Mavzuning o’rganilganlik darajasi.Koreys tilidagi son komponentli frazeologizmlar
Son mavzusi juda muhim hisoblanadi nafaqat koreys tilida boshqa tillarda hamo’z ahamyatiga egadir.
Koreys sanoq sistemasi 2 xil bo’ladi.
Koreys sonlari hamda xitoy sonlaridir.
Kurs ishining manbaalariTadqiqotning asosiy manbalari Koreys tilida son tushunchasini keng anglashdan iborat.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Tadqiqotning maqsadi umumiy son atamasini to’liq yoritish .
Tadqiqotning tuzilishi: Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro’yxatidan iborat.
II.ASOSY QISM.
II.ASOSIYQISM. So’z turkumi haqida umumiy ma’lumot
2.1 O’zbek tilida son so’z turkumi
Soʻz turkumlari — tildagi soʻzlarning ularda umumiy kategorial maʼnoning (maye. otlarda predmetlik, feʼllarda harakatholat), grammatik kategoriyalar yagona tizimining , oʻziga xos soʻz oʻzgarish, shakl va soʻz yasalish tiplarining , sintaktik vazifalar umumiyligining mavjudligiga qarab ajratiladigan guruxlari (Baʼzi adabiyotlarda "soʻzlarning leksikgrammatik kategoriyalari" deb ham ataladi). Demak, soʻzlarni guruhlarga, turkumlarga ajratishda asosan ularning sintaktik, morfologik va maʼnoviy (semantik) xususiyatlarining oʻxshashligi hisobga olinadi. Avvalo 2 asosiy guruhga boʻlinadi: mustaqil Soʻz turkumlari va mustaqil boʻlmagan. Birinchi guruhga oʻzbek tilida mustaqil soʻzlar, ikkinchi guruhga esa yordamchi soʻzlar, undovlar, tatslid soʻzlar va modal soʻzlar kiradi. Mustaqil soʻzlar lugʻaviy maʼnoga ega, nominativ vazifa bajaradigan, yaʼni predmet, hodisa, belgi, harakat kabilarni ataydigan yoki unga ishora qiladigan va gapning mustaqil boʻlagi vazifasida kela oladigan soʻzlardir.
Soʻzlar jumlada egallagan pozitsiyalariga koʻra ham tasnif qilinishi mumkin. Gapda bir xil sintaktik pozitsiyada tura oladigan yoki bir xil sintaktik vazifa bajara oladigan soʻzlar bir Soʻz turkumlariga kiritiladi. Bunda sintaktik vazifalarning yigʻindisigina emas, balki ushbu vazifalardan har birining muayyaniga xoslik darajasi ham muhimdir. Bu vazifalar birlamchi va ikkilamchi turlarga boʻlinadi. Masalan oʻzbek tilida, boshqa bir qancha tillarda boʻlganidek, ot va feʼl turkumidagi soʻzlar oʻrni bilan ega vazifasida ham, kesim vazifasida ham kela oladi, lekin feʼl uchun kesimlik vazifasi birlamchi, egalik vazifasi ikkilamchi hisoblanadi. Xuddi, shuningdek, otlar uchun egalik vazifasi birlamchi, kesimlik vazifasi esa ikkilamchi hisoblanadi.
Har bir soʻz turkumi oʻziga xos grammatik kategoriyalar toʻplami bilan ajralib turadi. Bu kategoriyalar (mas, otlardagi kelishik, egalik, son; sifatlardagi daraja; feʼllardagi shaxsson, mayl, nisbat va boshqalar) har bir Soʻz turkumlari dagi aksariyat suzlarga tegishli buladiki, bu narsa suzlarni turkumlarga ajratishning morfologik mezoni sanaladi.
Hozirgi maktab grammatikalaridagi St. tizimi, yaʼni suzlarni turkumlariga ajratish qad. davrlarga borib taqaladi. Mil. av. 4-asrda Aristotel St.ni 7 ga, mil. av. 5-asrda hind tilshunoslari Yaska, Panini 4 ga boʻlganlar. Keyinroq, mil. av. 2—1-asrlarda aleksandriyalik filologlar Frakiyalik Dionisiy, Apolloniy Diskol, rimlik Varronlar aralash morfologik, semantik va sintaktik asoslarda 8 ga (otism, feʼl, ravish, sifatdosh, artikl, olmosh, kumakchi, bogʻlovchi) boʻlganlar. Bunda ismlar oʻz navbatida ot, sifat va son guruhlarini qamrab olgan. Soʻz turkumlarining bu tizimi maʼlum darajada arab grammatik anʼanalariga ham taʼsir koʻrsatgan: arablar ham feʼldan boshqa mustaqil suzlarni "ism" termini bilan ataydilar. Keyingi davrlarda (urta asrlar va 19—20-asrlarda) yevropa va rus tilshunosligida bu borada bir qancha tasniflar amalga oshirilgan bulsada, ular koʻpincha aleksandriyaliklar tasnifiga tayangan holda bajarilgan. Turli tillarda St. soni va ayrim turkumlarning hajmi turlichadir. Masalan soni hozirgi rus tilida koʻpincha 10 ta deb, oʻzbek tilida esa 10—12 ta deb (turli darsliklar) kursatiladi. Bular 6 ta mustakdl (ot, sifat, son, olmosh, ravish va feʼl), 3 ta yordamchi (koʻmakchi, bogʻlovchi, yuklama) va 3 ta alohida (undovlar, taklid soʻzlar, modal suzlar) St. dir. St. sonining barkarorlashmaganligi kelgusida bu sohada yangi izlanishlar olib borish zarurligini kursatadi.
Ma’lumki, so’z turkumlari o’rtasidagi aloqaning eng yuqori shakli ularning ko’chishidir. So’z turkumlarining ko’chishi esa ularning ikkilamchi vazifasi asosida yuz beradi. Ushbu maqolada so’z turkumlari funksional imkoniyatlarining kengayishi, bu jarayonda ularning birlamchi va ikkilamchi vazifalarining farqlanishi hamda masalaning nazariy asoslari haqida mulohazalar yuritilgan.
So’z turkumlari funksional imkoniyatlarining o’zgarishi lisoniy belgining semantik sintaktik taraqqiyoti sifatida formal va struktur tilshunoslikning markaziy muammolaridan bo’lib kelgan. So’z ma’nolarining kengayishi polisemiyadan tortib, polifunksionallik orqali omonimiya darajasigacha ko’tarilishi mumkinligi bugungi kunda nafaqat grammatik talqinlarni takomillashtirish va grammatik hodisalar ta’limini ob’ektiv voqelik bilan muvofiqlashtirish mazmunida isloh qilish, balki leksikografik talqinlarni ham qayta ko’rib chiqish zaruratini kun tartibiga qo’ymoqda.
So’z turkumlari funktsional imkoniyatlarining kengayishi, bu jarayonda birlamchi va ikkilamchi vazifalarning farqlanishi hamda uning nazariy asoslarini yaratish masalasi tilshunos E.Kurilovich tomonidan o’tgan asrning o’rtalarida kun tartibiga qo’yilgan edi. E.Kurilovich turli turkumga mansub so’zlarining o’z substantsial tabiatiga xos bo’lmagan semantik-sintaktik mohiyat kasb etishini, boshqacha aytganda, bir turkumga mansub so’zlarning boshqa turkum xoslangan vazifalarda kelishini “o’rindoshlik” sifatida qarab, asos va hosila vazifalarni farqlaydi. “Belgini anglatgan so’z (ya’ni, sifat) ham aniqlovchi, ham kesim va mustaqil aniqlovchi (anaforik sifatlar) vazifasini bajarishidan ushbu funktsiyalarning barchasi mazkur so’z turkumiga tegishli, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak” (Kurilovich, 1962: 58- 59) deb yozar ekan, bu bilan so’zlarning xos va xos bo’lmagan ma’no va vazifalarini ajratish yo’lidan boradi. E.Kurilovich so’zlarning gap tarkibidagi vazifasiga “ma’nodan vazifaga” tamoyili asosida yondashib, har bir so’z turkumi aslida ma’lum bir xos ma’nolar majmuiga mos ravishdagi sintaktik vazifalarni bajarishini, bu vazifalar uning uchun birlamchi vazifalar ekanligini ta’kidlaydi. So’zning bosh ma’nosiga birlamchi funktsiya, hosila holatiga ikkilamchi funktsiya muvofiq keladi (Kurilovich, 1962: 58-59). Olim so’zlarning birlamchi funktsiyalarini asosiy vazifa, funktsiya sifatida qaraydiki, bu, albatta, nisbiy mazmunda tushunilmog’i lozim. Chunki birlamchi vazifa deganda genetik va diaxronik jihatdan birinchi, bosh vazifa tushuniladi. Holbuki, tilning ma’lum bir sinxronik holatida so’zning birlamchi vazifasi asosiy bo’lmasligi mumkin. Boshqacha aytganda, sifat turkumiga mansub so’zning ushbu turkumdagi bosh vazifasi birlamchi bo’lib, keyinchalik u butunlay ot turkumiga o’tib ketgan bo’lsa va ushbu turkumdagi vazifasi ustuvorlashib, faollashib, asosiy o’ringa chiqqan bo’lishi mumkin. Dalil sifatida o’zbek tilidagi quralay, charos so’zlarini shu nuqtai nazardan qarab ko’raylik: QURALAY 1 Kiyik yoki ohularning yosh bolasi. 2 ayn. quralay ko’z. Mehribon ko’zlari jigarga moyil, quralay. “Yoshlik”. Quralay ko’z Quralayning ko’ziga o’xshash ko’zli. Quralay ko’z, bodomqovoq, sarv qomat. S.Siyoev, Avaz. CHAROS 1 Ertapishar, yumaloq qora uzum. Ichkari hovli keng, gulzor, baland so’riga ko’tarilgan toklar. Charos, husayni uzumlar g’arq pishib, boshlari osilib turibdi. Y. Shamsharov, Toshqin. Charos ko’z Go’zal, qop-qora ko’z. Yulduzxon charos ko’zlarini ohista ochdi. Gazetadan. 2 Ayollar ismi. Ko’rinadiki, so’zlar birinchi ma’nosi bilan bugungi kunda kam iste’molli bo’lib, asosan ikkinchi – ko’chma ma’nosi bilan ko’proq qo’llanadi va kishining ko’ziga nisbatan belgi bildiruvchi sifatida istifoda etiladi. Bugungi kunda birinchi – otga xos semantik-sintaktik xususiyat birlamchi bo’lib, lekin ikkinchi – sifatga xos semantik-sintaktik vazifasi ustuvor va asosiy o’ringa chiqqan. Juda ko’p shaxs otlari va atoqli otlarda bunday holatni kuzatishimiz mumkin: dilbar, dilorom, dilso’z, dilrabo, dildor, mo’’min, musulmon, betavfiq, betamiz kabi. Yoki, deylik, modal so’zlarning aksariyati aslan boshqa turkumga mansub bo’lib, bugungi kunda ularning ikkilamchi ma’no va vazifalari asosiylashgan: ehtimol, chog’i, chamasi, mayli, go’rga, mazmuni, haqiqatdan, haqiqatda, darhaqiqat, darvoqe, filhaqiqat, aslida, aftidan, xayriyat, vassalom (otdan); shubhasiz, shekilli, rosti, to’g’ri, to’g’risi, to’g’rirog’i, so’zsiz, tabiiy, tabiiyki, ma’lumki, muhaqqaq, ochig’i (sifatdan); albatta, rostdan, chindan, avvalo, zotan, umuman (ravishdan). Bu so’zlar kontekstual modal so’zlar deyilmasligi ularning ushbu ma’no va vazifasining to’liq lisoniylashganligini ko’rsatadi. Quyidagi es-es, qop-qop, kunda, qo’qqisdan, jo’rttaga, bexosdan, piyoda, zimdan, oydayilda, kechasi, kunduzi, oqshomlari, tezda, yaqinda, qatorasiga, yonlamasiga, birdan, birga, bunda, shunda, tuyg’un, bultur kabi so’zlarning bugungi kunda qaysi turkumga mansubligini belgilashda ham ularning ma’noviy-vazifaviy o’zgarishlari inobatga olinadi.
O’zbek tilshunosligida grammatik ma’no tarkibidagi kategorial, yondosh va hamroh ma’nolarning farqlanishi – o’zbek tilshunosligi qo’lga kiritgan muhim yutuqlardan biri. Tilshunos N.Musulmanovaning bu boradagi xulosalarini umumlashtirgan holda aytish mumkinki, lisoniy grammatik ma’noda dialektik yaxlitlikdagi kategorial va yondosh, ular bilan dialektik bog’liq bo’lmagan hamroh ma’nolar farqlanadi. Olimaning xulosalaridan so’zlarning ham semantik-sintaktik mohiyatidagi shunday jihatlarni farqlashda metodologik omil sifatida foydalanish mumkin. Tadqiqotchining ta’kidicha, kategorial ma’no grammatik shaklning substansial mohiyatidir. Masalan, son grammatik kategoriyasidagi birlik va ko’plik (miqdor) – grammatik ma’nosi kategorial ma’no. Biroq bu kategorial ma’no yondosh ma’nosiz yuzaga chiqmaydi. Son umumiy grammatik ma’nosida miqdorning sifat tomoni shaklning yondosh ma’nosi va kategorial ma’noning reprezentatori hisoblanadi. Deylik, birlik son kategoriyasida yuzaga chiqqan har qanday ot miqdori aniq yoki noaniq, bo’linuvchan yoki bo’linmas bo’ladi. Bo’linuvchanlik-bo’linmaslik, aniqlik-noaniqlik sifat belgisi, son kategoriyasi birlik-ko’plik ma’nosining voqelantiruvchisidir. Demak, sondagi miqdor aniq yoki noaniq, bo’linuvchan yoki bo’linmas xossalardan biriga ega bo’lishi shart va muqarrar (Musulmanova, 2007: 119). Hamroh ma’no – grammatik shaklning kategorial ma’no bilan dialektik bog’liq bo’lmagan, matn va nutq sharoitiga bog’liq ravishda yuzaga chiqadigan ma’nosi. Masalan, ko’plik son shakli [–lar] ifodalaydigan “hurmat”, “kesatish” ma’nolari grammatik shaklning lisoniy mohiyatiga bevosita daxldor emas va u har doim ham ushbu shaklning kategorial ma’nosi voqelantiruvchisi bo’lavermaydi (Musulmanova, 2007: 119). Bu metodologiyaga tayaniladigan bo’lsa, so’zning nomlanishi an’analashgan ikkilamchi funktsiyasi uning bosh ma’nosi bilan bog’liq bo’lmay, boshqa omillar vositachiligida voqelanishi haqidagi qarashlardan yangicha xulosa chiqarish imkoni tug’iladi.
O’zbek tilida son
Son(tilshunoslikda)1 mustaqil soʻz turkumlaridan biri; predmetning miqdorini, sanoq jihatdan tartibini bildiruvchi soʻzlar guruhi. Son. gʻam sifat va ravish kabi belgi tasavvurini bildiradi va shu jihatdan oʻsha turkumlarga yaqin turadi. Sifat predmetning belgisini, ravish harakatning belgisini, Son. esa predmetning miqdori, sanogʻi va tartibiga kura belgisini bildiradi. Sonlar otlar bilan birga qoʻllanib, bir necha predmetlarningyigʻindisini, aniq miqdorini (beshta kitob) yoki noanik, miqdorini (oʻntacha bola) ifodalaydi. Son harflar bilan ifodalanadi (bir, oʻn, ellik) yoki arab va rim raqamlari bilan (3, 5, 10, V, IX, XX) koʻrsatiladi.
Sonlar maʼno xususiyatiga koʻra, 2 asosiy turga boʻlinadi: miqdor sonlar va tartib sonlar. Miqdor Sonlar predmetning miqdori, sanogʻiga koʻra belgisini koʻrsatadi. Oʻzbek tilida miqdor Sonlar 6 turga boʻlinadi: sanoq son, dona son, chama son, jamlovchi son , taqsim son va kasr son.
Sanoq son. — predmetning sanogʻini bildiruvchi miqdor son turi (bir, ikki, oʻn, yuz).
Dona son. — predmetning miqdorini donalab koʻrsatuvchi miqdor son Bunday sonlar sanoq.Songa ta qoʻshimchasini qoʻshish bilan hosil qilinadi (beshta kitob, qirkta daftar). Predmetlarni donalab koʻrsatishda sonlar juft, metr, nusxa, nafar, bosh, tup kabi hisob (numerativ) soʻzlar bilan birga qoʻllanadi: bir juft qoʻshiq, ikki metr atlas, besh tup oʻrik va boshqa Chama son predmetning noaniq miqdorini, taxminan hisobini koʻrsatadi.
Miqdor sonning bu turi 2 usul bilan: sanoq songa tacha, lab, larcha affikslaridan birini qoʻshish (oʻntacha, oʻnlab, oʻnlarcha) va turli sonlarni juftlash yoki ayrim soʻzlar bilan birga qoʻllash [birikki kun, oʻnoʻn ikki yashar bola, besh oylar chamasi avval, oʻttizga yaqin (qariyb oʻttizta) uy buzildi] orqali hosil qilinadi. Jamlovchi son bir turdagi predmetlarning yigʻindisini ifodalaydi, ularni jamlab koʻrsatadi; sanoq songa ov, ala affiks larini qoʻshish bilan hosil qilinadi (beshov, oltov; uchala, toʻrtala).
Taqsim son predmet miqdorini teng qismlarga taqsimlash, guruqlash yoʻli bilan bildiradi va sanoq songa tadan affiksini qoʻshish orqali hosil qilinadi (beshtadan boʻlib kelmoq, toʻrttadan qalam ushlamoq).
Kasr son butunning qismlarini bildiradi va, odatda, sanoq sonning chiqish va bosh kelishik shaklidagi birikmasi orqali ifodalanadi: uchdan ikki ( t ), oʻndan bir ( h ). Yarim (yorti), chorak, nimchorak soʻzlari ham kasr sonlardir. Tartib son predmetning anik, miqdorini, ketma-ketligini ifodalaydi. Ular sifatlarga yaqin boʻlib, ular kabi predmet belgisini bildiradi; sanoq S.larga —(i)nchi (baʼzan lamchi) affiksining qoʻshilishidan hosil boʻladi: birinchi, ikkinchi, oʻninchi; birlamchi, ikkilamchi.
Tuzilishiga kura sonlar 4 turga boʻlinadi: sodda son — birgina soʻzdan ifodalanadi: bir, oʻn, ellik, ming; murakkab son — ikki yoki undan ortiq oʻzakning birikuvidan hosil boʻladi: oʻn ikki, qirq besh, bir yuz ellik olti, ikki ming toʻrtinchi; juft son — birdan ortiq sonning nisbiy teng bogʻlanishi asosida tashkil topadi va taxminan miqdorni bildiradi: besholti kishi, oʻnoʻn besh kun, ellikoltmish xonadon; takroriy son — bir xil oʻzaklarning aynan takrorlanishidan hosil boʻladi va jamlash yoki taqsimlash maʼnolarini ifodalaydi: birbir aytib chikdi, beshtabeshta boʻlib saflanmoq, kitobni oʻntaoʻnta qilib taxlamoq.
Tarkibiy qismlarining birikish usuli va bildiradigan maʼnosiga koʻra, sonning 2 turi farqlanadi: koʻpaytma son— qismlari bildirgan miqdorning koʻpaytmasidan iborat boʻlgan miqdorni bildiruvchi murakkab son: besh ming (5x1000), uch yuz (3x100), uch million (Zx1000000); qoʻshilma son— qismlari bildirgan miqdorning yigʻindisidan iborat boʻlgan miqdorni bildiruvchi son oʻn sakkiz (10+8), yetmish besh (70+5) va shu kabi sonlar gapda, asosan, aniqlovchi, oʻrniga qarab boshqa barcha ran boʻlaklari vazifasida kela oladi; 2) grammatik miqdor maʼnosini ifodalovchi shakllar tizimi; son kategoriyasi. Oʻzbek tilida son kategoriyasining 2 turi mavjud: birlik son— bir turdagi narsabuyumlardan bittasini (oʻquvchi, daftar, daraxt); predmetning bir (yakka) shaxsga tegishliligini (ukam, daftaring , qalami); olmoshlarda shaxsning yakkaligini (men, sen, u); feʼllarda harakatni bir (yakka) shaxs bajarishini (oldim, kelding , koʻraman, oʻqiysan, boradi) bildiradi; koʻplik son — predmetning birdan ortikdigini, koʻpligini, uning birdan ortiq (koʻp) shaxsga tegishliligini (kitoblar, daraxtlar; kitobimiz, maktabingiz, uylari); olmoshlarda shaxsning birdan ortiq (koʻp)ligini (biz, siz, bizlar, ular); feʼllarda harakatni birdan ortiq shaxs bajarishini (bordik, borganmiz, boramiz; ishlasak, ishlasangiz) bildiradi. Otlarda birlik S.ni koʻrsatadigan maxsus qoʻshimcha yoʻq, koʻplik son esa lar affiksini qoʻshish orqali hosil qilinadi. Koʻp tillarda birlik son koʻplik songa qaramaqarshi qoʻyiladi. Biroq ayrim tillarda (som tillarida, Avstraliya va Amerikaning mahalliy tillarida) ikkilik son baʼzan uchlik son gʻam uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |