10-ma`ruza: Oddiy elektr sistemaning xarakteristik tenglamasini yechish orqali uning turg`unligini tekshirish



Download 173 Kb.
bet1/2
Sana01.01.2022
Hajmi173 Kb.
#287596
  1   2
Bog'liq
10-maruza


10-ma`ruza: Oddiy elektr sistemaning xarakteristik tenglamasini yechish orqali uning turg`unligini tekshirish.

Energosistemaning statik turunligini oshirish usullarini va vositalarini ishlab chiqishga sistemaning butun rivojlanish bosqichlarida katta axamiyat berilib kelmoqda. CHunki qo‘zatishni avtomatik rostlashning keng qo‘llanilishi sistemada kuzatiladigan kuchlanish va chastota kuchkisini bartaraf etishi natijasida energosistemaning turunligini va ishonchliligini oshiradi.

Sistemaning statik turunligini oshirishning yangi masallari energosistema tarkibiga yirik quvvatli IES kiritilishi yangi masala paydo buldi, chunki katta quvvatli bloklar turunlik sharti bo‘yicha ancha noqulay xisoblanadi. Blokli IESsidan ketayotgan elektr uzatishning turunligini oshirishning asosiy tadbirlaridan biri IESning generatorlarini mukkamallashgan kuchli ta’sirli QARlar bilan jixozlash xisoblanadi.

Enerogosistemaning generatorlariga qo‘zatishni avtomatik rostlagich (QAR) o‘rnatilgan bo‘lsa – unga rostlanadigan (boshqariladigan) sistema deyiladi. Rostlanadigan sistemada QARning bajaradigan ishlari:

1) generator EYUKsining qiymatini boshqarish xisobiga uzatilayotgan aktiv quvvatning uzatilish chegarasini va sistemaning turunlik chegarasining yaqinida o‘z-o‘zidan chayq

alish rejimiga olib keladigan faktorlarni bartaraf etish;

2) sistemada elektr uzatish liniyasining boshlanishida kuchlanishni ushlab turish va normal rejimda paydo bo‘ladigan va uning ishlash rejimiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi kichik tebranishlarni tezkor so‘ndirishi xisobiga sistemaning rejimining sifatini yaxshilash;

3) sistemaning parametrlarini yaxshilash, xususan sistemaning xususiy tebranishlar chastotasini o‘zgartirish natijasida rezonans tebranishni bartaraf etish. CHunki bu masalani echish sistemaning statik va dinamik xususiyatini o‘rganishda talab etiladi;

4) qo‘zatish tokini uning maksimal qiymatigacha jadallashtirib tez o‘stirish xisobiga sistemaning dinamik turunlik chegarasini oshirish;

5) sistemaning natijaviy turunligini yaxshilash, sinxronizmdan chiqib ketgan generatorlarning sirpanish koeffitsientining kamayishini stumillapshtirish va generatorning sinxronizmga engillashtirish va sinxronizmda qolgan generatorlarning kuchlanish va burchagiing tebranishini amplitudasini kamaytirish;

6) sistemaning ma’lum bir qismida asinxron rejim bartaraf etilgandan yoki rejimning qandaydir keskin o‘zgarishlaridan sung katta amplitudali tebranishlarni tezkor va to‘la sundirishi.

Qo‘zatishni avtomatik rostlagich yuqorida qo‘yilgan vazifalarni qoniqarli echishi uchun butun elektr sistema elementlarining parametrlarini ma’lum aniqliqda tanlab olishimiz kerak.

Xar bir masalanning echilishi rostlash sistemasining parametrlarini tanlashga o‘zining talabini, ya’ni rostlanadigan sistemaning sxemasi va uning parametrlari va sistemaning rejimi o‘zgarganda qo‘yadi. Rostlanadigan sistemani tekshirish umuman olganda ikkita masalani echish aspektida qaraladi:


Download 173 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish