanish 1V bo`lgan paytda konturdagi tok kuchi 0,01 A. Tok kuchining maksimal qiymatini aniqlang. ( javobi: 0,012A)
Uyga vazifa: 70- betdagi 12- va 14- masalalarni yechish.
Baholash: dars davomida baholab jurnalga qayd qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |