Ko’rildi: O’ibdo’



Download 2,06 Mb.
bet124/128
Sana07.08.2021
Hajmi2,06 Mb.
#140996
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128
Bog'liq
11 sinf

Fanlararo aloqadorlik: Matematika, astronomiya, biologiya, kimyo.
Darsning jihozlari: darslik, qo`shimcha adabiyotlar, tarqatma materiallar.
Asosiy tushuncha va atamalar: Elementar zarralar

Darsning blok chizmasi:




Dars bosqichlari:

Vaqti:

1

Tashkiliy qism

3 minut

2

O`tilganlarni takrorlash

10 minut

3

Yangi mavzuni bayoni

25 minut

4

Darsni mustahkamlash

5 minut

5

Uyga vazifa

2 minut


Darsni o`tish metodi: joriy, baxs munozara, savol- javoblar.
Darsni borishi:

  1. Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashish, davomatini aniqlash, navbatchilikni nazorat qilish.

  2. O`tilgan darsni takrorlash: uyga vazifani tekshirish orqali o`tilganlarni takrorlash.

  3. Yangi mavzu bayoni:

Dastlab atom yadrosi va elementar zarralar fizikasining paydo bo’lishi hamda taraqqiy qilishiga imkoniyat yaratib bergan qurilmalar bilan tanishamiz. Bular yadrolar va elementar zarralarni qayd qilish, ularning to’qnashishlari va o’zaro bir-biriga aylanishlarni o’rganish uchun mo’ljallangan qurilmalardir. Xuddi shu qurilmalargina mikroolamda bo’ladigan real xodisalar haqida zarur ma’lumotlar beradi.

Elementar zarralarni yoki harakatlanuvchi atom yadrolarni qayd qiluvchi har qanday qurilma-huddi o’qlab tepkisi tortib qo’yilgan miltiqqa o’hshaydi. Bu miltiqning tepkisiga salgina bosish sarf qilingan kuch bilan taqqoslab bo’lmaydigan effektni beradi, miltiq otiladi. Qayd qiluvchi asbob-beqaror holatda tura oladigan biror darajadagi murakkab makroskopik sistemadir. Uchib o’tgan zarralar tomonidan berlgan ozgina ta’sir natijasida sistemaning yangi, barqarorroq holatga o’tish jarayoni boshlanadi. Ana shu jarayon sarrani qayd qilishning ko’plab turli-tuman metodlaridan foydalaniladi. Eksperimentning maqsadi va u o’tkaziladigan sharoitlarga qarab, bir-biridan asosiy harakteristikalari bilan farq qiladigan qayd qiluvchi qurilmalardan biri ishlatiladi.

Geyger schyotchigi – zarralarni avtomatik ravishda sanaydigan eng muhim asboblardan biridir. Schyotchik ichki tomoni metall qatlam bilan qoplangan shisha nay va nayning o’qi bo’ylab tortilgan ingichka metall toladan iborat. Nayga gaz, odatda, argon to’ldiriladi. Schyotchikning ishlashi zarb ta’sirida ionlashishga asoslangan. Zaryadli zarra (elektron, a-zarra va hokazo) gazdan uchib o’tayotib, atomlardan elektronlarni uzib chiqara oladi va musbat ionlar hamda erkin elektronlar hosil qiladi. Anod bilan katod orasidagi elektr maydon (anod va katodga yuqori kuchlanish beriladi) elektronlarni zarb ta’sirida ionlashish boshlanadigan energiyalargacha tezlatadi. Ionlar ko’chkisi boshlanadi va schyotchikdan o’tayotgan tok keskin ortib ketadi. Bunda R nagruzka qarshiligida kuchlanish impul’si yuzaga keladi va bu impul’s qayd qiluvchi qurilmaga uzatiladi. Schyotchik o’ziga tushgan navbatdagi zarrani qayd qilishi uchun ko’chki razryadni so’ndirish zarur. Bu avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Tok impul’si paydo bo’lishi paytida R nagruzka qarshiligida katta kuchlanish pasayuvi yuzaga keladi, shuning uchun anod va katod orasidagi kuchlanish keskin kamayadi, bu kamayish razryadning yo’qolishi uchun yetarli bo’ladi.

Geyger schyotchigi asosan elektronlar va -kvantlarni (katta energiyali fotonlarni) qayd qilish uchun ishlatiladi. Biroq -kvantlarning ionlashish qobiliyati zaif bo’lgani uchun ular bevosita qayd qilinmaydi. Ularni payqash uchun nayning ichki devori shunday material bilan qoplanadiki, -kvantlar bu devori shunday materialdanelektronlarni urib chiqaradi.

1919 yildа Rеzеrfоrd аzоt yadrоsini аlpfа zаrrаlаr bilаn bоmbаrdimоn qilgаndа ulаrdаn vоdоrоd yadrоlаri аjrаlib chiqishini kuzаtgаn. Rеzеrfоrd bu zаrrаlаrni prоtоn (grеkchа «birinchi» dеgаn so’zdаn оlingаn) dеb аtаdi. 1932 yildа Rеzеrfоrdning shоgirdi CHеdvik yadrо tаrkibigа kiruvchi yanа bir zаrrа – nеytrоnni аniqlаdi. 1932 yildа CHеdvik kаshfiyotidаn kеyin sоvеt fizigi D.D. Ivаnеnkо vа nеmis fizigi V. Gеyzеnbеrglаr bir-biridаn mustаqil rаvishdа аtоm yadrоsi prоtоnlаr vа nеytrоnlаrdаn tаshkil tоpgаn dеgаn fikrni ilgаri surdilаr. SHu tаriqа аtоm yadrоsining prоtоn vа nеytrоnli mоdеli yarаtildi. Prоtоn vа nеytrоnni yagоnа nоm bilаn nuklоn dеb аtаlаdi.

Prоtоn musbаt zаryadgа egа bo’lib, elеktrоn zаryadigа tеng, yaoni qr=+l=+1,6021910-19 Kl., uning tinchlikdаgi mаssаsi mr=1,6726510-27 kg. Аtоm vа yadrо fizikаsidа mаssаning аtоm birligi (m.а.b.) kаttаligidаn kеng fоydаlаnilаdi. 1 m.а.b. uglеrоd 12 аtоmi mаssаsining 1/12 ulushigа, yaoni 1,6605710-27 kg gа tеng. Nаtijаdа mr=1,00727 m.а.b. gа tеng bo’lаdi. Nеytrоn esа elеktrоnеytrаl zаrrа bo’lib, uning tinchlikdаgi mаssаsi mn=1,6749510-27kg=1,008665 m.а.b. gа tеng.





  1. Mustahkamlash:

      1. Alfa, beta va gamma nurlanishlarini tushuntirib bering.

      2. Atom yadrosini qaysi fizik olim aniqlagan?

      3. Quyosh va yulduzlar energiyasini tushuntirib bering.

      4. O‘zbekistonda yadro fizikasi sohasidagi tadqiqotlar va ularning natijalaridan xalq xo‘jaligida foydalanish haqida tushuntiring.




  1. Download 2,06 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish