Amaliy darsning texnologik xaritasi .
t/r
|
Mashg’ulot bosqichlari
|
Ajratilgan vaqt
|
Mashg’ulot mazmuni
|
Ta’lim metodlari
|
Ta’lim vositalari
|
1
|
Tashkiliy qism
|
10 minut
|
-o’quvchilar bilan salomlashish
-navbatchilik axboroti tinglanadi
-yangi mavzu boshlashdan oldin o’quvchilar fikrini jamlash
|
Savol-javob
|
Kompyuter sinfi , video- prayektor,Doska , bo’r
|
2
|
Kirish qismi (motivatsiya)
|
15minut
|
-o’tilgan mavzu so’raladi
-yangi mavzuni rejalari tuziladi
|
Amaliy topshiriq
|
Amaliy topshiriq kartochkalari
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
35minut
|
-yangi mavzu rejalari asosida bayon etiladi
-o’quvchilar guruh bo’lib ishlaydilar
-yangi mavzuga o’z fikrlarini bildiradilar
|
Guruh bo’lib ishlaydilar
|
Darslik,slayd , kompyuter , videoprayektor
|
4
|
Mustahkamlash (Qo’llash)
|
15 minut
|
-o’qituvchi o’quvchilarni bilim , ko’nikma , malakalarini sinab ko’radi
-mustaqil topshiriq bajaradi
|
Mustaqil ishlaydilar
|
Amaliy topshiriq kartochkalari
|
5
|
Yakuniy qism
|
5 minut
|
O’qituvchi dars so’ngida darsni yakunlab xulosa qiladilar
|
O’zingizni baholang
|
Amaliy topshiriq savollari
|
O’qituvchi : /_________/ D.R.Otaqulova
Jamiyatni axborotlashtirishda ma’lumotlar omborining o’rni beqiyos bo’lib, bunga jamiyatning barcha sohalaridan misollar keltirish mumkin.
Xabaringiz bor, Toshkentda telefon raqamlari yetti xonali raqamlar bilan almashtirilmoqda, ya’ni Toshkentdagi telefonlar soni bir millionga yaqinlashib qoldi. Shunday katta xo’jalikni boshqarishning o’zi bo’lmaydi, albatta. Bu xo’jalikni yurgazishning o’ziga qanchadan-qancha ishchi kuchlari sarf bo’ladi. Hisobot ishlari ham katta kuch va mablag’ talab qiladi. Shunday katta miqdordagi abonentlar bilan hisob-kitob qilish uchun hisobchilarning butun boshli bir armiyasi kerak bo’ladi, lekin ular ham bu ishlarni eplay olishmaydi. Chunki bexato ishlaydigan hisobchining o’zi yo’q. Ko’z oldingizga keltiring: siz telefoningiz uchun uch baravar ko’p pul to’laysiz, qo’shningiz esa uch yildan beri pul to’lamaydi.
Bu ishlar kompyuter zimmasiga yuklanganligi uchun yuqoridagi kabi xatolar deyarli uchramaydi. Deyarli deyishimizga sabab, onda-sonda uchrab turadigan kamchiliklar kompyuterni boshqaruvchi xodimlar aybi tufayli yuz beradi.
Kompyuter bu ishlarni qanday amalga oshirishi haqida o’ylab ko’rganmisiz? Albatta, bu hisob-kitob ishlarini elektron jadvallar yordamida bajarish mumkin, lekin bir million abonenti bo’lgan Toshkent shahri uchun emas.
Toshkent shahrida so’nggi besh yil ichida chorak million avtomobillar sotildi. Shuncha avtomobillarni hisobga olish uchun kompyuterdan foydalanishdan o’zga chora yo’q. Buning uchun ham ma’lumotlar omboridan foydalanishga to’g’ri keladi.
Respublikamizda har yili deyarli uch yuz ming o’quvchi oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlariga kirishga harakat qiladi. Shuncha o’quvchi bir kunda - 1 avgust kuni test topshiradi va test natijalari o’n kun ichida ma’lum bo’ladi. Bunday qisqa fursat ichida yuzdan ortiq o’quv yurtlarining har biri uchun ularga hujjat topshirgan abituriyentlarning javob varaqalarini qayta ishlab, ularning to’plagan ballarini hisoblab, shu ballar bo’yicha abituriyentlarni tartiblash chiqish, o’qishga qabul qilinganlarini saralash, bu ishlar kompyuter zimmasiga yuklanganligi uchun muvaffaqiyatli hal qilinadi. Eng asosiysi shuncha ish bajarilishiga qaramay, xatoga yo’l qo’yilmaydi. Chunki bu yerda xatoga yo’l qo’yib ham bo’lmaydi, sababi, har bir xato orqasida bir o’quvchining taqdiri yotadi. Bu ishlarning muvaffaqiyati kaliti ham ma’lumotlar omboridir.
O’zbekistonda sakkiz million mehnatga layoqatli aholi bor. Ularning hammasi soliq inspeksiyasi tomonidan hisobga olingan bo’lib, ularning daromadlari davlat tomonidan nazorat qilib boriladi. Agar biror kimsa daromadini yashirsa yoki o’z vaqtida daromadlari deklarasiyasini topshirmasa, ularning har biri soliq inspeksiyasiga chaqirilib, ularga chora ko’riladi. Shunday katta hajmdagi ma’lumotlar ham ma’lumotlar ombori ko’rinishida saqlanadi.
Ma’lumotlar omboriga misol sifatida oylik ish haqini hisoblash va uni saqlashni ham keltirish mumkin. Oylik ish haqini elektron jadvallar yordamida ham hisoblash mumkin, lekin agar korxona juda katta bo’lsa yoki butun buxgalteriya ishlari kompyuterlashtirilgan bo’lsa, ularni ma’lumotlar ombori yordamida ishlash va qayta saqlash samaraliroqdir. Masalan, Toshkent davlat texnika universitetida 2000 dan ortiq o’qituvchi va xodimlar ishlaydi, 7000 ta talaba o’qiydi. Ularning oylik ish haqlari va stipendiyalarini to’rt kishi va ikki kompyuter hisoblab beradi.