Интернет сайтлари
1. http://www.conferenceinterpreters.ca/
2. http://www.universelanguage.com/simultaneousinterpretation
3. http://www.conference-interpreting.ru/
4. http://studystuff.ru/articles/preczizionnaya-informacziya.html
5. http://media.ls.urfu.ru/556/1475/3420/3726/
6. http://www.bbc.co.uk\worldservice\learningenglish/
7. www.granddictionnaire.com
8. www.translatordirectory.com
9. http://www.uz-translations.net
10 – SEMENAR
Gapning semantik-ma’noviy strukturasining qabul qilinishi.
Qabul qilinadigan mulohazaning semantik-ma’noviy qirralarining batafsil va konkret tahliliga murojaat qilamiz. Umuman olganda Yu.D. Aspersyanning “semantik jihatdan bog’langan matnni bog’lanmaganidan farqlash qobiliyati” semantik tavsiflarning yagona tilini ishlab chiqish zaruriyatining tug’ilishiga olib keladi degan fikrga qo’shilish mumkin. Yoki “har bir murakkab mazmun soddaroq mazmunli kombinatsiya ko’rinishida ifodalanishi kerak. Bu har bir sodda ma’nolar doim bir xil nomlanishi kerak: agar xuddi o’sha sodda ma’no u “A” yoki “B” murakkab birikmaga kirishiga qarab turlicha nomlansa AB birikmasida uning qaytarilish fakti bevosita o’rnatilgan bo’lishi mumkin”.
Semantika bo’yicha so’nggi yillardagi ishlarda ularning mualliflari shunday xulosaga keladilarki, so’z ma’nosi tarkibidagi semantik komponentlar struktur jihatdan tartibga solingan va ma’no semantik komponentlarning “bog’lami”dan tashkil topgan emas, balki konfiguratsiyaning ahamiyatini kasb etadi. Bu ma’no iyerarxik jihatdan strukturaga solinganligi va jumla strukturasidanda oz murakkab bo’lmagan ichki strukturaga egaligini anglatadi.
Zamonaviy tilda “tayyor” semantik tavsif tilining yo’qligi sinxronistga tushuvchi xabarlarning semantik tahlilini amalga oshirish imkonini beruvchi qandaydir vaqtincha tadbirni topishga majbur qiladi.
G.V.Chernovning fikriga ko’ra, “tayyor” qa’ridagi-semantik tilning mavjud emasligini bunday tavsifi sifatida “sodda gap”ning semantik-ma’noviy strukturalari sxemasi xizmat qilishi mumkin. Bunday sharoitlarda tavsifning yoki jumla strukturalari semantik-ma’noviy sxemalarining ichki (“qa’ridagi”) sintaksisi katta ahamiyat kasb eta boshlaydi.
Yuqorida aytib o’tilganidek, ma’no loaqal ikki so’z semantik komponentlarining ma’nosi yoki konfiguratsiyasining “birga qo’shilishi”da o’rnatilar ekan, ma’noning elementar birliklarini “anglash” yoki yaratish jarayonini boshlang’ish ma’noga yangi sifat yoki xususiyat yoki belgini nisbat berish hodisasi deb qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |